mashg`ulotining ssenariysi. Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot
mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan
texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu
tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha
va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun
elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal
etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning
javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol
ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida
bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan tanishligini
aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va
chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar
berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish
mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga
Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol yordamida
ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars
davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn
diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point
dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali qurollar yordamida
namoyish etib boriladi.
Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash,
mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan
topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni
bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar.
O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir
talabani baholaydi.
Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga
tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari sifatida topshiriqlar
beriladi.