Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II.2 Ifodali o`qishga o`rgatishda badiiy asar janrining o`rni



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə15/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2 5472272876134470789

II.2 Ifodali o`qishga o`rgatishda badiiy asar janrining o`rni

Tayyorgarlik davridan so`ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo`lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o`rganishga mo`ljallangan qismi yaxlit o`qish usulida tanishtiriladi.

Hikoya, masal, she’rning mazmunini to`g`ri idrok etish, shuningdek, matnning emotsional ta`sirini oshirish uchun ifodali o`qish katta ahamiyatga ega.

Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:

1. Matn o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). o`quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o`qituvchi ularga boshlang`ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, “Hikoyaning qaysi o`rni sizga yoqdi?”, “Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?”, “Hikoya o`qilganda siz qaysi o`rinda juda xursand bo`ldingiz?” kabi va h.k. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o`quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o`quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko`zda tutadi.

2.Yaxshi o`qiydigan o`quvchiga o`qitish. O`quvchining oldindan o`qituvchi o`qish yo`llari bilan tanishtiradi va uning o`qishini o`zi kuzatadi, xato va kamchiliklarini bartaraf etadi. Shundan so`g tayyorlangan o`quvchi sinf jamoasiga o`qib beradi.



  1. Og`zaki qayta hikoyalab – so`zlab berish. Bu o`qituvchidan alohida tayyorgarlikning talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to`liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o`quvchilarning badiiy asarni o`qishga bo`lgan qiziqishi susayadi.

  2. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o`quvchi o`qituvchining mahoratini yuqori baholaydi. O`zida ham yod olishga qiziqish paydo bo`ladi.

  3. Asarning muhim dialogli o`rinlarini yoki butun asarni sahnalashtirish orqali tanishtirish.

  4. Asarning bir qismini (muammoli o`rniga) o`qituvchi o`qib beradi. Qolgan qismini o`quvchilar ichda mustaqil o`qiydilar.

8. Asar musiqa sadolari ostida o`qib berilishi ham mumkin. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, o`quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi. Badiiy asar matni ustida ishlash, boshlang`ich sinflarda to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qishga o`rgatish vazifasi o`quvchilarda asarni tahlil qilish ko`nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O`qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o`zaro bog`liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.

Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo`nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g`oyasini aniqlash hisoblanadi.

Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodali vositalari bilan bog`liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo`nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi

Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:



Tanlab o`qish. Bunda o`quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o`qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog`lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o`qilgan matnga o`z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo`lishi mumkin. Masalan, 4 - sinfda “Oltin kuz” matnidan

“Tabiatdagi o`zgarishlar berilgan qismlarni topib o`qing”, “Baqa va taqa” ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish o`qing” kabi.

Tanlab o`qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o`qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlarini o`stirish bilan birga ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini o`stirishga yordam beradi.

Eng oddiy tanlab o`qish asar mazmunini yuzasidan bo`ladi. Masalan, 4sinfda ”Toshkentnoma” (M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o`qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:



  • She’rdan o`zbek xalqining mehmondo`stligi tasvirlangan o`rinni topib o`qing.

  • Yoz faslining zo`rligi tasvirlangan o`rinni topib o`qing.

“Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi” (A.Oripov) asari matni yuzasidan quyidagi topshiriq beriladi:

  • Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o`qing.

Tanlab o`qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog`langan faktlarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o`rinlarini topib o`qish hisoblanadi. Masalan, ”Xarita” hikoyasi (Normurod Norqobilov) yuzasidan topshiriqlar:

  • Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo`ydi? Shu o`rinni topib o`qing.

-Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o`rinni topib o`qing.

Bunda o`quvchi biror qatnashuvchi shaxs o`zini qanday tutishini, nima uchun u shunday tutishini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o`qiydi.

Tanlab o`qish ongli va ifodali o`qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirish bilan birga qo`shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o`stirishga imkon beradi, shuning uchun undan o`qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o`qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmunini ifodalaydigan gapni, ya`ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash) da, asar g`oyasini aniqlash (g`oyani anglatgan o`rinni topib o`qish) da tatbiq etiladi.


Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin