Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə17/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2 5472272876134470789

Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) so`z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.

So`z bilan tasvirlash o`ziga xos murakkab ish turi bo`lib, unda manzarani so`z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda so`zlarni aniq tanlashga e`tibor qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko`rinishini, voqea sodir bo`lgan joylarni tasvirlash topshiriq qilib berilishi mumkin.

Matnni so`z bilan tasvirlashga o`rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak.

So`z bilan tasvirlash bos qichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so`ng amalga oshiriladi:



  1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko`rinishi tasvirlangan o`rinlar aniqlanadi.

  2. Nisbiy tugallangan o`rinlar ajratiladi.

  3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko`riladi, ya`ni yozuvchi, shoir qo`llagan lug`aviy birliklarga o`quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so`zni aniq tanlashga yordam beradi.

  4. So`z bilan tasvirlashga o`rgatishning dastlabki paytida doskaga foydalaniladigan so`zlar yozib qo`yilishi zarur. So`z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib asligi lozim.

Grafik tasvirlash ko`proq uyda bajariladi. Buning uchun o`quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o`qib chiqadilar, mazmunini o`zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o`quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma`nolar bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Rasmlar ko`rgazmasi tashkil etiladli. Har bir rasm muallifi o`zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflar grafik tasvirlashda sinfda bajartirilishi mumkin. Bunda o`quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi.

O`quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo`yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to`liq , qayta hikoyalash, shuningdek, o`qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.



Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o`zaro bog`lanishini tushunishda o`quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o`quvchilar nutqi va tafakkurini o`stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo`lishga va har bir qismning asosini topishga ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o`rganadilar.

Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o`rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo`yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o`rgatishda o`qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta`kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining 2-turi o`qituvchi rahbarligida tanlab o`qish hisoblanadi, bolalar matndan o`qituvchi bergan savolga javob bo`ladigan o`rinni topib o`qiydilar.

Reja tuzish “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o`tkazib boriladi. O`quvchilar 1-sinfda o`qilgan kichik matnga o`qituvchi rahbarligida so`roq gap tarzida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o`qituvchi rahbarligida so`roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o`qilgan matn rejasini jamoa bo`lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak.

Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o`rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o`zlari so`z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o`qiladi va qismlari bo`yicha tahlil qilinadi, so`ng o`quvchilar matnning 1-qismini o`qiydilar, o`qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkinligini so`raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O`quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo`yadilar. Ular qo`ygan nom sarlavha doskaga reja qismi tarzida yozib beriladi.

O`quvchilar rasmli reja tuzishdan logik reja tuzishga o`tadilar, logik reja tuzish quyidagi izchillikda o`rgatiladi:


  1. O`qituvchi qismlarga bo`lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o`rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo`yadi. O`quvchilar matnning 1-qismini o`qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o`qituvchi xattaxtaning o`ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o`qilgan matnning rejasi hosil bo`ladi.

  2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g`oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o`qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xat taxtaga yozib boradi.

  3. Qismlarga bo`linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida doskaga yoziladi. O`quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo`lish topshiriladi. Ular matnni o`qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar.

  4. Qismlarga bo`linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O`quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo`lish topshiriladi. O`quvchilar matnni o`qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.

O`quvchilarda reja tuzish ko`nikmasi hosil bo`lgach,ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo`ladilar. (3-4- sinf) Har bir qismga reja tuzadilar. Rejani 34- sinflarda darak va atov gap tarzida shakllantiriladilar. Rejada har bir qismi bir turdagi gaplar shaklida bo`lishi lozim.

Hozir maktab tajribasida izohli o`qish, ijodiy o`qish, adabiy o`qish usulidan, muammoli o`qitish metodlaridan, ilg`or pedagogik texnologiya metodlaridan ham keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning “Chin do`st” hikoyasini o`rganishda izohli o`qish metodidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o`quvchilarga lug`aviy ma`nosi tushunarsiz bo`lgan so`zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g`arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g`urbat kabi so`zlar izoh talab etadi.

Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli:

badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o`rganish; obrazlar vositasida o`rganish, mavzuli - muammoli o`rganish alohida ajratib ko`rsatiladi.

Boshlang`ich sinflarda, asosan, tekstual tahlildan foydalaniladi, ya`ni, o`qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o`zgartirmagan holda undagi ma`noni, jozibani o`quvchilarga etkazib beradi.

Boshlang`ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, “Bobur va Humoyun” hikoyasini o`rganishda o`quvchilarga

Boburning aytgan gaplari o`rinlimi?”. “Hikoyadagiday holat sodir bo`lishi mumkinmi?” kabi muammoli savollar berish o`rinli bo`ladi. O`quvchilar asarni ichda o`qiydilar, jamoa bo`lib fikr almashadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o`quvchilar ma`naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o`zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo`ladi. Asar tahlilida qo`llanadigan tanlab o`qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo`lishi ham munozarani keltirib chiqaradi. Munozarali o`rin muammoni yuzaga keltiradi. endi o`quv jarayoni oldida muammoni to`g`ri hal etish vazifasi turadi.

Shunday qilib, boshlang`ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o`rganishda o`quvchi shaxsiga kuchli ta`sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o`zlashtirilishini ta`minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.

Ta’lim tizimini islox qilish jarayonida asosiy e’tibor o’quvchilarni bilimlarni ongli egallashlari va ana shu bilimlarini amaliy faoliyatga tatbiq eta olishlariga qaratilmoqda. Shu sababli ta’lim sifatini oshiruvchi omillar ko’rib chiqilib samarali metodlarni ishlab chiqish, ilg’or tajribalarni o’rganish va pedagogik amaliyotga tatbiq qilish jadallik bilan o’sib bormoqda. Bugungi kun ta’limi qyidagilar asosida tashkil talab etilmoqda:

-berilayotgan ta’lim o’quvchilar uchun zerikarli bo’lmasligi kerak;

-qollanilayotgan metodlar o’quvchilarni fikrlashga undasin;

- bilimni mazmun moxiyatini yaxshi anglagan xolda bir vaqtning o’zida amaliy faoliyatlariga tatbiq etishga o’rganibborishlari lozim.

Bugungi kun ta’lim texnologiyalari ana shu masalalrnihisobga olgan holda turli mrtodlarni taklif qilmoqda ular ichida aqliy xujum taxnologiyasi o’zining samaradorligi bilan keng pedagoglar jamoasi tomonidan qo’llanilmoqda. Shunuing uchun o’quvchilarga to’g’ri va ifodali o’qishga orgatishda ushbu metoddan foydalanish yo’llarini ko’rib chiqishni maqsad qildik.

Xulosa


“Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson hamisha umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`limtarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz» deb yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o`tganlaridek, boshlang`ich sinf o`qituvchilari ilk maktabga qadam qo`ygan bolani savodga, ya’ni o`qish va yozishga o`rgatadilar. Bunda biz “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirish uslublari” mavzusida ish olib borayotgan kurs ishimizdagi alohida ahamiyatga ega bo`lmish yaxshi, ongli, ifodali o`qishning o`rni kattadir.

Shuni e’tiborga olgan holda, biz o`quvchilarning savodli va to`g`ri o`qishini ta`minlashni o`rganishda kerak edi. Shuni e’tiborga olgan holda Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatishda ilg`or pedtexnologiyalardan foydalanish darslari ham o`quvchilarda o`zgacha qiziqish uyg`otadi. Bu o`quvchilarni tegishli, ya’ni MSNI da berilgan matn bo`yicha to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish jarayonida ham yaqqol ko`zga tashlanadi. Umuman, har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi o’qish darslarida o`quvchilarni to’g’ri va ifodali o’qitishga o`rgatishda ilg`or texnologiyalardan foydalanish bo`yicha olib boriladigan darslarini iloji boricha bir-birini takrorlamagan holda tashkil etib olib borishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Buning uchun o`qituvchilar yangi pedagogik texnologiyani, integratsiyani chuqur bilishlari, o`z kasblariga bo`lgan hurmatni yo`qotmagan holda darslarni tashkil etib olib borishlari lozim bo`ladi. Agar shularni bilishmasa, iloji boricha o`z kasbdoshlarining darslarini kuzatishlari, kerak bo`lsa malaka oshirish kurslarida malaka oshirib kelishlari kerak. Bu ham ularning mazkur mavzularni o`tishlari jarayonida o`zining ijobiy tomonlarini yaqqol ko`zga tashlanishiga sabab bo`ladi. Natijada esa o`qish darslarida o`quvchilarni to’g’ri va ifodali o’qishga o`rgatishda ilg`or texnologiyalardan foydalanish bo`yicha olib boriladigan darslarga katta qiziqish bilan munosabatda bo`lishadi, yaxshi taassurot olishadi. Bu esa ushbu berilgan matn bo`yicha ularning erkin va mustaqil fikrlashga, to`g`ri va ifodali, savodli o’qishga o`rgatibgina qolmay, o`zi bemalol o’qish darslarida MSNI da berilgan matn bo`yicha yaxshi o’qish malakalarini to`liq o`zlashtirib borishlariga ham sabab bo`ladi.





Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin