Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


appertseptsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə52/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

appertseptsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali,
pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-
atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi va u
murakkab tuzilishga ega.
Muvaqqat (vaqtincha) appertseptsiya shaxsning faqat idrok qilish
jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi,
shijoati, stress, affektiv ko’rinishdagi his-tuyg’ularida, ularning sur’ati,
davomiyligi, tezligida o’z ifodasini topadi.
Alifbe va boshlang’ich o’qish kitoblari yirik harflar bilan bosiladi, chunki
endi savod chiqarayotgan kishilarda (bola va katta yoshlilarda) hali kitob



51
51


o’qish tajribasi bo’lmaydi. Ko’p o’qigan, bu sohada katta tajribaga ega
bo’lgan kishilar mayda harf bilan bosilgan xatni ham (masalan, gazetani)
jo’ngina o’qib ketaveradilar.
Appersepsiya badiiy asarlar matnini, badiiy surat va rasmlarni idrok
etishda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ladi. Biz bironta suratga ko’z
solganimizda to’g’ridan to’g’ri faqat bo’yoq rang va chiziqlarning har xil
chatishuvini ko’ramiz, xolos. Bu persepsiyadir. Rasm va suratni idrok
qilganimizda esa, masalan, istiqbolni, odam va hayvonlarning ish-harakatlarini
biz o’tmishdagi tajribamiz, bilimlarimiz va xayolimiz faoliyati natijasida idrok
qilamiz. Bu appersepsiyadir. Musiqani idrok qilishda ham xuddi shu hol yuz
beradi.
Fazoni idrok qilish.
Fazoni idrok qilish deganda narsalarning fazodagi shakllarini, ularning
fazodagi katta-kichikligini va fazodagi o’zaro munosabatlarini ko’zda tutiladi.
Ma’lumki, fazodagi shakllariga qarab, uch burchakli, to’rt burchakli, kub,
silindr va shu kabi shakldagi narsalar ajra-tiladi; narsalar katta-kichikligiga
qarab, nisbatan katta, kichikroq, o’rtacha va hokazo narsalarga ajratiladi;
fazodagi munosabatlariga qarab, bu narsalar bizga va bir-biriga nisbatan yaqin,
uzoq, chap tomonda, o’ng tomonda, yuqori yoki past bo’lishlari mumkin.
Fazoni biz bir ko’zimiz bilan ham ko’rib, ya’ni monokulyar, ikki ko’zimiz
bilan ham ko’rib, ya’ni binokulyar idrok qilamiz. Monokulyar idrok
quyidagicha voqe bo’ladi. Biz ko’z bilan qaraganimizda, biz shu narsadan aks
etgan nurlar ko’z gavharida sinib, ko’zning to’r pardasi (setchatka)da shu
narsaning aks etgan surati fotoapparatdagiga o’xshab, to’nkarilib, teskari
tushadi. Ammo bunga qaramasdan, biz narsani haqiqiy holatida, haqiqiy
shakli va katta-kichikligida ko’ramiz, idrok qilamiz Ko’zimiz bilan tik (to’ppa-
to’g’ri) qaraganimizda, agar yorug’lik kuchli bo’lib, ko’rinib turgan narsalar
o’rtasidagi ko’rish burchagi 50 dan kam bo’lmasa, ko’zimiz ayni bir vaqtda
ikki narsani (ikki nuqtani) ko’ra oladi. Lekin, ko’rish burchagi kichikroq
bo’lsa, ikki narsa yoki ikki nuqta bittadek bo’lib ko’rinadi. Yon tomondan
qaraganda ikki nuqta bittadek ko’rinadi va ko’rish burchagi hiyla katta bo’ladi.
Shuning uchun ham uzoq masofadagi ikki yoki bir qancha narsa «birlashib
ketib», bir narsadek idrok qilinadi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin