Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə61/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni xotira
jarayonlari
bilan tanishtirish. Xotiraning ayrim jarayonlarini - esda olib
qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ta’riflash.
Identiv o’quv maqsadi:
1.Xotira jarayonlari bilan tanishtiradi
2.Xotiraning ayrim jarayonlarini ko’rib chiqadi.
3.Esda olib qolishni tushuntiradi.
4.Esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ta’riflaydi.
Ikkinchi savolning bayoni .
Xotira jarayonlari.
Xotiraning ayrim jarayonlarini - esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushirish va unutish jarayonlarini ko’rib chiqaylik.
Esda olib qolish
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki
hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o’ylashimiz singari hamisha biron
narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval



59
59


miya po’stida idrok qilinayotgan narsalarning—buyum, surat, so’z, fikr va
hokazolarning «izlari» hosil bo’lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan
material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o’rtasida, esda qoladigan
materialning ayrim qismlari yoki elementlari o’rtasida bog’lanish vujudga
kelishidan iboratdir.
Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stida yangi muvaqqat
nerv bog’lanishlari hosil bo’Iishidan iboratdir.
Esda olib qolishning tezligi, to’laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil
bo’lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning tezligi,
to’laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog’li tez yoki sekin unutilishiga qarab
aniqlanadi. Tez, to’la va aniq esga tushirish va tezda unutib qo’ymaslik esda
qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir.
Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam
bo’lish-bo’lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi yoki
sira unutilmaydi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin