Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə62/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish
Esda olib qolish ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’lmog’i mumkin. Ixtiyorsiz esda
qoldirish oldimizga hech bir qanday maqsad qo’ymasdan, esga olinadigan
materialni oldin belgilamasdan va maxsus usullar qo’llamasdan, beixtiyor esda
qoldirishdir. Masalan, biz, odatda, ko’chada tasodifiy ko’rgan kishilarning aft-
basharasini, tasodifiy eshitib qolgan ba’zi gap va kuylarni beixtiyor esimizda
(xotiramizda) saqlab qolamiz. Hayotimizda bo’lib o’tgan ko’p hodisa va
voqealarni ham biz ana shunday beixtiyor esimizda saqlab qolamiz. Ko’pincha
beixtiyor idrok qilingan narsa yoki hodisalar beixtiyor esda qoladi. O’zining
rang-barangligi, ovozi, harakati bilan ko’zga juda yaqqol ko’rinib turadigan,
bizda kuchli hissiyot uyg’otadigan, o’tmishdagi tajribamizga, mavjud
bilimlarimizga, bizning kasb va faoliya-timizga oid, biz uchun alohida
ahamiyati bo’lgan va bizda qiziqish-havas tug’diradigan shunday narsa yoki
hodisalar xotiramizda beixtiyor saqlanib qoladi. Ko’pincha ixtiyoriy atayin
idrok qilingan narsa yoki hodisalar ham beixtiyor esda qolaveradi. Ko’p
hollarda biz bironta suratni ko’rishni, bironta kitobni o’qib chiqishni, bironta
ma’ruzani eshitishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yamiz, ammo ko’rilgan,
o’qilgan, eshitilgan narsalarning mazmunini esda olib qolish niyatini
o’ylaymiz, lekin, shunga qaramay, ixtiyoriy idrok qilingan kitob, surat,
nutqning mazmunini beixtiyor eslab qolamiz.
Ixtiyorsiz esda olib qolish ixtiyoriy esda olib qolish jarayonidan batamom
ayrilgan bo’lmaydi: ko’pincha ixtiyoriy esda qoldirishda ixtiyorsiz esda olib
qolish yuz beradi yoki esda olib qolinadigan material biror amaliy faoliyat
tarkibiga kirgan bo’ladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq, tanlangan
materialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda
qoldirishda materialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus
usullardan foydalanamiz: diqqatimizni to’playmiz, idrok qilingan materialni
takrorlaymiz, uning mazmunini o’qib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi
tajriba va bilimlarimiz bilan uni bog’laymiz va hokazo.



60
60


Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o’rganib olish deyiladi.
Bizning o’quv ishlarimiz — bilimlarni o’zlashtirish, tegishli ko’nikma va
malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo’li bilan bo’ladi.
Yodlab, o’rganib olish tartib bilan esda qoldirish demakdir.
Ixtiyoriy esda qoldirish anglab bilib esda qoldirishdir.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin