Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


ning ongimizdan tamomila yo’qolishi, ya’ni uni esda tutishga batamom



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə65/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

ning ongimizdan tamomila yo’qolishi, ya’ni uni esda tutishga batamom
qarama-qarshi jarayon deb tushuniladi. Ammo bunday deb tushunish uncha
asosli emas.
Shuni esda tutish kerakki, esga tushirish faqat xotiraga keltirish usuli
bilangina emas, balki tanish vositasi bilan ham voqe bo’ladigan jarayon-dir.
Biz ilgarilari esda qoldirgan har bir narsani keyinchalik qay darajada bo’lmasin
tanib olamiz. Bundan tashqari, har bir idrokda tanib olish dementi bor. Demak,
xotiramizda ixtiyoriy esga tushiriladigan narsadan ko’ra xayolda ko’p narsa
saqlanib turar ekan.
So’ngra, biz o’qib olgan material, biz uni esda olib qolgan vaqtda
mazmunan va shaklan qanday bo’lgan bo’lsa, albatta aynan shunday saqlanib
turavermaydi. Lekin bir qancha narsalar, masalan, odatlanilgan ish-harakat,
ko’paytirish jadvali, matematika va grammatikaga oid har xil ta’riflar, she’rlar,
telefon nomerlari va shu kabilar esimizda mazmunan va shaklan o’zgarmasdan
aynan saqlanib turishi mumkin. Ammo ko’p narsa esimizda aynan saqlanib
qolmaydi, biz ba’zan esa esda aynan saqlab qo-lish kamdan kam uchraydi, deb
o’ylaymiz.
Ammo esda qolgan hamma materialni to’la-to’kis va aynan esga tushirish
mumkin emasligidan, shu material esimizda saqlanib qolmaydi, degan xulosa
chiqarib bo’lmaydi. Esda qoldirilayotgan material, uni yod-ga olib qolish va
esda saqlanib turish jarayonida qaytadan tuziladi, re-konstruksiya qilinadi.
Rekonstruksiya, ko’pincha xotira mahsuli to’g’risida fikrimizning faol ishlashi
natijasida voqe bo’ladi. Xotirada qolgan material kishining ongida mustaqil
«ishlanib chiqilgandan» keyin shaxsning o’z xazinasi bo’lib qolgandagina
xotira qiymatli sifatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, xotira faoliyatini keng ma’noda tushunish lozim, chun-ki
xotira materialni mexanik ravishda esda qoldirish va uni aynan esga tushirish
qobiliyati bilan cheklanib qolmaydi. Bizning xotiramizda biz aynan esga
tushira oladiganlarimizdan va esga tushirish kerak bo’lib qoladi-ganlardan
ko’ra juda ko’p narsa saqlanib turadi, deb o’ylashga haqimiz bor.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin