Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə69/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Birinchi savolning bayon
Tafakkur operatsiyalari.



66
66


Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi
olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi
uchun shartdir. Tafakkur jarayonida fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar insonning
ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq til bilan
chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u
hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o’z
atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi,
ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat
qiladi.
Masalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G’arbga
botayotganligini hammamiz ko’ramiz (idrok qilamiz). Biz Erning qimirlamay
turganligini, quyosh esa er atrofida aylanayotganligini ko’ramiz.
Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim-
ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok
qilamiz va tasavur qilamiz, ammo umuman stol va stul to’g’risida, umuman
mebel va umuman narsa to’g’risida esa fikrlashimiz mumkin. Umumiylash
natijasida bir hukmning o’zida ayni vaqtda yakka bir narsa to’g’risidagina fikr
qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumi
to’g’risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «O’zbekistonning fuqarolari
teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan,
balki O’zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Narsa yoki hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlar
tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko’raylik. Siz
qalamni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz.
Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, uning
taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va
ularni xuddi shu tartibda tasavur qilishimiz mumkin.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin