1. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning
vazifalari
Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg’ilar
xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan sifat ko’rsatkichlari hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga ilg’or konstruktiv materiallardan, metall upalari va
plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatini
pasaytirmaydigan,
ishlab
chiqarish
chiqindilarini
kamaytiradigan
arzon
materiallardan foydalanish yo’li bilan erishiladi.
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo’qotishlar va noratsional
sarflarga barham berish zarur, xo’jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni,
shuningdek yo’l - yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi.
Ularni xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab
chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1-
chizmaga qarang).
№ Materiallar
turkumi
Materiallar turkumlash tasnifi
1
Хom ashyo
Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan
mehnat predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda,
tekstil sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.)
2
Asosiy materiallar Хom ashyoga ta’sir etish uchun foydalaniladigan va
mahsulot
iste’moli
xususiyatini
berishda
ishlatiladigan buyumlardir (mashinasozlikda qora
metallar, yog’ochsozlik sanoatida yog’och)
3
Sotib
olingan
yarim
tayyor
mahsulotlar
Ma’lum darada ishlab chiqarish jararayonidan
o’tgan,
biroq
pirovard
mahsulot
darajasiga
yetkazilmagan mahsulotlar (stanoksozlikda motorlar,
avtomobilsozlikda shinalar)
4
Yordamchi
materiallar
Yaratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va
ularning tashqi ko’rinishi yaxshilash uchun sarflanadi
(moylash materiallari bo’yoq, lak, artish materiallari
va x. k.)
5
Chiqindilar
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo’lgan qo’shimcha
materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x.
k.)
6
Idish
va
idish
materiallar
Mahsulotlarni o’rash, joylashtirish, tashish va
saqlashda ishlatiladigan buyumlar (yog’och, karton va
metall idishlari)
7
Ehtiyot qismlar
Asosiy
vositalarning
quvvatini
oshirishda
foydalaniladigan buyumlar (ta’mirlash uchun mashina
va asbob-uskunalarning ayrim detallari)
8
Inventar
va
xo’jalik jihozlari
Korxona faoliyatida ishlatiladigan xo’jalik buyumlari
(otvertkalar, iskana, xo’jalik inventarlari, maxsus
qiyimlar va x. k.).
9
Boshqa
materiallar
Yuqoridagi
guruhlarga
kirmaydigan
boshqa
materiallar (tuzatilmaydigan braklar, metallom)
4.1-chizma. Materiallarninq tasniflanish tartibi
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga
qarab qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga
bo’linadi.
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish,
xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini
ta’minlash yo’li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak.
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda
foydalanish ustidan nazorat qilish;
materiallar harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni aniqlash va aks
ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;
belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish,
yo’ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
qo’yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo’lishi; aniq hujjatlashtirish va
hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini
buxgalteriya hisobida o’z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning
hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va
ishchi kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi.
Mehnat buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o’laroq ishlab
chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan
mahsulotning tannarxiga to’liq o’tkaziladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda:
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan
(preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo’natish shartnomalarini tuzishda
korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan
hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to’lov hujjatlarida ko’rsatilib
molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura hisob bahosi bo’yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan)
materiallarning reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari va b. bo’lishi mumkin.
Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo’lib,
ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo’shib
belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ
hisobga olishda qo’llaniladi.
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks
ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati)
quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha boj to’lovlari,
mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga
to’lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan
soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari,
xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar.
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar
tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o’tkaziladi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha
qo’shiluvchi ma’lumotlarni olgandan so’ng aniqlanadi. Korxonada materiallar
harakati har kuni sodir bo’ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo’yicha hujjatlar
o’z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo’lishiga qarab hisobga olinishi
kerak. Shuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi
deyiladigan bahoni qo’llash zaruriyati tug’iladi. Hisob bahosi bo’lib reja yoki
shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga
yetkazib qo’yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va
foizi chiqariladi.
Reja narxlar qo’llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq
summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko’rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho
berish imkoniyatini yaratadi. Тransport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan
farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo’yicha emas, balki materiallar
guruhlari bo’yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga
qoldig’i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
- o’rtacha tannarx (to’g’ri chiziqli) bo’yicha yoki AVEKO usuli –
materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo’lib, olingan o’rtacha
narxlar asosida hisobdan chiqarish;
- o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha birinchi tushum- birinchi chiqim.
FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va
keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi;
- o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim,
LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo’yicha
pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi.
Misol.
Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olngan:
Sotib olingan sana
Miqdori
(dona)
Narxi
(so’m)
Qiymati
(m.so’m)
15.03.05
1000
600
600
20.03.05
1700
800
1360
25.03.05
1500
900
1350
jami
4200
3310
Хo’jalikda oy mobaynida 2800 m.so’mlik material sarflandi va omborda 1400
m.so’mlik material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda
hisoblab chiqamiz.
O’rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar
birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki
ishlab chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Хo’jalik
yurituvchi subyektdagi vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir
qo’shimcha qabul qilingani bo’yicha hisoblab topiladi.
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi
Miqdori
Narxi (so’m)
Qiymati
(m.so’m)
1-partiya
1000
600
600
2-partiya
1700
800
1360
3-partiya
100
900
900
Jami sarflangan material
2800
788.8
2207
Ombordagi qoldiq
1400
788.8
1103
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash tavsiya
qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo’llash ma’qul.
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-
BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo’llashni tavsiya qilinadi. Bu
usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi
sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-
material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi
Miqdori
Narxi (so’m)
Qiymati
(m.so’m)
1-partiya
1000
600
600
2-partiya
1700
800
1360
3-partiya
100
900
900
Jami sarflangan material
2800
2860
Ombordagi qoldiq
1400
900
1260
Хalqaro andazalar tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO
usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan
tovar – material zaxiralar (ТMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga
sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib
olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi
Miqdori
Narxi (so’m)
Qiymati
(m.so’m)
1-partiya
1500
900
1350
2-partiya
1300
800
1040
3-partiya
-
-
-
Jami sarflangan material
2800
2390
Ombordagi qoldiq
400
1000
800
600
320
600
Jami qoldiq
1400
920
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallarni ishlab chiqarish
xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob
siyosatida o’z aksini topmog’i lozim.
|