6 - jurnal-orderda faqat tovar-material qiymatliklarni sotib olish va tayyorlash
bilan bog’liq bo’lgan mol yuboruvchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar aks
ettiriladi. Mol yuboruvchilar va pudratchilarning xizmatlari bo’yicha hisob-kitoblar
hisobi 6 - jurnal-orderda alohida yuritiladi. Oy oxirida 6010 -schyotning umumiy
aylanma summasini topish va Bosh daftarga o’tkazib qo’yish uchun 6-jurnal-
orderning ma’lumotlari jamlanadi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham
kiradi. Bularga materiallarni shartnoma qiymatlaridan tashqari ularni sotib olish
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarni turlari
bo’yicha tegishli schyotlarda mavjud material guruhlarining umumiy hajmi
bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. Bu
narsa hisobot oyida sarflangan materiallarga to’g’ri keladigan transport-tayyorlov
xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur. Hisoblab chiqish uchun
ma’lumotlar 10-qaydnomaning 2 va 3 – bo’limlaridan olinadi.
Sarflangan materiallar shartnoma bahosida qaysi schyotlarga o’tkazilgan
bo’lsa, transport-tayyorlov xarajatlari summasi ham shu schyotlarga yoziladi.
Haqiqiy tannarxni rejadan farq ulushini hisoblab topish va hisobga olish ham shu
tartibda bajariladi. Farqi shu yerdaki, farqi bo’lishi mumkin. Ortiqcha xarajat,
transport-tayyorlov xarajatiga o’xshab, reja tannarxini ko’paytiradi, tejalgan
summa esa – uni kamaytiradi. Тejalgani minus bilan yoki qizil storno qilib
yoziladi.
Dostları ilə paylaş: