Ta’lim vazirligi


Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik



Yüklə 486,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü486,64 Kb.
#164533
1   2   3   4   5   6   7   8
materiallar hisobini tashkil etish

2. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik 
hisobini tashkil etish 
Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo’yicha asosiy nizom 
talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan 
tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni 
va ularning hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil 
etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga 
qarab belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo’lib, 
EҲMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo’lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi 
kerak. 
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari 
va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) 
ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. 
Materiallarni o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo’limi olib 
boradi. Marketing bo’limi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma 
majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va 
kamomadi bo’yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o’z vaqtida kelib 
tushmasa ularni qidirib topadi.
Тransport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar
plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo’lsa, 
yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki 
nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo 
qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi. 
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar 
shaxs kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol 
yuboruvchining hujjatlarini solishtirib ko’radi. Haqiqiy kelib tushgan 
materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida ko’rsatilganiga to’liq 
mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim 
orderi) yoziladi. 
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan 
materiallarni kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining 
hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko’rsatilgan 
mahsus shtampa qo’yib, uni to’ldiradi. 
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan 
markazlashgan holda olib kelinsa, to’rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -
shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga – kirim orderini o’rniga 
materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini 
hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; 
bankka topshirish uchun. 
Тo’lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari 
bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda 


materiallarni qabul qilish to’g’risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. 
Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi 
shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri 
va korxonaning ta’minot bo’limi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. 
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan 
materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; 
ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo’yicha 
qo’shimcha to’lov talabnomasi yuborish to’g’risida mol yuboruvchilarga xabar 
berish uchun marketing bo’limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo’lsa kirim 
orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi. 
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan 
materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot 
chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo’jalik jihozlarini tugatishdan olingan 
material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy-
talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar 
shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan 
chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun 
omborchiga beriladi. 
Materiallarni ishlab chiqarishga jo’natish, xo’jalik extiyojiga ishlatish, 
xo’jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish 
muomalalari limit-zabor kartalar, to’lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. 
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo’limi tomonidan 
ma’lum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o’tkaziladigan bir yoki 
bir necha materiallar turlari bo’yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish 
dasturini bajarish uchun zarur bo’ladigan materiallarning hajmi va turlari 
korxonaning reja-ishlab chiqarish bo’limi tomonidan hisoblab chiqiladi. 
Materiallarni sarflash va jo’natish limiti materiallarning mazkur turi bo’yicha sex 
omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi. 
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga 
beriladi. Materiallarni ombordan jo’natishda omborchi sexning limit-zabor 
kartasiga, material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo’yadi. Ikkala 
limit-zabor kartasida har gal materiallar olingandan so’ng foydalanilmagan limit 
summasi chiqarib qo’yiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor 
kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni ishlab 
chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish 
ustidan nazorat qilinadi. 
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar 
hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo’shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - 
zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari 
bo’lgan choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-
zabor kartalar materiallar doim uzluksiz jo’natiladigan hollarda foydalanilsa
xo’jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo’la materiallar jo’natilganda M-10 
shakldagi akt-talabnoma qo’llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni iste’mol 


qiluvchi bo’limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi 
qo’yilib, material oluvchida qoladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo’yilib 
omborchida qoladi. 
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo’natiladigan materiallar uchun 
yoki materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini 
ko’rsatib maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan 
korxona direktori, bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning 
ruxsati bilan jo’natiladi. 
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o’zining 
xo’jaliklari uchun jo’natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo’llaniladi. Ular 
ta’minot bo’limi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada 
yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jo’natilsa, tovar – transport nakladnoyi 
yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini 
turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to’gri 
tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi 
tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot 
bo’yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma’lumotlari 
bo’yicha to’liq ma’lumotlar hisobga olinadi. 
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta 
ishlovga qabul qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda 
hisobga olinadi. 
Material 
qiymatliklar 
pul 
o’lchovida 
hisobga 
olinib, 
19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo’yicha davriy inventarizatsiya 
o’tkaziladi. Materiallarning qoldig’i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx 
summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida 
aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o’zining ehtiyoji uchun 
yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar 
tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz 
mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar 
omborga qabul qilinadi. 
Materiallarni sarflanishi bo’yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik 
schyotlar, foydalanish joylari va xarajatlarni yo’nalishlari bo’yicha guruhlanadi. 
Materiallar harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy 
tugagach foizi va transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan 
so’ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. Shunday qilib, qabul qilingan 
materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya 
hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, Bosh daftarda 
esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jo’natilgan materiallarning haqiqiy 
tannarxi 10 va 10/1 jurnal-orderlarida va Bosh daftarda aks ettiriladi. 
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo’llasa ham bo’ladi. Bunda 
materiallarni sotib olish va tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar 1510 


- «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning 
debetida materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga 
yetkazib kelish xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda 
hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 
schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan 
materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan materiallarning hisob bahosi 
(reja, shartnoma tannarxi, o’rtacha sotib olish qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 - 
«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning 
debetida yig’ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish 
schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib 
o’tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t 
2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot. 
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo’yicha xarajatlar sodir 
bo’lganda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. 
1000 «Materiallar» ni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi 
Schyotning kreditiga Schyotning debetiga 
Debet Kredit 
2010, 2310, 2510, 2610, 3100 – 
schyotlar – FIFO va AVEKO baholari 
buyicha 
asosiy 
ishlab 
chiqarish 
mahsulotini tayyorlashga; 
6010 –mol yuboruvchilardan tushgan 
qiymatliklar - olingan qiymatliklarni 
tashish va olib kelish qiymatiga; 
2710 – xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar 
ehtiyoji uchun materiallar sarflanganda 
4200 –hisobdor shaxslar hisobidan sotib 
olingan 
qiymatliklar 
summasiga, 
hisobdor shaxslar tomonidan to’langan 
yuklash – tushirish
xarajatlari 
summasiga; 
9220–materiallarni chetga jo’natish va 
sotish 
bo’yicha; 
chetga 
sotilgan 
mahsulotga tegishli transport-tayyorlov 
xarajatlariga. 
6710 – 
yuklovchilarga hisoblangan 
ish haqiga; 
1510–«Materiallar tayyorlash va sotib 
olish» schyotida yo’ldagi material 
qiymatliklar to’g’risidagi joriy axborot 
aks ettiriladi. 
6520 – 
yuklovchilarga hisoblangan 
ish haqidan ijtimoiy
sug’urtaga 
ajratma; 
2310 – 
yordamchi ishlab chiqarish 
sexlari tomonidan tayyorlangan va 
omborga 
topshirilgan 
buyumlar 
qiymatiga- 
omborga 
topshirilgan 
chiqindilar 
va 
tejalgan 
materiallar 
qiymatiga; 


9210 – 
asosiy 
vositalarni 
tugatilishidan olingan va omborga 
topshirilgan chiqindilar qiymatiga; 
2610 – batamom yaroqsiz mahsulotdan 
olingan 
va 
omborga 
topshirilgan 
chiqindilar qiymatiga; 
2010 – asosiy 
ishlab 
chiqarishdan 
olingan 
va 
omborga 
topshirilgan 
chiqindilar 
va 
tejalgan 
materiallar 
qiymatiga. 
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo’llanilganda material qiymatliklar 
haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi 
farqlar» schyoti qo’llanilmaydi. 

Yüklə 486,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin