Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149


 
4.3. Geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish 
usullari
Ilmiy texnika taraqqiyotining rivojlanishi tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi 
murakkab aloqadorlik kelgusida geografiya ta’limi sohasida yangi g‘oyalarni 
yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun o‘tilayotgan har bir dars o‘quvchilar 
dunyoqarashini shakllantirishda cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini barcha 
geografiya o‘qituvchilari his eta olishlari zarur. Yetakchi tushunchalar

Geografik 
dunyoqarash, geografik qobiq, obyektning mavjudlik shakli, obyekt va makon, 
obyekt va vaqt, dialektika qonunlari, predmetlararo aloqalar, TTK komponentlari, 
inson va tabiat, tabiat va jamiyat munosabatlari, geotizim, o‘quvchi dunyoqarashi, 
falsafiy g‘oya, ekologik g‘oya. 
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash g‘oyalarini shakllantirish. 
Geografiya kursida dunyoqarashni shakllantirishni uchta guruhga birlashtirish 
mumkin. Tabiatdagi hodisalarni dialektik asosda tushunib, bularga va xo‘jalikka 
nisbatan, g‘oyalarni yuzaga keltirish, tabiat va undagi komponentlarni o‘zaro 
bog‘liqligi, o‘zaro ta’siri hamda ularni har doim rivojlanishi, vaqt o‘tishi bilan 
o‘zgarishi, tabiatining moddiyligi, qonuniyatlarning obyektivligi, xo‘jalikni 
tashkil etgan barcha elementlarni o‘zaro mustahkam bog‘liqligi. Xo‘jalikni 
tashkil etayotgan borliqning tarixiy xarakterda ekanligidan. Ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiya kursining markazida iqtisodiy-siyosiy g‘oyalarning mavjudligi. Buning 
tarkibiga jamiyatning belgilovchi asosiy dunyoqarash g‘oyalari kiradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning xo‘jaligini ilgarigi mustamlaka sharoiti 
oqibatida hozirda rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetib olish uchun vaqt 


110 
kerakligi. Bu yerda mazkur tizimga, uning xo‘jaligiga ham taqqoslash, albatta, 
muhim. 
Bu yerda tabiiy geografiya kursida o‘z aksini topgan tashqi muhit 
bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan antropogen taassurotlarning mohiyati haqidagi 
g‘oyalarni aytish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya 
kursida uni maqsad va vazifalarini tushuntirishda o‘quvchilarda konkret 
g‘oyalarni yuzaga keltirish: tabiiy muhit, albatta, zarur, chunki u xo‘jalikni 
rivojlantirish, xo‘jalikni joylashtirishda hal qiluvchi sharoit bo‘lib 
belgilanadi. Maktab tabiiy geografiya kurslari yer yuzasi tabiati, uning xilma-xil 
bo‘lish sabablari, tabiiy muhit va resurslarining inson xo‘jalik faoliyatidagi 
masalalarini ochib berishda katta rol o‘ynaydi. Maktab tabiiy geografiyasi 
kurslarida, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga (tabiiy hududiy kompleks THK)ni
ilmiy asoslab berish vazifasi yuklatilgan. Shu tufayli tabiiy geografiyaning 
yetakchi tushunchalarini geografik qobiq, tabiiy kompleks, tabiiy boyliklar, tabiiy 
muhit, inson va tabiatning bir-biriga ta’siri kabilar tashkil qiladi. O‘quvchilarda 
ana shu tushunchalarga nisbatan to‘g‘ri ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tabiiy 
geografiya darslarida alohida o‘rin egallashi kerak. Ayniqsa, geografik qobiq va 
uning qismlari, insonning xo‘jalik faoliyati bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik aniq 
dalil va misollar yordamida ochib berilishi zarur. Turli hududlar misolida aholining 
tabiatga ta’siri muayyan tarzda bir-biridan farq qilishini o‘quvchilar puxta 
egallashlari lozim. O‘quv materiallining mazmuni o‘quvchilarda dunyoqarash 
shakllantira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Tabiiy geografik obyekt va 
hodisalarning maktab sharoitida o‘rganish bir-biriga bog‘liq bo‘lgan 3 yo‘nalishda 
olib borilishi maqsadga muvofiq: 
1.
Geografik qobiq va uning qismlarining mavjudligi. 
2.
Obyektning mavjudlik shakli va makonda joylashishi. 
3.
Vaqt o‘tishi bilan obyektlarning o‘zgarishi. 
Yuqoridagi g‘oyalarni ajratish shartli bo‘lib, asosan, «tabiat va inson» 
g‘oyasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Falsafa qonunlari shakl va sifat, 
mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, haqiqat va ehtimollik tabiiy geografiyada 
ham qo‘llaniladi. Ammo sabab va oqibat, vaqt va makon, harakat, alohidalik, 
umumiylik kabi dialektika kategoriyalari geografiyada birmuncha keng 
qo‘llaniladi. 
Dialektika qonunlarisiz geografik qobiq va uning qismlarini o‘quvchilar 
ongiga singdirish ancha murakkab. Shuning uchun dastlab o‘quvchilarga geografik 
qobiq tushunchisining mohiyatini ochib berish kerak, ya’ni geografik qobiq- yer 
qobiqlarining bir-biri bilan ta’sir qiladigan bir butun tizimi ekanligini, geografik 
qobiq tarkibi bir xil emasligi, shuning bilan birga geografik qobiqning umumiy 
qonuniyatlari unga ta’sir qilish, geografik qobiqning rivojlanishi, tarkib jihatdan 


111 
murakkablanishi, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida, davr o‘tishi natijasida o‘zgarish 
kabi belgilar mavjudligi haqida o‘quvchilarda aniq ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish bilan birga ularda tabiatdagi barcha voqea hodisalar bir-biriga 
bog‘liq ekanligi g‘oyalarini shakllantirishga yordam beradi. Geografik qobiqning 
sifat xususiyatlari va uning qismlarini o‘rganish litosfera, gidrosfera, atmosferani 
o‘rganishda yanada konkretlashadi. Geografik qobiq haqida g‘oyalarni o‘quvchilar 
ongida shakllantirishda ta’lim vositalarini qo‘llamasdan amalga oshirish qiyin. 
Bularga tabiiy kuchlarning ta’sir etishi, litosfera qalinligi, atmosfera qatlamlari, 
dunyo okeanlari tubi relyefi va boshqalar kirishi mumkin. Geografik qobiqning 
joylanishi, kattaligi, sifati haqidagi ma’lumotlarni mavzuli kartalar (tabiiy, 
geologik, tuproq, o‘simlik, iqlim va h.k.), kartinalar, fotosuratlar va boshqalardan 
olsa bo‘ladi. Mahalliy tabiatni bevosita kuzatishning ham o‘quvchilarda zarur 
tasavvurlarni hosil qilishda ahamiyati katta. Geografik qobiqni tashkil etgan 
qismlarni o‘rganishda o‘quvchilarning boshqa fanlardan, masalan, kimyo va 
biologiya fanlarida olgan bilimlari, xususan, fotosintez, o‘simlik va hayvonlarning 
mikroorganizmlar ta’sirida suv, ammiak va h.k. moddalarga parchalanib ketishi 
kabi masalalarni bilishlari ham muhimdir. Geografik qobiqning bir butunligi 
g‘oyasi yerning yagona tabiiy kompleks ekanligi o‘quvchilarga aniq misollar bilan 
yetkazilishi lozim. Ma’lum hududlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar geografik 
qobiq komponentlari turli-tuman ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Tabiiy 
geografiyani o‘rganish yakunida o‘quvchilar tabiiy kompleks mazmuni va 
mohiyati bilan tanishadilar, natijada o‘quvchilar THK geografik qobiqning bir 
qismi ekanligini aniqlaydilar. Bunda suv, havo, tog‘ jinslari, mikroorganizmlar 
ta’sirida TXK qismlari: relyef, havo massalari, suv, tuproq qatlami, o‘simliklar, 
havodan tashkil topadi. Har bir TXK kattaligidan qat’iy nazar umumiy geografik 
qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Shu bilan bir paytda ular alohidalikka ham ega. TXK 
mustaqil bo‘lishi bilan birga, ayni vaqtda, geografik qobiqning bir qismi bo‘lib, 
unga ta’sir ham qiladi. Maktab tabiiy geografiyasida turlicha kattalikdagi TXKlar 
o‘rganiladi. Bular mahalliy daryo qayiri, suv ayirgichdan boshlab to materiklarning 
yirik qismigacha bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston tabiiy geografiyasida esa, tabiiy 
hududlar va ularning bo‘laklari bunga misol bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar har bir hududga xos bo‘lgan belgilarni, shu belgilarning hosil 
bo‘lish sabablarini bilib olishlari kerak. Yuqoridagilarni o‘rganish jarayonida 
geografik qobiqning juda ko‘p TXKlarga bo‘linib ketishini bilib oladilar. 
Maktablar 
tajribasi 
shuni 
ko‘rsatyaptiki, o‘quvchilar kompleks, qism 
tushunchalarini yaxshi o‘zlashtirishi mumkin, ammo ularni vujudga keltirgan 
sabab-oqibatlarni egallashda qiynalishlari aniqlandi. Shu tufayli har bir o‘qituvchi 
o‘qitish jarayonida bunga e’tibor berish kerak. Masalan, TXK komponentlari 


112 
o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishda o‘quvchilar diqqatiga quyidagi bog‘liqlikni 
ko‘rsatish yaxshi natija berishi mumkin. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin