Ta`limiy mashg`ulotlar jarayonining maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishda ta`lim-tarbiyaning ahamiyati mundarija: kirish I bob. Maktabgacha ta`lim tashkilotida bola ta`lim-tarbiyasining asosiy omili sifatida


Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə3/7
tarix12.05.2023
ölçüsü161,5 Kb.
#112374
1   2   3   4   5   6   7
TA`LIMIY MASHG`ULOTLAR JARAYONINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHDA TA`LIM-TARBIYANING AHAMIYATI kurs ishi

Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari

Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab o`rtasidagi aloqa ikki yo`nalishda olib boriladi:
1. Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktabning pedagoglar jamoasi o`rtasidagi aloqa.
2. Maktabgacha ta`lim tashkiloti bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlang`ich sinfda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, o`ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada MTTda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi.
Maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari katta va tayyorlov guruhlari olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta`lim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarga asoslanadilar.
MTT bilan maktab pedagoglarining o`zaro aloqa o`rnatishlaridan ko`zlangan asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta`limiga tayyorlash uchun o`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha maktab bilan maktabgacha ta`lim tashkiloti o`rtasida mustaxkam aloqa o`rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o`qib ketishlari uchun MTTi va maktabda olib borilayotgan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil qilib, bu sohada yuqori natijalarga erishishdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab belgilanadi.
MTT bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bog`laydi. Pedagogik tashviqot ishlari MTT maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisining va birinchi sinf o`qituvchisini MTTning maktabga tayyorlov guruhida va birinchi sinfda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruhi bolalari va maktabdagi 1 sinf o`quvchilarining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishni taqozo etadi. Mana shunday usulda ish olib borilganda o`qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1 sinf va MTTni tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo`lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlantirshlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi.
Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o`rnatiladi: o`qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari bo`yicha, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha birgalikda o`tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning MTTdan maktabga o`tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo`yicha tarbiyachi va o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va boshqalar kiradi.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi uzviy aloqaning pedagogik vazifasi MTTning tayyorlov guruhida va maktabning 1 sinfida olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va usullari bilan o`zaro tanishishni taqozo etadi.
Bu masalada MTTning tayyorlov guruhi tarbiyachilari maktabning 1 sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar va dars, mashg`ulotlardan keyin birgalikda yig`ilishib uni muhokama qiladilar, ayrim metodikalar bo`yicha seminar – praktikumlarda qatnashadilar: ilg`or tajribalar bilan o`rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha yoki 1 sinfda bolalarga bilim berish bo`yicha pedagogik kengashlarni o`tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma ish shakllari va mazmumnini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari surilayotgan masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal etishda uchraydigan kamchiliklarni aniqlash, bolalar bog`chasi va maktabda olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish bo`yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan, o`qituvchi MTTning tayyorlov guruhiga borib o`zining bo`lajak o`qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi tarbiyachilari o`zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o`qiyotganini o`rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi.
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o`qituvchiga bola bilan munosabatda bo`lganda pedagogik nuqtai nazardan to`g`ri yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o`z navbatida 1 sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog`lab boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o`qiyotganlari, xulqi, o`qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o`qituvchidan so`rash orqali ham aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta`lim tarbiyaviy ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o`qituvchilar ilg`or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ`ibot qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi uzviy aloqa samarali bo`lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTT bilan maktab o`rtasidagi aloqa izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo`ljallangan bo`lishi, amalga oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo`lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo`yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o`zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar ko`rsatilishi lozim.
Maktab bilan MTT yil davomida mana shunday aloqa o`rnatib borishi natijasida ta`lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.
Bolalarni maktab o`quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish, birgalikdagi mashg`ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o`tkazish, rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o`yinchoqlar ko`rgazmasini tashkil etish va boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo`lsa va og`ishmay amalga oshirib borilsa, birgalikdagi ishlar bo`yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o`qib ketishlarida yaxshi samaralar beradi.




    1. Yüklə 161,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin