2.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlari
(yo‘nalishlari)
23
Moliyaviy
siyosatning
tarkibiy
qismlari
(yo‘nalishlari)
quyidagilardan iborat:
•
byudjet siyosati;
•
soliq siyosati;
•
pul siyosati;
•
kredit siyosati;
•
baho siyosati;
•
investitsion siyosat;
•
ijtimoiy moliyaviy siyosat;
•
boj siyosati.
Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini
amalga oshirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi va shu ma’noda
yordamchi rolni o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining
boshqa – milliy, geosiyosat, harbiy – yo‘nalishlari ham
mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh
yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy)
yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning muhim
vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini
aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi
sifatida boshqaruvning oliy organlariga tegishlidir. Mamlakatning
subyektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning
qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu
funksiyalari o‘z byudjetlarini shakllantirish va ishlatish hamda
mahalliy soliqlarni qabul qilish va ularning mablag‘larini ishlatish
masalalari bilan cheklanadi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi,
qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha
bo‘g‘inlarining
funksiyalarini
belgilovchi
boshqa
qonunlar
majmuiga muvofiq ishlab chiqiladi. O‘zining hajmi va muhimligi
23
Moliyaviy siyosat yaxlit va bir butun jarayonlarni o‘z ichiga olib, bu o‘rinda u 8 ta tarkibiy qismdan iborat. Lekin
moliyaviy siyosatni amaliyotga joriy etishda mazkur tarkibiy qismlarni moliyaviy siyosatning yo‘nalishlari sifatida
ham tushunish mumkin. Shu bois darslikning 2.2-paragrafida “tarkibiy qism” va “yo‘nalish” so‘zlari bir xil
ma’noni anglatadigan iboralar sifatida ishlatilgan.
66
jihatidan eng katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini
faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash noto‘g‘ri. Qonun
byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari
funksiyalarini,
mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet
jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq
belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati faqat shu masalalar bilan
cheklanib qolmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan
YaIM hissasini aniqlash, shu sohada mamlakat yuqori va quyi
organlarining o‘zaro munosabatlarini belgilash, byudjet xarajatlar
qismining tarkibiy tuzilishini aniqlash, turli darajadagi byudjetlar
o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash, davlat qarzini boshqarish,
byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlash va h.k.lar ham byudjet
siyosatining vazifalariga kiradi.
Ma’rifiy davlatlarda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan
hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o‘z funksiyalarini bajarish
maqsadida davlat qo‘lida to‘plangan pul mablag‘larining harakati
o‘z
ifodasini
topadi.
Davlat
siyosati
aniqlab
beradigan
maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo‘naltirish byudjet
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Agar maqsadga
erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan ko‘p
mablag‘
talab
etsa,
davlat
qo‘shimcha
daromadlarni
shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo‘llashga
majbur bo‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish,
boylik va mol-mulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning
daromadlar qismini to‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy
mustaqillikning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga
olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning
chegarasini oldindan belgilaydi.
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim yo‘na-
lishlaridan biri hisoblanadi. Bir necha asr mobaynida
zamonaviy
moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash
imkoniga ega bo‘lgan.
Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil
topadi:
•
davlat muayyan miqdordagi moliyaviy resurslarga ega
bo‘lmasdan to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas;
•
mablag‘larni
soliq
yordamida
undirish
qat’iy
o‘sish
tendensiyasiga ega;
79
Mana shu ham cheklovning bir ko‘rinishi. Bunga o‘xshash
cheklovlar juda ko‘p. Masalan, valyutasi to‘la konvertatsiya
qilinadigan davlatlarda narkobiznes, o‘g‘irlik, fohishabozlik, qurol-
yarog‘ni noqonuniy tarzda sotish kabi juda ko‘p holatlarda topilgan
pulni boshqa valyutaga konvertatsiya qilish mutlaqo taqiqlangan,
ularni ishlatishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Demak, hamma gap cheklovlarning mazmuni, shakli va
miqdorida. Shu pozitsiyadan qaraydigan bo‘lsak, 2003-2017
yillarda mamlakatimizda xalqning yuqori turmush darajasini
ta’minlashga qodir rivojlangan bozor iqtisodiyoti barpo etish
jarayoniga xizmat qiladigan holatlarda milliy valyuta muayyan
miqdorda konvertatsiya qilib kelindi. Masalan, eksportga mahsulot
chiqaradigan yoki import o‘rnini bosadigan yuqori sifatli mahsulot
yaratayotgan yoki shunday xizmat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yuritish
subyektlari rasman so‘mni erkin almashtirish huquqiga ega edilar.
Bunday manzilli konvertatsiya usuli yordamida erkin
almashinadigan valyutani kamroq sarflab, ko‘proq natijaga
erishish ko‘zda tutilgan edi. Shunday usul bilan mamlakatda
o‘nlab yangi tarmoq va sohalarga asos solindi, ma’naviy va
jismoniy jihatdan eskirib qolgan minglab ishlab chiqarish
korxonalari zamonaviy, yuqori unumli texnika va texnologiya bilan
jihozlandi.
Mustaqillik yillari moliyaviy siyosat haqida so‘z yuritganda
uning quyidagi o‘ziga xos tomonlariga alohida urg‘u berish kerak
bo‘ladi.
Dastlab ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari asosiga o‘rnatilgan
mustamlaka davri iqtisodiyotini isloh qilish, ma’rifiy bozor
iqtisodiyotini qurishning o‘ziga xos nazariyasi yaratildi. Bunda
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyili asosida
O‘zbekistonda davlat bosh islohotchi sifatida maydonga chiqdi.
Bu esa totalitar iqtisodiyot asoslari sindirilayotgan, yangisi
endigina
shakllanayotgan
sharoitda
jamiyatda
boshqaruv
tizimining mutlaqo buzilib ketmasligini ta’minlashga xizmat qildi.
Shuningdek, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda
inflyatsiya, ishsizlik, daromadlar notekis taqsimlanishi kabi bozor
iqtisodiyotiga xos ayrim salbiy holatlarning aholi turmush
darajasiga noxush ta’sirini kamaytirish imkoniyatini yaratdi.
Davlatning bosh islohotchiligi tufayli zamonaviy korxonalar, yangi
sohalar paydo bo‘ldi, ular yordamida va mavjud tarmoqlarni
78
sohalar bo‘yicha qonuniy merosxo‘ri, deb e’lon qildi. Natijada
uzoq yillar mobaynida sobiq ittifoqdosh respublikalar aholisi
mehnati evaziga yaratilgan barcha boylik ular ixtiyoriga o‘tib ketdi.
Jumladan, aholining sobiq SSSR jamg‘arma banki tizimida
saqlanayotgan omonatlari (o‘sha paytda bu muassasa hali eski
nomi bilan “omonat kassalari” deb atalar edi) Rossiya ixtiyoriga
olib qo‘yildi.
O‘zbekistonda milliy valyutaga o‘tish masalasida “tadrijiy”
usuldan foydalanildi. 1993-yil 15-noyabrda milliy valyutani joriy
etishning tayyorgarlik bosqichi, ya’ni oraliq to‘lov vositasi – “so‘m-
kupon”ga o‘tildi. Rossiya rubllari o‘rniga “so‘m-kupon” muomalaga
kirishi bilan eski puldan darhol voz kechilgani yo‘q. Daromadlarini
rublda jamg‘arib kelgan aholiga uni oxirigacha ishlatish mikoniyati
berildi. Almashtirish miqdori 200 ming rubl qilib belgilandi, undan
ortiq qismi bankda mazkur shaxsning nomiga jamg‘arma sifatida
rasmiylashtirildi. Vaholanki, o‘z milliy valyutasiga o‘ta boshlagan
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligida eski rubllarning 20, 30, 50
ming, eng ko‘pi bilan 100 ming almashtirildi, undan ortiq qismi
xalq qo‘lida oddiy qog‘oz sifatida qolib ketdi.
Mamlakatimizda pul almashtirishi bilanoq, pensiya, stipendiya,
nafaqa va ish haqi yangi “so‘m-kupon”da berila boshladi.
Yaqindagina 20 foizga oshirilgan ish haqi yana 50 foizga
ko‘paytirildi.
Milliy pul birligini joriy etish bilan bog‘liq obyektiv
qiyinchiliklarni yumshatish masalasi shu taxlit chora-tadbirlar
yordamida amalga oshirildi va 1994-yil 1-iyuldan “so‘m-kupon”
o‘rniga haqiqiy valyuta – so‘mga o‘tildi.
O‘zbekistonda milliy valyutani darhol muomalaga kiritish va
birdaniga uning erkin almashinuvini ta’minlash yo‘lidan borilmadi.
O‘zbek so‘mining ichki konvertatsiyasi 2003-yil 15-oktyabrdan
boshlandi. Lekin u hali tom ma’nodagi ichki konvertatsiya emas,
balki katta cheklovlarga ega edi.
Aslida hech qanday cheklovsiz, xohlagan paytda xohlagan
miqdordagi pulni xohlagan tarzda konvertatsiya qilish hech bir
davlatda mumkin emas va jahonda bunday valyutaning o‘zi yo‘q.
Masalan, AQSh yoki Angliyaga ularning bir qop pulini ko‘tarib
kelsangiz, hech qaysi bank uni qabul qilmaydi. Siz eng avvalo,
olib borgan pulingizni qayerda va qanday ishlab topganligingiz
haqida, ya’ni uning manbai haqida hujjat taqdim etishingiz shart.
67
•
soliq yuklamasining oqilona chegarasidan o‘tilganidan so‘ng
tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi, ya’ni iqtisodiyotning
o‘z-o‘zidan buzilishi (yemirilishi) sodir bo‘ladi;
•
inqiroz davrida soliqlar stavkalari mumkin qadar minimal
darajada o‘rnatilmog‘i lozim. Buning natijasida mamlakatning
iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish
hisobidan tiklanish imkoniga ega bo‘ladi;
•
soliq yuklamasining keskin oshib ketishi kapitalning chetga
chiqib ketishiga olib kelishi mumkin;
•
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta.
Biroq, summar o‘lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq
qismining soliq sifatida olib qo‘yilishi mamlakat iqtisodiy o‘sishini
to‘xtatib qo‘yishi mumkin;
•
soliq imtiyozlari shaffof bo‘lishi va barcha takror ishlab
chiqarish subyektlari uchun bir xil darajada bo‘lishi kerak;
•
soliq tizimi konfiskatsion xaraktyerga ega bo‘lmasligi lozim.
Faqatgina individual daromadlarning o‘sishida ifodalangan milliy
boylikning o‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning barqaror o‘sishini
ta’minlashi mumkin;
•
qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan
iqtisodiy
tizimda
soliqlarning
miqdori
barqaror
o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat
o‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona
iqtisodiyotga yoki xorijga o‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar
bazasini qisqartiraveradi;
•
soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar
sonini, soliqqa tortish obyektlarini ko‘paytirish, ko‘p bosqichli
soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo‘yicha xarajatlarning
ortishiga, boqimanda va jarimalarning o‘sishiga va pirovardida,
mulkni qamoqqa olish, soliq to‘lovchini kasod deb e’lon qilish va
h.k. yo‘llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi;
•
soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet
daromadlarini shakllantirish nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi.
Lekin bu narsa, oxir-oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining
qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki
tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi zimmasiga,
ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik
darajasida daromadga ega bo‘lgan aholining 80-90% qismiga
68
yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’-
molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
•
egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu
tizimda aholining asosiy qismidan jamg‘armalar olib qo‘yiladi va
bu, o‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor
tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz
kechgan AQSh tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
•
egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlar,
zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar
va xizmatlar va boshqa bir qancha o‘ziga xos bo‘lgan maxsus
holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
•
daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining
asosiysi bo‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni
proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan tashkil etish
maqsadga muvofiq.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
ishbilarmonlar
shaxsiy
tashabbus ko‘rsatmasa va jamiyatning ko‘pchilik a’zolari samarali
mehnat qilmasa, iqtisodiyotni talab darajasida rivojlantirishni
ta’minlash qiyin. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy
rag‘batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qo‘yadi, ya’ni
mehnat
daromad
keltirishi
lozim.
Bu
holda
mamlakat
iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo‘ladi,
ya’ni soliq stavkalarining yuqori darajada belgilanishi takror ishlab
chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi
(toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o‘z
navbatida, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘sish
bazalarining pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy
siyosatning
yo‘nalishlaridan
yana
biri
pul
siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi
miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos
kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog‘oz pullar
(pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan
to‘ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo‘lgan talabdan
ortiq bo‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi
(oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo‘ladi.
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning
qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq, ya’ni mamlakatda xorijiy
valyutaning muomalada bo‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi,
milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo‘qmi? va h.k.
77
qaror qilsa, bu haqda boshqa a’zolarni uch oy oldin rasman
ogohlantirish shartligi haqida maxsus davlatlararo bitim bor edi.
Qirg‘izistonda rubl o‘rniga somning muomalaga kiritilishi va
Rossiya Federatsiyasi shartnomalarni bekor qilishi tufayli 1993-yil
kuziga kelib, yagona rubl hududi yaratish g‘oyasi barbod bo‘ldi.
Bu hodisa Hamdo‘stlik davlatlari iqtisodiyotiga katta zarar
yetkazdi, iqtisodiy islohotlar samarasini sezilarli darajada
pasaytirib yubordi, uning ilk natijalarini yo‘qqa chiqardi.
O‘zbekistonda endigina shakllanib kela boshlagan moliya va pul
muomalasi tizimini qaytadan jar qirg‘og‘iga keltirib qo‘ydi.
Mamlakat iqtisodiy hayoti o‘z maromida davom etishi uchun zarur
vositalardan biri bo‘lmish pul tizimi va pul birligisiz qoldi. Iqtisodiy
hayot qisqa muddat ichida yana bir bor butunlay izdan chiqish
xavfi ostida qoldi.
Zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 12-noyabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi
hududida parallel to‘lov vositasi sifatida “So‘m-kupon”larni
muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi qarori asosida 15 noyabrdan
boshlab so‘m kuponlar muomalaga kiritildi. “So‘m – kupon”larning
1, 3, 5 va 10 so‘mliklari Angliyada ishlangan bo‘lsa, 25, 50, 100
so‘mlikdan 10 ming so‘mlikkacha bo‘lgan qismi o‘z pul
fabrikamizda bosib chiqarildi.
Pul belgilarini ishlab chiqish g‘oyatda murakkab, ko‘p mehnat
va yuqori aniqlik talab etadigan jarayon bo‘lib, unga erishish
yuksak texnik va texnologik tayyorgarlikni taqozo qiladi. O‘ta
qisqa fursat ichida, ya’ni 1993-yildayoq zamonaviy texnika va
texnologiya asosida pul, boshqa qimmatli qog‘oz va tanga ishlab
chiqara oladigan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish
birlashmasi qurib ishga tushirildi.
“Yagona rubl hududi”si g‘oyasi barbod bo‘lganligiga bog‘liq
ko‘plab salbiy oqibatlarni bartaraf etishni so‘m-kuponlar o‘z ustiga
oldi va o‘ta qisqa fursat ichida O‘zbekiston o‘zining to‘laqonli pul
birligi – so‘mni 1994-yil 1-iyuldan muomalaga kiritish uchun zarur
iqtisodiy sharoit yarata oldi.
Milliy
valyutaning
muomalaga
kiritilishi
mamlakatning
moliyaviy siyosat tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
Shu davrda O‘zbekistonda mustaqil moliya asoslarini yaratish
jarayoniga noxush ta’sir ko‘rsatgan yana bir voqea yuz berdi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘zini sobiq SSSRning barcha
76
Mustaqil davlatchilik talablari asosida va yangi qonunchilik
negizida bu sohaning boshqaruv organlari butunlay qaytadan
tashkil etildi. Masalan, moliya vazirligi tizimi tubdan qayta tashkil
etilgan bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasi butunlay yangidan barpo
qilindi. SSSR Davlat banki O‘zbekiston filiali negizida O‘zbekiston
Respublikasi
mustaqil
Markaziy
banki,
SSSR
davlat
ixtisoslashtirilgan tarmoq banklari O‘zbekiston filiallari asosida
paychilikka asoslangan tijorat banklari tuzildi. Aralash mulk va
xususiy mulkchilikka asoslangan o‘nglab yangi tijorat banklari
tashkil topdi.
Yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar natijasida 1991-1992
yillar mobaynida mustaqil davlatga xos bo‘lgan moliya, soliq va
bank tizimlari shakllana boshladi. O‘z daromadimizdan oqilona
foydalanish evaziga, xarajatlarimizni qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da,
o‘zimiz qoplay boshladik. Bu davrga kelib, mamlakatimizda bozor
iqtisodiyotini barpo etishning asosiy strategik masalalari, uning
tamoyillari ishlab chiqildi.
Har qanday mustaqil davlat o‘zining mustaqil pul birligiga ega
bo‘lishni xohlaydi va bu mustaqil davlatchilikning muhim
belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin sobiq SSSR hududida endigina
mustaqillikka erishgan davlatlar o‘sha paytdagi sharoitda to o‘z
milliy pul tizimlarini barpo etgunga qadar “rubl”dan umumiy holda
foydalanib turishlari iqtisodiy zaruriyat edi. Boshqa chora yo‘q
ham edi. Chunki siyosiy mustaqillikka erishilgani bilan sobiq
ittifoqdosh respublikalarning bir-biriga qaram qilib tashlangan
iqtisodiyotlari bir kunda mustaqil yashab keta olmasdi. Natijada
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligi to o‘z valyutasini kiritishga
yetarli sharoit yaratgunga qadar “yagona rubl hududi”da qolishga
xohish bildirishdi va ular 1992-yil oktyabrda “yagona rubl hududi”
to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Keyin O‘zbekiston va Rossiya
hukumatlari, Markaziy banklari pul tizimlarini birlashtirish haqidagi
ikki tomonlama shartnomaga qo‘l qo‘yishdi.
1993-yil namunasidagi yangi rubllar O‘zbekiston hududiga
yetib kelgandan keyin mazkur bitim va kelishuvlar Rossiya
Federatsiyasi hukumati tomonidan bir tomonlama to‘xtatildi.
Bundan sal oldinroq, ya’ni 1993-yilning 10-mayida Qirg‘iziston
to‘satdan o‘z milliy valyutasi – somni muomalaga kiritdi. Xolbuki,
Hamdo‘stlik davlatlaridan birortasi o‘z milliy pul birligiga o‘tishga
69
Mamlakat ichida o‘z milliy puli bilan parallel ravishda xorijiy
valyutaning muomalada bo‘lishi qator salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Bunda, eng avvalo, oldi-sotdi operatsiyalarining
muayyan qismi xorijiy vayutada amalga oshiriladi, buning
oqibatida muomalada milliy valyutaning hissasi haqidagi tasavvur
butunlay buzilib ketadi. Shunga bog‘liq ravishda pul massasi,
iqtisodiy ahvol haqidagi raqamlar ham obyektiv borliqni buzib
ko‘rsatadi va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa
mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining
qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul
siyosatining yo‘nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun
zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa
bir yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalish byudjet daromadlarini
ko‘paytirishdir. Ana shu yo‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab
etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan o‘tilganidan so‘ng
pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bo‘lib qoladi, ya’ni byudjet
daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo‘lishi mumkin. Agar
qandaydir bir sabablarga ko‘ra davlat o‘z pul tizimini tartibga
solishga qodir bo‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga
putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy
valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi tura
olmaydi va milliy boylikdan mahrum bo‘lib qolish mumkin (o‘zaro
hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va h.k.lar orqali).
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo‘nalishi bo‘lib, u
mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda
kapitalining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda
kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning
muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va
investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotning
kredit
sektori
o‘rtacha
foyda
normasini
tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi
jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U
asossiz darajada yuqori bo‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin:
•
kreditlarning qaytarilmasligi;
•
ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar
narxining o‘sishi;
70
•
qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va
buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;
•
ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
•
takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining
pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning
sog‘lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va
xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida
esa, takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining
oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va pirovard
natijada byudjet daromadlarining ko‘payishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning baho
siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga
solinishi orqali ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida ayni
davrda yerosti boyliklari, suv havzalari, temir yo‘llar, elektr uzatish
tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir.
Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining o‘sishi milliy
xo‘jalik boshqa barcha tarmoq va sohalarida baholarning o‘sishiga
olib keladi. Bu yerda bog‘lanish shunchalik ayonki, hech qanday
izohga hojat yo‘q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni
tartibga solishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo‘na-
lishlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real
sektoriga o‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun
sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy
qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat
boshqaruvi
va
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlar
moliyasini
boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion
siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar
tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning
xorijga chiqib ketmasligi va, aksincha, mamlakatga xorijiy
kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali
ifodalanadi.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat
aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq.
Hozirgi paytda bu siyosat, o‘z navbatida, pensiya siyosati,
immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy
yordam ko‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o‘z ichiga oladi.
75
ketilayotgan
boyliklarning
buxgalteriya
hisob-kitoblari
ham
Moskvada yuritilar va yaratilayotgan daromadlar miqdorini
o‘zbekistonliklar bilmasligi uchun turli vosita hamda usullar o‘ylab
topilgan edi.
Shu bois mustaqillikka erishish arafasida, ya’ni 1989-1991
yillarda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadining 30-40 foizi
sobiq Ittifoqdan qaytib beriladigan subvensiyadan iborat edi.
Lekin, 1988-yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondan olib
ketilgan bir yillik paxta tolasining o‘zidangina 25 milliard rubl
daromad olingan, ya’ni bu miqdor bizga “subvensiya”ga berilgan
2,5 milliard rubldan 10 baravar ko‘p edi.
1991-byudjet yilida O‘zbekiston uchun yanada og‘ir moliyaviy
ahvol yuzaga keldi. Rossiya Federatsiyasi
rahbariyati SSSR
davlat
byudjetiga
Rossiya
hududidan
yig‘ib
olinadigan
mablag‘ning tushishini to‘xtatib qo‘ydi. Mazkur holat Ittifoq
byudjetidan O‘zbekistonga qaytishi mo‘ljallangan subvensiya
hajmining oldinroq qisqara boshlashiga, keyin esa butunlay
to‘xtashiga olib keldi. O‘zbekiston davlat byudjeti va iqtisodiyoti
butunlay izdan chiqib ketish xavfi ostida qoldi.
Shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, O‘zbekiston Res-
publikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan kundan boshlab
mustaqil moliyaviy siyosat yurita boshladi. O‘zbekiston rahbariyati
xalqaro moliyaviy maydonga biz barcha bilan faqat teng huquqli,
o‘zaro foydali shartlar asosida iqtisodiy hamkorlik qilishga
tayyormiz, degan pozitsiya bilan chiqdi. Endigina mustaqillikka
erishgan davlatlar rahbarlarining faqat yordam so‘rab murojaat
etishlariga o‘rganib qolgan xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari
uchun O‘zbekiston Respublikasining mustaqil moliyaviy siyosat
kutilmagan hol edi. Aslida mustaqillikni endigina qo‘lga kiritgan
mamlakat tashqi moliyaviy yordamga muhtoj edi.
Bir vaqtning o‘zida mustaqil O‘zbekistonning mustaqil moliya,
bank va soliq tizimiga asos solish rejali iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv zaruriyatga aylangan murakkab bir
sharoitga to‘g‘ri keldi va bu masalalar ham o‘z echimini topdi.
Mustaqil moliya, bank va soliq tizimlarini barpo etish sohasida
o‘tkazilgan tadbirlarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Buning uchun birinchi navbatda moliya, soliq va bank tizimini
mutlaqo yangi asoslarda barpo etish uchun zaruriy huquqiy asos
yaratildi.
74
moliyaviy mavqeini tiklash bo‘yicha umumxalq harakati boshlanib
ketdi. Jumladan, ixtiyoriy suratda tilla va zeb-ziynat buyumlarni
yig‘ish va davlatga tekinga topshirish boshlandi. Birgina “DEU”
konserni jamoasi yarim kunning o‘zida 45 kilogramm oltin yig‘di.
Mamlakat bo‘yicha bu raqam juda katta miqdorni tashkil etdi.
2008-yili AQSh ipoteka banki tizimida boshlangan inqiroz
butun dunyoni qamrab oldi. Mazkur iqtisodiy inqiroz iqtisodiyotni
bozor munosabatlarining o‘zlari tartibga solishi kerak, davlatning
iqtisodiyotga iloji boricha aralashmasligi maqsadga muvofiq,
degan nazariy qarash va amaliy xatti-harakatlar noto‘g‘ri
ekanligini ko‘rsatdi. Eng muhimi esa, jahonning rivojlangan
davlatlari moliya siyosatida juda katta xatolar bor ekanligi ma’lum
bo‘ldi va uni tubdan isloh qilish zaruriyati kun tartibiga qo‘yildi.
Ayrim davlatlarning iqtisodiy rivoji ma’lum bir sohalargagina
bog‘lanib qolgan. Faqat turizm, qazilma boyliklar, xomashyo qazib
chiqarish bilan xalqaro iqtisodiy makonda o‘z o‘rnini topgan
davlatlar bunga misol bo‘la oladi. Mazkur sohalarga keskin ta’sir
ko‘rsata oladigan voqealarning yuz berishi (konlarning tugashi,
qurg‘oqchilik yoki suv toshqini, sayyohlik marshrutlarining
o‘zgarishi va h.k.lar) natijasida mamlakat moliyaviy siyosatining
mazmuni va shakllari keskin o‘zgarishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, eng katta tabiiy boyliklar
ham hamisha mustaqil moliyaviy siyosat yuritish va iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlashga yetarli zamin bo‘la olmaydi. Agar
shunday bo‘lganda, Rossiya, Braziliya, Meksika, Argentina kabi
davlatlar jahonning eng boy mamlakatlari bo‘lishi kerak edi.
Holbuki, ular turli davrlarda dunyodagi eng ko‘p qarzi bor davlatlar
ro‘yxatining birinchi o‘ntaligidan joy olishgan (Rossiya 2000
yillarga kelibgina bu ro‘yxatdan chiqa oldi). Qazilma boyliklari
deyarli bo‘lmagan Yaponiya esa ularga eng ko‘p qarz bergan
davlatlardan biri hisoblanadi.
Keltirilgan misollardagi kabi salbiy holatlar yuz bermasligining
oldini olishda oqilona tanlangan va amalga oshirilgan moliyaviy
siyosatning ahamiyati juda katta bo‘ladi.
O‘zbekiston tom ma’nodagi mustamlaka mamlakat edi. Bu
yerda yaratilgan boylik to‘laligicha Moskva ixtiyoriga tashib ketilib,
xuddi shu boylikning kichik bir qismi ortga qaytib berilardi. Lekin
bu qaytish endi go‘yoki Ittifoq hukumatining o‘zini o‘zi boqishga
qodir bo‘lmagan xalqqa “yordami” edi. O‘zbekistondan olib
71
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida qarash
bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi
sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj
yig‘imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga
ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos bo‘lgan usuliga ham egadir.
Usulning o‘ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan,
mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va
xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa,
mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki
unga to‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda o‘xshashi
bo‘lmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga yuqori
stavkali boj yig‘imi o‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab
chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki
ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import
qilinadigan mahsulotlarning salmog‘ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga
egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi
stavkalarining joriy etilishi ko‘p hollarda amaliyotda xuddi shunday
javob choralarining qo‘llanilishiga olib keladi. Boj siyosati
yo‘nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos
kelishi kerak. Masalan, bugun mamlakatimiz oziq-ovqat va
kundalik ehtiyoj tovarlarining qaysidir bir turlarini import qilishga
majbur bo‘lsak, bu holat boj stavkalarida o‘z aksini topmog‘i lozim.
Ammo
boj
stavkalari
rag‘batlantiruvchi
bo‘lsa,
u
holda
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan
raqobat qila olmay qoladi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj
siyosati bojxona bojlari va to‘lovlarini oshirishga yo‘naltirilgan
byudjet siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari
(yo‘nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga
erishishga
yo‘naltirilgan,
muvofiqlashtirilgan,
takror
ishlab
chiqarish subyektlarining manfaatlariga zid bo‘lmaydigan bo‘lishi
kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va
tashqi
qarzlarining
kamayishiga,
davlatning
oltin-valyuta
zaxiralarining
ortishiga,
inflyatsiyani
jilovlashga,
byudjet
defitsitining
kamayishiga,
YaIM
hajmining
ko‘payishiga,
72
mamlakatimizda
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlar
raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kelmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |