58
va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui
ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning
shakllari va normalarini huquqiy tartibga solish (reglamentatsiya
qilish) muhim o‘rin egallaydi.
Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon bo‘lishi
mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning yoki
uning ma’lum bir qismining manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va
qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning
yechilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga
baho berish va uni
o‘zgartirish bo‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda,
butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari
manfaatlarini ajratgan holda jamiyat
taraqqiyotining aniq
dasturiga, yechilishi lozim bo‘lgan masalalarning muddatlari va
metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi
vazifalarning tavsifiga ega bo‘lmoq lozim. Faqat ana shunday
sharoitdagina moliyaviy siyosatni
amalga oshirishning konkret
mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin.
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini,
jamiyat
butun
qatlamlarining
va
alohida
guruhlarining
manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning o‘ziga xos
xususiyatlarini qanchalik aniq darajada hisobga oladigan bo‘lsa,
uning natijaliligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va
jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda
davlatning ixtiyorida bo‘lgan real
imkoniyatlarning mavjudligiga,
ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va ruhiy
(psixologik) holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga,
ayrim hollarda, bir-
biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har
tomonlama
foydalanish
mexanizmining
ishlab
chiqilishiga
bevosita bog‘liq.
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning
maksimal hajmini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o‘zgarishlarning
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy
ahvoli
to‘g‘risida
ishonchli ma’lumotlar zarurdir.
Huquqiy
55
Dostları ilə paylaş: