“Jahon tamadduni tarixida
Markaziy
Osiyo
Renessansi”
mavzuida
xalqaro
ilmiy
konferensiya
bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyodan
yetishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosini chuqur
tadqiq etish ishiga xizmat qiladi.
Yurtimizdan yetishib chiqqan islom olami mutafakkirlari
asarlarini, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho
hissasini chuqur o‘rganish, dunyoning barcha xalqlariga islom
dinining haqiqiy mohiyatini yetkazish uchun Samarqanddagi
Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
19
gi
qarori qabul qilindi.
2018-yil
16-aprelda
imzolangan
“Diniy-ma’rifiy
soha
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
20
gi
Farmoniga
muvofiq
Toshkent
islom
universiteti
negizida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Mazkur
Farmonda “islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa
qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur
19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 24-mayda imzolangan Qarori.
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-aprelda imzolangan PF-5416-sonli Farmoni.
46
Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondashish tarixiy
voqelikka to‘g‘ri kelmaydi va uni o‘zgartirish fursati allaqachon
yetib keldi.
Masalan, soliqqa tortishning umumiy prinsiplari birinchi bor
Adam Smit, Vilyam Petti va David Rikardo asarlarida ishlab
chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu o‘rinda ortiqcha e’tirozimiz yo‘q.
Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lmish ingliz olimlari
V. Petti (1623-1687-yillar) “Soliqlar va yig‘imlar haqidagi risola”
(1662-yil), A.Smit (1723-1790-yillar) “Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari to‘g‘risida tadqiqot” (1776-yil), D.Rikardo (1772-1822
yillar) “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari” (1817-yil) kabi
mashhur asarlarida soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta
xizmat qilishgan.
Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha
sifatida shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqorida nomlari zikr
etilgan buyuk farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini
tan olish kerak.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat
moliya va soliqlar masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming
taassufki, adabiyot va fanning boshqa sohalarida ham hozirgacha
“oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, qabilida yashab kelayotgan
xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz yozayotgan kitob,
maqola, o‘tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televideniye va
radiodagi chiqishlarida ko‘proq g‘arb asarlariga tayanish
kasalligidan hozirgacha qutula olishmayapti. Hatto kundalik
hayotimiz va o‘zaro suhbatlarimizda ham Buyuk Navoiy,
Boburlardan emas, Shekspir yoki Gyotelardan ko‘proq misol
keltiramiz...
Agar bobolarimiz tomonidan o‘z vaqtida mazkur masalalar
bo‘yicha biror jo‘yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo‘lishga
asos yo‘q edi.
Ming afsuslar bo‘lsinkim, hozirga qadar ajdodlarimizning
moliya sohasidagi buyuk merosi yyetarli darajada o‘rganilmagan
va o‘zining haqiqiy bahosini olmagan. Sobiq sho‘rolar davrida biz
buyuk merosimizni bilmas edik, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At-
Termiziy, Marg‘inoniy, Moturidiy kabi allomalarimizning xizmatlari
u yoqda tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan edik. Mustaqillik
sharofati bilangina biz ularni bila boshladik.
35
M.Orlovning davlat krediti to‘g‘risidagi ishlarini kiritish mumkin.
Moliya nazariyasi bo‘yicha rus tilida ilk darslikni I.Gorlov yozgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning
nazariy masalalariga bag‘ishlangan asarlar orasida I.Shilning
monografiyasi alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha, moliya
nazariyasi davlat xazinasi g‘oyasiga bo‘ysundirilgan.
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya
fanini chegaralab bergan. Moliyaning mohiyatini idrok etishda
D.Lvov o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha oldinga o‘tib ketgan va
u moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum
bir ijtimoiy munosabatlarni tushungan.
XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte
va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o‘zining
munosib hissasini qo‘shgan.
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning moliya fani akademik
I.Yanjulning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, moliya
fanining predmeti davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi
qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi.
Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerovning
xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondashuvni
asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas,
balki munosabatlardir.
Prof.
L.Xodskiy
moliya
fanining
chegaralarini
biroz
kengaytiradi va uning tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham
kiritadi.
1882-1885-yillarda o‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr
ettirgan Sankt-Peterburg universitetining professori V.Lebedev
ham
moliya
nazariyasini
rivojlantirishga
munosib
xizmat
ko‘rsatgan. U moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini
kiritibgina qolmasdan, natural soliqlarni ham kiritadi, davlat
xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX
asrning
boshlarida
moliyaga
oid
M.Bogolepov,
V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo
bo‘ladi.
Sho‘rolar
davrida
moliya
fanining
taraqqiy
etishiga
V.Dyachenko,
A.Aleksandrov,
A.Birman,
E.Voznesenskiy,
V.Chantladze,
B.Boldirev,
V.Rodionova,
P.Nikolskiy,
M.
Shermenev, M.Romanovskiy, B.Sabanti, V.Kolesnikov, D.Mo-
lyakov, A.Shumov, S.Sitaryan, H.Sobirov muhim hissa qo‘shgan-
lar
8
.
8
Bu haqida darslikning 7.2 paragrafida batafsil fikr yuritiladi.
|