1-BOB. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
1.1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Moliyaviy
munosabatlarning
ilk
shakllari
insoniyat
taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga
bo‘linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda
paydo bo‘ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida
davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy
jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya
qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo‘llar
qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul
mablag‘lari ham bo‘lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o‘z
navbatida jamiyatda moliya paydo bo‘lishini iqtisodiy zaruriyatga
aylantirdi.
Demak,
davlatchilik
tizimining
vujudga
kelishi
moliyaning paydo bo‘lishi uchun asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.
Moliya haqida so‘z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday
paydo bo‘lgan, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha
so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari”
ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi
ko‘rinishlari mavjud:
•
maqsadli pul fond
1
larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va
ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar
majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf
qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
•
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat
tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
•
moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv
tilida)
2
.
1
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “fond” va “jamg‘arma” so‘zlari sinonim sifatida keltirilgan. Biz ham darslikda
ularni asosan bir ma’noni ifodalaydigan iboralar tarzida ishlatdik. Lekin gap yoki jumlaning ma’nosiga qarab, ba’zi
o‘rinlarda “fond”, ba’zi joylarda esa “jamg‘arma” iborasini ishlatishni ma’qul ko‘rdik.
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati:
T.Mirzayev (rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006. – 69-b.
2
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati:
T.Mirzayev (rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006. – 611-b.
6
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”,
shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham
moliyaga daxldordir
3
.
Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug‘aviy ma’nosi jihatidan
o‘zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha
“financia” va ruscha “finansi” kabi ekvivalentlari yoki ma’lum
ma’noda, sinonimlari
4
qachon va qayerda paydo bo‘lganligi
haqida aniq ma’lumot yo‘q
5
.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “finansi” va h.k.
shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda
Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo‘lgan va dastlab “pul
to‘lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg‘a surishadi.
Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning
Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo‘lgan. XY
asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul
summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar
bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden tomonidan
1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli
asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari
hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi
6
.
Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta
taqsimlash bo‘yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror
ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida
yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa
davlatlarida o‘rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali
ifodalay boshlashgan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash
va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli
ko‘rinishdagi shaxsiy to‘lanmalar xarakteriga ega bo‘lgan. Tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash
3
Qarang: o‘sha manba, 610- va 611-betlar.
4
Biz bu erda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlarni
nazarda tutayapmiz.
5
Finansi, denejnoe obrashchenie i kredit. Uchebnik / Pod red.prof. V.K.Senchagova, prof.A.I.Arxipova. –M.:
Finansi i statistika, 1999. s.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755 yilda
“Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan frantsuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Finansi.
Uchebnik dlya vuzov / Pod red. prof. M.V.Romanovskogo, O.V.Vrublevskoy, B.M.Sabanti. – M.: Finansi i
statistika, 2000. s.44).
6
Finansi, denejnoe obrashchenie i kredit. Uchebnik / Pod red.prof. V.K.Senchagova, prof.A.I.Arxipova. –M.:
Finansi i statistika, 1999. s.25; Finansi. Uchebnik dlya vuzov / Pod red. prof. M.V.Romanovskogo, O.V.Vru-
blevskoy, B.M.Sabanti. – M.: Finansi i statistika, 2000. s.44; Finansi. Uchebnik ./ Pod red. G.B.Polyaka. – 3-e izd.,
pererab. i dop.- YuNITA-DANA, 2009. – s.8; Finansi: Ucheb.posobie / Pod red. A.M.Kovalevoy. – 5-e izd.,
pererab. i dop. – M.: Finansi i statistika, 2008. – s.7
.
11
•
to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida
korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga
keladigan pul munosabatlari;
•
byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga
keladigan pul munosabatlari;
•
sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta
hodisasi ro‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va
shaxsiy sug‘urta organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
•
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat
qiluvchi pul munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai
bo‘lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat
ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish
imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida
qismlarining – iste’mol fondi va jamg‘arish fondining – hajmini
hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari
(nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun
ham MD statistikasiga alohida e’tibor beriladi.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya
MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan
bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash
va iste’molga ta’sir etib, obyektiv xaraktyerga ega. U ishlab
chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis
kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasi ishtirokisiz faoliyat
ko‘rsata olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga
qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan
moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar,
iqtisodiyotning yangi va ustuvor tarmoqlari, jamiyat uchun zarur
bo‘lgan sohalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular
jumlasidandir.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish
kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo‘jalik hayotidagi
makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab
beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o‘sish, YaIM va MD
miqdorlarining
oshib
borishi
sharoitida
moliya
o‘zining
muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab
10
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir:
•
qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bo‘lmasdan,
aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan, huquqiy
normalar
yoki
biznesni
yuritish
etikasiga
asoslangan
munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi;
•
pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama
yo‘nalishga ega ekanligi;
•
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari
fondlarini yaratish.
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining
iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga
bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va
bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farq qiladi. Agar pul umumiy
ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab
chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi
ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va
qayta
taqsimlashning
iqtisodiy vositasi (instrumenti), pul
mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan
nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini
shakllantirish yo‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki
moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga
oshirish moliyaning nima uchun mo‘ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlarini ifodalaydi:
•
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni
realizatsiya qilish
jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga
keladigan pul munosabatlari;
•
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni
taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari
o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
•
byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va xarajatlarni byudjetdan
moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga
keladigan pul munosabatlari;
•
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida
davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
7
munosabatlari shakllarining o‘zgarishiga olib keldi – ular ko‘proq
ravishda pul xarakteriga ega bo‘ldi. Biroq bu munosabatlarning
mazmun va mohiyati prinsipial jihatdan o‘zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar
xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo‘lgan.
Bir paytning o‘zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda
pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo‘lishi o‘z-
o‘zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi.
Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo‘lgan emas.
Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi
moliya ko‘rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-
sharoitlar pishib yetilgan bo‘lishi kerak. Ular quyidagilar:
1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig‘iladigan barcha pul
mablag‘larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb
hisoblanilgan. Mablag‘lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig‘ilgan va u
xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar
tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo‘lishi
mumkin emasday tuyular edi.
XVI–XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan
birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta
turtki bergan. To‘g‘ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag‘darib
tashlay olmadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, qirolning hokimiyatini
ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning
xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi.
Yangi sharoitda xazina o‘rniga umumdavlat pul mablag‘lari fondi,
zamonaviy til bilan aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi.
Qirolning xazinasi o‘rniga davlat byudjeti tushunchasining kirib
kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy ko‘rinish olishida o‘ta
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlardan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Shu o‘rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf
etish sohasida yuz bergan bunday o‘zgarishlar dunyoning juda
ko‘p davlatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda ommalashmaganligini
e’tirof etish zarur. O‘z taraqqiyoti davrida kapitalistik tuzumni
bosib o‘tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq
egasi bo‘lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti
tushunchasi kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga
qadar hal bo‘lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to‘g‘ri
bo‘ladi.
8
2. Amaliyotga “xazina” o‘rniga “davlat byudjeti” tushunchasi
kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag‘lardan
foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va
“davlat xarajatlari” iboralari paydo bo‘ldi, ularning tarkibi aniqlandi,
davlat byudjetini shakllantirish va mablag‘larini sarflash uchun
tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to‘lovlar,
harbiy o‘lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo‘lsa, o‘sha
paytdayoq xarajatlar moddalarining hozirga qadar o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan yo‘nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot,
boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar.
3. Qirol xazinaning mutloq egasi bo‘lgan davrda daromadlar
natural soliqlar va aholining mehnat majburiyatlaridan iborat
bo‘lgan edi. Endilikda pul ko‘rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti
daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada
yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi
boshlandi.
Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va
moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarib borgan
7
.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik
shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi
bilan bog‘liq holda tovar ishlab chiqarishning yirik masshtablarda
rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari
o‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni
taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib
keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag‘larining harakati
masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb
etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi
tomondan, turli subyektlar o‘rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va
qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning o‘zida, ularning har
biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining
tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o‘z hissalarini
olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
7
Iqtisodiy kategoriya sanalgan moliya to‘g‘risidagi qarashlarning XVII asrning oxiridan XIX asrning oxirigacha
transformatsiyalanishi S.Yu.Vittening asarida quyidagicha ifodalangan: “XVII asrning oxirlarida “moliya” so‘zi
orqali davlatning barcha mulki va umuman olganda, davlat xo‘jaligining butun holati tushunila boshlandi.
Davlatning ixtiyorida bo‘lgan moddiy mablag‘larning butun to‘plami – uning daromadlari, xarajatlari va qarzlari -
ma’nosida bu so‘z hozir ham tushunilayapti. Shunday qilib, moliya haqidagi fanni davlatning moddiy ehtiyojlarini
eng yaxshi qondirish usuli to‘g‘risidagi fan deb aniq belgilashimiz mumkin” (Qarang: Vitte S.Yu. Konspekt lektsiy
o narodnom i gosudarstvennom xozyaystve. – M.: Finansi i statistika, 1997. s.4).
9
Shunday
qilib,
moliyaning
ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati,
taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab
olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning
iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan
belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga
kelishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi
bilan bog‘liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni
ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish
maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul
mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish
bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya
deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarning boshqa iqtisodiy munosa-
batlardan farqlanuvchi xarakterli belgilaridan biri shundaki, ular
yordamida amalga oshiriladigan YaIMni qayta taqsimlash
jarayonida oldindan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli pul
mablag‘lari jamg‘armalari (fondlari) yaratiladi. Davlat va mahalliy
o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul
mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik subyektlari
darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul
fondlari deyiladi.
Xo‘jalik subyektlarining turli faoliyatlaridan olingan daro-
madlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi.
Ularni shakllantirish qat’iy ravishda reglamentatsiya qilinish
(tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy
munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgisi
hisoblanadi.
YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi,
tadbirkorlik daromadi, dividendlar va qayta taqsimlashning
boshqa shakllari ko‘rinishidagi o‘z hissalarini oladi. Bundan
tashqari majburiylik xarakteriga ega bo‘lgan soliqlar va boshqa
to‘lovlarni to‘lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari
fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va
xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul
munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning
alohida sohasini tashkil etadi.
32
va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi,
hajmi va uslubi xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan ularning moliya
to‘g‘risidagi ta’limotlarini quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishga
keltirish mumkin:
•
davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va
tajovuzlardan himoyalaydi;
•
davlatni saqlash arzon bo‘lmog‘i lozim, chunki davlatning
boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
•
davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini
buza olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni
o‘rnatish yo‘li bilan ham mamlakatning xo‘jalik hayotiga
aralashmasligi kerak;
•
davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy
rioya etmog‘i lozim:
- o‘z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to‘lashi
kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga
qarshi yo‘naltirilgan);
- soliqni oldindan aniq belgilash zarur;
- soliqni soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda undirish
lozim;
- soliqlarni yig‘ish xarajatlari arzon bo‘lishi kerak.
Kapitalistik tuzumning feodalizm ustidan g‘alabasi yangi
ishlab chiqarish munosabatlarini u yoki bu darajada himoya
qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarning vujudga kelishiga
olib keldi. Sho‘rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning
vakillari “vulgar iqtisodchilar” deb atalgan. Chunki ular, davlat
daromadlarini shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib,
uning xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari to‘g‘risida salbiy
tasavvur hosil qilishi mumkinligi to‘g‘ri, deb hisoblagan edilar. Bu
maktabning yetakchi namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod
asoslari” deb nomlangan o‘z asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil
hisoblanadi. XIX asrning oxirlaridagi moliyachi olimlar qatoriga
1877 yilda moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni
va 1892 yilda “Davlat moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni
kiritish mumkin. XIX asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga
katta hissa qo‘shib, 1826-1832 yillarda uchinchi qismi to‘liq
moliyaga bag‘ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan
K.Raudir. Uning “Moliya fanining asosiy boshlanishi” deb
17
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina
MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga,
kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy
sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-
texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni
o‘ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
•
xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari
fondlarini shakllantirishga;
•
xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo,
shuningdek‚ ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi
ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
•
xo‘jalik subyekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga,
fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va
shart-sharoit yaratib beradi.
Pul
daromadlari
va
fondlarini
shakllantirish
hamda
foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining
amalga oshirilishini obyektiv ravishda o‘zida aks ettiradi. Uning
nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va
ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga
oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning
taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning
ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning
harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarakteridan kelib
chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini taqsimlashda qanday
nisbatlarning vujudga kelayotganligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar
ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday
ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar
moliyaning nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, moliya
taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji
yo‘qki, bu holat amaliyotda har ikkala funksiya harakati o‘zaro
muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda
moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab
chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika
taraqqiyotini
jadallashtirishga,
milliy
xo‘jalikning
barcha
18
bo‘g‘inlarida
ish
sifatini
uzluksiz
yaxshilashni
moliyaviy
ta’minlashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarini to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni
oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy
boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish
xarajatlari
va
yo‘qotmalarni
qisqartirish,
xo‘jasizlik
va
isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining
maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri
moliyaviy
masalalar
bo‘yicha
qonunchilikning
belgilangan
muddatlarda, aniq va to‘la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi,
soliq
xizmati,
banklar
oldidagi
moliyaviy
majburiyatlar,
shuningdek, hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining ham o‘z
vaqtida va to‘la amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya,
bank, sug‘urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida,
byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida
moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining
rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy
nazoratning shakl va metodlari tubdan o‘zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga
oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar
tashkiliy
shakllarining
majmuini,
markazlashtirilgan
va
markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini,
moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy
qonunchilikni o‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish
sharoitida sifat jihatidan yangi bo‘lgan moliya mexanizmi
qo‘llaniladi. Bu, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy
sug‘urta
organlari
va
boshqalar
bilan
bo‘lgan
o‘zaro
munosabatlariga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: |