Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


islom iqtisodiyoti va moliyasi, (ta’kid bizniki)



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

islom iqtisodiyoti va moliyasi, (ta’kid bizniki),
xalqaro 
munosabatlar
 
xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) 
va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar 
bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, 
oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida 
uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni 
chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim 
berishga 
ixtisoslashgan 
yetakchi 
ta’lim 
va 
ilmiy-tadqiqot 
muassasasi hisoblanishi” ham qayd etildi.
2017-yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala 
sohasidagi o‘ta muhim hujjatga qo‘l qo‘ydi
21
, unga muvofiq Imom 
Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi. 
Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazifalari ichida 
ajdodlarimiz merosini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan: 
- islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl 
mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, 
Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan etishib 
chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur 
o‘rganish va keng targ‘ib etish;
- yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni 
o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan 
diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish 
maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop 
nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish 
olib borish. 
2017-yilda bu borada yana o‘ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
22
Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi 
markazi tashkil etildi. Mazkur Markaz zimmasiga juda katta 
vazifalar yuklangan, jumladan: 
- islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk 
vatandoshlarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim 
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot 
markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2774-son qarori.
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi 
Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3080-son qarori.
33 
nomlangan asari 1867-yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada 
moliya fanining rivojlanishiga o‘zining keskin ta’sirini ko‘rsatgan. 
Nemis olimlaridan Soden (1811-yil), Yakob (1821-yil), 
Malxus (1830-yil) va Shenlarning (1832-yil) XIX asrning 
boshlarida nashr etilgan moliya to‘g‘risidagi asarlari alohida 
mashhurlikka ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin bu ishlar “moliya” 
tushunchasining tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan 
L.fon Shteyn va moliya fanining mumtozi A.Vagnerlar (uning 
“Moliya to‘g‘risidagi fan” asari 1880-yilda nashr etilgan) 
dunyoqarashlarining shakllanishida katta rol o‘ynadi. XIX asr 
oxirlarining 
yetakchi 
moliyachi-olimlari 
qatoriga 
avstriyalik 
E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQShlik E.Seligmanni va, nihoyat, 
“Moliya fani asoslari” deb nomlangan asari 1869-yilda (1900-yilda 
– rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish 
mumkin.
XX asr moliyachilarining qarashlari maxsus adabi-yotlarda 
yetarli darajada
tadqiq qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir obyektiv 
va subyektiv sabablarga ko‘ra, rus iqtisodiy (moliyaviy) 
adabiyotida “moliya” tushunchasining taraqqiy etishini ko‘rib 
chiqish muayyan ahamiyat kasb etadi. 
Rossiya tarixida moliya sohasidagi
ilk asarning muallifi Ivan 
Grozniy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U 
davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina 
daromadlarini 
ko‘paytirish 
va 
davlat 
resurslarini 
markazlashtirishning tarafdori bo‘lgan. 
XVII asrdan bizgacha Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning 
moliya xususidagi asarlari ham etib kelgan. Yu.Krijanich o‘z 
asarlarida evropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga oid 
qarashlari 
va 
mulohazalaridan 
keng 
foydalanadi, 
ularni 
Rossiyaning ehtiyojlariga “bog‘laydi”. U davlatning boyishi 
usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga 
– boyishning “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” usullariga bo‘ladi va bu 
narsalarning dunyoda allaqachon ma’lum ekanligini aytib, ularning 
yangilarini o‘ylab topmaslik kerak, deb hisoblaydi. 
G.Kotoshixinning 
1664-yilda 
yozilgan 
va 
“Aleksey 
Mixaylovich podshohligidagi Rossiya to‘g‘risida” deb nomlangan 
asari oradan ikki yuz yil o‘tgandan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Unda 
XVII asrning o‘rtalaridagi Rossiyaga tegishli bo‘lgan katta 
ma’lumotlar keltirilgan. 


34 
XVIII asrning boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik 
vakili I.Pososhkov hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini 
quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda 
uning to‘lovchisini xonavayron qilmasdan, to‘lovchidan to‘lovni 
amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni 
olmoq lozim. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir 
necha asarlar paydo bo‘ldi. Ularning orasida yaqqol ko‘zga 
tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik 
holati xususida” deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada 
birinchi bo‘lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug‘urtaning zarur 
ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy 
nuqtayi nazardan tahlil qilingan. 
A.Narishkin 1767-yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” deb 
nomlangan maqolasida soliqlarga oid bir necha qiziqarli 
mulohazalarni oldinga suradi, soliqlar va davlat o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tahlil qiladi. 
Rossiyada “moliya” atamasining paydo bo‘lishi XVIII asrga 
borib taqaladi. Bu atama rus tiliga fransuz tilidan kirib kelgan 
bo‘lib, qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan bir xil 
ma’noda tushunilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “moliya” 
ilmiy tushunchasi 1767-yilda Moskva universiteti tomonidan nashr 
etilgan “Entsiklopediyadan tarjimalar” kitobining so‘zboshisida 
ishlatilgan. Bu yerda “moliya” tushunchasi “davlat daromadlariga 
tegishli bo‘lgan ish”, deb talqin qilingan. Uni ilmiy muomalaga 
birinchi marta Moskva universitetining huquq bo‘yicha professori 
S.Desnitskiy kiritgan. 1802-yilda Moliya vazirligining tashkil etilishi 
bilan bu atama ilmiy muomalalarda mustahkam o‘rin egallay 
boshladi. Biroq 1835-yilga qadar, ya’ni rus universitetlarida 
“Moliyaviy huquq” kursi paydo bo‘lgancha qadar moliya mustaqil 
fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi sifatida 
tushunilgan. Amaliyotda esa ko‘proq “xazina” atamasi ishlatilgan.
A.Radishchev o‘zining “Jon yig‘imi xususida” deb nom-
langan asarida birinchi marta soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy 
tabiatini, turlarini tadqiq etgan. 
Moliya to‘g‘risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 
yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan. 
Moliya sohasidagi o‘ziga xos asarlarga graf Spe-ranskiyning 
moliyaviy rejasini, Yu.Gagemayster, V.Kuri, D.Tolstoylarning 
moliyaning rivojlanish tarixiga bag‘ish-langan tadqiqotlarini, 
47 
Mazkur holatga chek qo‘yish uchun ajdodlarimiz qoldirgan 
buyuk merosni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Lekin bu oson va 
tez fursatda hal bo‘ladigan ish emas. Negaki, ularning asarlari 
eski o‘zbek (turk), arab va fors tillarida va boshqa imloda, ya’ni 
arab alifbosida bitilgan. 
Istiqlol yillarida mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan asrlar 
davomida jahon mamlakatlari va xalqlari o‘rtasida o‘zining 
munosib o‘rniga ega bo‘lgan va oldiga buyuk maqsadlarni 
qo‘ygan davlatimiz o‘z ajdodlari merosini tobora kengroq ko‘lamda 
o‘rganmoqda.
2016-yildan boshlab ajdodlarimiz merosini o‘rganishga 
e’tibor yanada kuchaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilindi, nufuzli 
tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, 
Samarqandda 
2017-yilning 
28-30 
avgust 
kunlarida YuNESKO shafeligida 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin