Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi.
MD 
taqsimlanishidan oldin tovar sotilishi kerak. Baho mulkdorlarga 
mahsulot 
sotishdan 
kelib 
tushishi 
mumkin 
bo‘lgan 
pul 
mablag‘larining o‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash 
jarayonlari uchun boshlang‘ich asos sifatida maydonga chiqadi. 
Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu 
orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho nafaqa va hatto minimal 
ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, 
ijtimoiy to‘lovlarni o‘zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga 
majbur 
bo‘ladi. 
Hozirgi 
paytda 
dunyoning 
juda 
ko‘p 
mamlakatlarida davlat sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim 
tovarlarning bahosini boshqarib turibdi. Baho, shuningdek, 
bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda 
davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda 
bojxona bojlari ayrim tovar guruhlari bo‘yicha sotib olish bahosi 
bo‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi 
normativ baholar bo‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda 
(boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari 
va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori oshadi. 
Moliya 
va 
kredit 
mustaqil 
iqtisodiy 
kategoriyalar 
hisoblanishadi, lekin kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonida ko‘p hollarda ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular 
hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining 
doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus 
moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda 
fondining harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko‘rinishda 
tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog‘liq emas. Takror 
ishlab chiqarish jarayonida uning roli yyetarli darajada aniqlangan 
- bu daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni 
qoplash usuli hisoblanadi. Biroq, bir vaqtning o‘zida, kredit - 
byudjet 
defitsiti 
va 
byudjet-kassa 
uzilishini 
(navbatdagi 
daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash 
uchun bank xizmatlari zarur bo‘lgan paytda) qoplashning muhim 
shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining 


12 
chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari 
hayotining sifat darajasining yanada ortishini rag‘batlantiradi. 
Iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi, 
ishsizlikning 
ortishi 
sharoitida 
moliyaning 
holati 
ham 
yomonlashadi. Bu narsa, o‘z navbatida, davlat ichki va tashqi 
qarzlari 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
byudjet 
defitsiti 
miqdorining kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi 
va unga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlarning ko‘payishida 
namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi inflyatsiyaning kuchayishiga, 
xo‘jalik aloqalarining buzilishiga, o‘zaro noto‘lovlarning ortishiga, 
pul surrogatlarining paydo bo‘lishiga, barter bitimlarining 
ko‘payishiga, 
soliqlarni 
byudjetga 
undirish 
borasida 
qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o‘z vaqtida 
moliyalashtirilmasligiga, 
aholi 
keng 
qatlamlari 
turmush 
darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy 
va ijtimoiy (sotsial) munosabatlarda ishlab chiqarish real 
sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra moliya pul mablag‘-
larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig‘indisi, oxir 
oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi. 
Mamlakat moliyaviy resurslari o‘sishining asosiy sharti MD 
hajmining ko‘payishidir. Bir vaqtning o‘zida, “moliya” va “moliyaviy 
resurslar” bir-biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy 
resurslar o‘z-o‘zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, 
uning ichki mazmuni va ijtimoiy jihatdan mo‘ljallanganligini ocha 
olmaydi. Moliya fani resurslarning o‘zini emas, balki resurslarni 
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi. Bu fan moliyaviy 
munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. 
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u 
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga 
ham bog‘liq bo‘ladi. 
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning 
yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy 
munosabatlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati 
“Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va 
kimlarning manfaatlari uchun bu mablag‘lardan foydalanadi?” 
degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi. 


Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin