Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 

“Moliya” iborasi qanday ma’nolarni anglatadi? 

Moliyaning vujudga kelish shart-sharoitlarini tushuntirib 
bering.

Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi 
tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini qanday o‘zgartirib 
borgan? 


50 

Moliyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati, 
taraqqiyot 
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli nimalar bilan belgilanadi? 

Tarixiy kategoriya sifatida moliyaning vujudga kelishi 
sabablarini izohlab bering. 

Moliyaning ta’rifi. 

Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgilarini 
ayting.

Moliya o‘zining xarakterli belgilarini tushuntirib bering. 

Moliya kimlar (nimalar) o‘rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlarini ifodalaydi? 

O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra moliya nimalarni ifoda 
etadi? 

Moliyaviy 
munosabatlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati 
qanday savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi? 

Taqsimlash jarayonlarida moliyadan tashqari yana qanday 
iqtisodiy kategoriyalar ishtirok etadi? 

Moliyaning baho, ish haqi, kredit va boshqa iqtisodiy 
kategoriyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari aytib bering. 

Moliyaning mohiyati nimalar orqali namoyon bo‘ladi? 

Moliya qanday funksiyalarni bajaradi? 

Moliyaning taqsimlash funksiyasi, eng avvalo, qayerda 
namoyon bo‘ladi? 

Asosiy 
daromadlar 
MDni 
moddiy 
ishlab 
chiqarish 
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga 
bo‘linadi? 

Qanday qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib 
chiquvchi” daromadlar tashkil topadi? 

Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni 
taqsimlash 
va 
qayta 
taqsimlashning 
pirovard 
maqsadini 
tushuntirib bering. 

Moliyaning 
taqsimlash 
funksiyasi 
nimalarni 
amalga 
oshirishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib beradi? 

Moliya nazorat funksiyasining asosini nima tashkil etadi? 

Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari 
nimalardan iborat? 

Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat 
funksiyasi nimalarga yo‘naltiriladi? 
63 
qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani 
(raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning o‘zida sotsialistik lager mamlakatlariga juda 
katta miqdorda moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi: 

ularning taraqqiyotida sotsialistik orientatsiyani (yo‘nalishni) 
ta’minlash uchun; 

sotsialistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga 
aylantirish uchun; 

kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman 
mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xomashyo bazasini va eng 
avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni o‘ta yuqori sur’atlarda 
amalga oshirish talab etildi. Yangi qazilma boyliklarini o‘zlashtirish 
(ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya 
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo‘lishini 
taqozo etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni 
o‘zlashtirish, o‘sha hududlarga katta miqdorlarda ishchi kuchini 
ko‘chirish (mehnatga haq to‘lashning oshirilgan normalari bilan 
birgalikda) bilan bir qatorda yangidan neft va gaz quvurlarini 
qurish yordamida amalga oshirildi. Xalqaro bozorda neft va 
gazning bahosi yuqori bo‘lib turgan paytlarda ularni eksport qilish 
xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. Shunday bo‘lishiga 
qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish MDni 
tegishli tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida 
mamlakatda 
harbiy-sanoat 
kompleksi 
taraqqiy 
etgan 
bir 
tomonlamali iqtisodiyot yaratildi. 
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtayi-nazaridan 
urushdan keyingi davrning moliyaviy siyosat va uni amalga 
oshirish choralarini nosamarali deb aytish unchalik to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Hukumat rasmiy hujjatlarida aholi turmush darajasi 
oshayotganligini bayon etish, albatta, bu boshqa narsa. Shunday 
bo‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq 
to‘lashning darajasiga va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va yyengil 
sanoat, fuqarolik qurilishi va iste’mol predmetlari ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Agar 
harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi 
shu sohada band edi) mehnatga haq to‘lashning darajasi qiyosiy 
jihatdan yuqoriroq bo‘lishiga qaramasdan, hatto unda ishlayotgan 
aholi ham o‘zining iste’mol talablarini qondirish imkoniyatiga ega 


62 
siyosatining asosiy prinsipini – moliyaviy markazlashtirishni – 
belgilab berdi. 
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta 
qismining to‘planishinigina emas, balki moliyaviy munosabatlarni 
tashkil etishda davlatning yakka hokimligini ko‘zda tutuvchi 
moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning 
funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari 
xo‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo‘lib 
qoldi. 
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini 
byudjetdan 
to‘liq 
moliyalashtirdi. 
Jamiyat 
taraqqiyotini 
ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning barcha sohalariga davlat rejalari yordamida 
bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining 
davlat (umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga 
muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq 
shakllaridan 
ishlab 
chiqarish 
sohasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o‘tdi. 
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo‘ldiki, 
davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shakllantirish, pul 
muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham 
tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimining barcha qiymat 
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi 
yagona ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. 
Bunday moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan 
insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan ikkinchi ijtimoiy 
munosabatlar tizimiga o‘tilishini, sovet davlati oldida turgan va 
faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan sotsial-iqtisodiy 
muammolarning yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni 
yyetarli darajada samarali bo‘lgan moliyaviy siyosat deyish 
mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, fuqarolar urushidan, chet el 
harbiy intervensiyasidan meros bo‘lib qolgan favqulodda 
murakkab 
moliyaviy 
vaziyatga 
qaramasdan 
fashistlar 
Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yyetarli darajada 
kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, urushda 
g‘alaba qozondi va qiyosiy qisqa muddatlarda urushdan vayron 
bo‘lgan xalq xo‘jaligini tikladi. 
II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining 
moliyaviy siyosati g‘arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan 
51 

Moliyaning 
nazorat 
funksiyasi 
amaliyotda 
qanday 
organlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi? 

Moliyaning funksiyalari nima orqali amalga oshiriladi? 

Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga qanday 
bosqichlarni oladi? 

Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi 
o‘ziga tegishli bo‘lgan daromadni qanday qismlarga bo‘ladi? 

Jami ijtimoiy mahsulot va yalpi ichki mahsulotning bir-biridan 
farqlari, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini aytib bering. 

Jami ijtimoiy mahsulotning umumiy taqsimlanish tartibi 
qanday? 

Jami ijtimoiy mahsulot qanday ikki asosiy qismdan iborat? 

Nega hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni 
chegaralab (cheklab) qo‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o‘sish 
bazasiga (asosiga) ega emas, deb qabul qilingan? 

Iste’mol fondining tarkibiy qismlarini ayting.

Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi nima orqali amalga 
oshiriladi? 

Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida 
moliya qanday shaklda va tartibda ishtirok etadi? 

Taqsimlash 
jarayoniga 
davlat 
aralashuvining 
balans-
lashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish 
jarayoni buziladimi? Nega? 

Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farqlanishi 
qanday sabablar bilan belgilanadi? 

Jamiyat hayotida moliya rolining oshib borishini nimalar 
belgilab beradi? 

Moliya qanday qilib umumiylik xarakteriga ega bo‘ladi? 

Quldorlik, feodal va kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda 
moliyaning shakllanishi va taraqqiyoti qanday o‘ziga xos 
xususiyatlar bilan belgilanadi? 

Muomalaga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan 
muallif kim? 

Moliya bo‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga kimlarni 
kiritish mumkin? 

XUII-XUIII asrlarda moliya fanini boyitishga o‘zlarining 
munosib hissalarini qo‘shgan nemis olimlari kimlar? 


52 

Mumtoz maktab vakillarining moliya to‘g‘risidagi ta’limotlarini 
qanday to‘rtta asosiy yo‘nalishga keltirsa bo‘ladi? 

XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga 
kimlarni kiritish mumkin? 

Moliya sohasidagi ilmiy ishning birinchi rus muallifi kim va u 
nimalarning tarafdori bo‘lgan? 

Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi 
qarashlarini tushuntirib bering. 

XUIII asrning boshlarida moliya nazariyotchilarining yirik 
vakili kim hisoblanadi va uning moliya sohasidagi taklifini qanday 
ifodalash mumkin? 

Rossiyada birinchi bo‘lib kimning asarida “soliq” atamasi 
ishlatilgan? 

Moliya to‘g‘risidagi birinchi rus monografiyasi kim tomondan 
va qachon yozilgan? 

XIX asrning oxirlarida o‘z asarlari moliya nazariyasini 
rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan rus olimlari 
kimlar edi? Ularning qanday asarlarini bilasiz? 

Kimning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki 
munosabatlardir? 

XX asrning boshlarida moliyaga oid kimlarning asarlari 
paydo bo‘ldi? 

Sho‘rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga munosib 
hissa qo‘shgan iqtisodchi olimlarni aytib bering. 

Qur’oni Karim va Hadislarda qaysi islomiy soliqlar haqida 
qanday fikr va tavsiyalar berilgan? 

“Avesto”da hamda “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlarda 
bayon etilgan moliyaga daxldor g‘oya va fikrlarni aytib bering. 

Marg‘inoniy va Nizomulmulkning qaysi asarlarida moliya 
bo‘yicha qanday fikrlar mavjud? 

Al-Farg‘oniyning soliqqa tortish tartibiga qo‘shgan nazariy va 
amaliy hissasining ahamiyati qanday?

Buyuk Temurning moliya fani va amaliyotini rivojlantirish 
sohasidagi xizmatlarini aytib bering. 

Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va 
amaliyotini qanday rivojlantirishgan? 

Xoja Ubaydulloh Ahrorning moliya va soliq sohasida qilgan 
xizmatlarini tushuntirib bering. 
61 
bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘ygan va buning ustiga iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. 
Haqiqatan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha 
moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida 
o‘zining 
samaradorligini 
isbotladi. 
Davlat 
iqtisodiyotga 
aralashuvining 
kengayishi 
va 
davlat 
tartibga 
soluvchi 
funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni 
tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli 
moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab 
berdi. Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari 
bozorining rivojlanishiga olib keldi va o‘zining ahamiyati bo‘yicha 
davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga 
aylandi. Buning natijasida MDni qayta taqsimlashda moliyaning 
roli yanada kuchaydi. 
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neo-klassik 
yo‘nalishi moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini 
belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan 
voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga 
aralashuvi darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning 
aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki 
bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromad-
lari va xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul 
muomalasini, valyuta kursini, ssuda kapitallari va qimmatli 
qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning 
natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida 
uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta 
qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. 
Ayni davrda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati 
boshqa zamonaviy nazariyalar yordamida amalga oshirilib, bu 
nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining qo‘shilib 
ketganligidan iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar 
davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham 
neokeynschilik 
tizimining 
turli-tuman 
elementlaridan 
foydalanishyapti. 
Sovet davlatida va sotsialistik orientatsiyada (yo‘nalishda) 
bo‘lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818-
1881) va V.I.Leninning (1870-1924) nazariy konsepsiyalari 
ta’sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari 
haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy 


60 
iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog‘i lozim va 
jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor 
mexanizmlariga berilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga 
olgan holda yigirmanchi asrning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy 
siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning 
muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. 
Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni 
tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini 
qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan 
moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini 
ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) 
soliqlar yordamida shakllantirildi. 
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy 
konsepsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot 
taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining 
siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali 
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni 
amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini 
yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu 
narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy 
vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi 
ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; 
qo‘shimcha talab shakllantirildi; MD miqdori ko‘paydi; ijtimoiy 
ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi va 
h.k. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari 
hajmining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir 
vaqtning o‘zida davlat daromadlari miqdorining oshirilishini 
ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi. Daromad solig‘i 
davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni 
hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo‘llanildi. 
Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini 
oshirishga olib keldi. 
Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar 
o‘rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli tarzda 
baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz 
byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan 
kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining 
53 

Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivojlantirishda 
qanday xizmatlar qilgan?

O‘zbek mutafakkirlaridan yana kimlar moliya faniga daxldor 
asarlar yozishgan? 

O‘zbek mutafakkirlarining moliya sohasidagi ta’limotlarini 
o‘rganishga qanday sabablar to‘sqinlik qilyapti? 

2016-2018-yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini 
o‘rganish sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari va bu borada amalga oshirilgan chora-
tadbirlar haqida gapirib bering. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin