80
qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan mustaqil davlatning mustaqil
iqtisodiyoti asoslari barpo etildi.
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligida o‘zini o‘zi stixiyali
suratda boshqaradigan bozor iqtisodiyotini barpo etish yo‘lidagi
urinishlari samarasiz tugadi. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi,
mashhur iqtisodchilarning mamlakat iqtisodiyotini 500, 300, hatto
100 kun ichida qayta qurish kabi g‘oyalari aslida puch ekanligi
tezda isbotlandi.
Totalitar tuzum davrida mulkning 90 foizdan ortig‘i davlatga
tegishli edi. Bunga barham berish va mulkchilikning turli
shakllaridan foydalanish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Qator
davlatlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning shoshilinch
usullarini tanlashdi. Masalan, uning vaucher usulini amalga
oshirgan Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda mamlakat
iqtisodiy asosini tashkil qiladigan eng yirik korxonalar arzon-
garovga turli guruh yoki alohida shaxslar ixtiyoriga o‘tib ketdi.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada narxni
sun’iy
ravishda
pasaytirish
tufayli
birgina
neft
sanoati
korxonalarini xususiylashtirishdan hukumat eng kamida 150
milliard AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan
24
. Buning ustiga
xususiylashgan korxonalar daromadlari bugun xalqning emas,
yangi xo‘jayinlarning cho‘ntagini to‘ldirmoqda.
Yuqorida bayon etilgan holatlar O‘zbekistonning 1992-2016
yillar mobaynida yurgizgan moliyaviy siyosatning mazmuni va
uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatib beradi. Bu davr moliyaviy
siyosatning eng muhim natijasi shu ediki, qisqa fursatda mustaqil
davlatning mustaqil moliyaviy tizim va shunga mos keladigan
moliyaviy siyosat yaratildi. Tubdan yangilangan moliyaviy siyosat
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil iqtisodiyotining asoslarini
yaratishga muhim hissa qo‘shdi.
Lekin bir paytning o‘zida 1992-2016-yillar mobaynida amal
qilgan moliyaviy siyosatning qator xato va kamchiliklari ham bor
edi. Ya’ni bu davrda qog‘ozda rasman iqtisodiyotning siyosatdan
ustuvorligi haqida bong urilgan bo‘lsa-da, amalda ba’zan buning
teskari hollari ham yuz berganligi haqiqiy bozor iqtisodiyotini
barpo etish jarayoniga xalaqit berdi. Shunga mos ravishda
moliyaviy siyosat ham o‘zibilarmonlik, jahonning ilg‘or tajribasini
inkor etish, ko‘rsatkichlarni oshirib ko‘rsatish kabi illatlarning
qurboni bo‘ldi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar ijtimoiy va iqtisodiy
hayotning haqiqiy ahvolini bo‘yab ko‘rsatish siyosatining muhim
24
“
Труд” gazetasi. 1999. 18-noyabr.
65
Dostları ilə paylaş: