Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


notijorat tashkilotlarining soni



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

notijorat tashkilotlarining soni
. 2000-yillar boshlarida 
Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta notijorat tashkiloti 
to‘g‘ri kelgan edi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, 
bu yerda har 1000 kishiga 21 tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat 
tashkilotlari 
mavjud 
bo‘lgan. 
Bu 
ko‘rsatkichning 
darajasi 
Rossiyada 3,3ga teng edi. 

notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik 
darajasi
. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar 
bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining 
o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 
7%gacha). 
Notijorat 
tashkilotlarning 
faoliyat 
ko‘rsatishi 
iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish 
o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar 
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir 
oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib 
keladi; 

notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari
. 2000-yillar 
boshida bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini 
tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada 
bu raqam 2%ga teng bo‘lgan. 
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga 
ega bo‘la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining 
sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari 
tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. 
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 

faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga 
erishishga yo‘naltirilganligi; 

e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan 
vosita sifatida foydalanish; 

bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning 
ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish. 
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalari 
quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi: 

byudjet mablag‘lari; 

tijorat faoliyati:
- tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;
81 
vositalaridan biriga aylandi. Natijada soxta moliyaviy ko‘rsatkichlar 
jamiyatdagi haqiqiy ahvolni noto‘g‘ri ko‘rsata boshladi. Moliyaviy 
ko‘rsatichlarning katta qismi “xizmat doirasida foydalanish uchun”, 
eng muhimlari esa hatto “maxfiy” belgisi ostiga yashirildi, ya’ni 
ko‘pchilik ular bilan tanishish imkoniyatidan mahrum etildi. 
Bu masalada tub ijobiy burilish 2016-yili yuz berdi. 
O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Shavkat Mirziyoev saylanishi 
bilan mamlakatimiz iqtisodiy hayotida yangi davr boshlandi. 1992-
2016 yillik davrda moliyaviy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xato va 
kamchiliklarni tuzatish sari yo‘l tutildi. 
O‘zbekistonda 2016-yildan boshlangan yangi tarixiy davrda 
moliyaviy siyosatni tubdan o‘zgartirib yuborgan qator qonunlar, 
Prezident farmon va qarorlari tayyorlandi va kuchga kirdi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- 
fevralda 
imzolangan 
“2017–2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi”
25
da mamlakatimiz moliyaviy siyosatni 
yanada takomillashtirish, ba’zi o‘rinlarda esa butunlay qayta 
tashkil etish talablari qo‘yildi. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, iqtisodiy islohotlarning 
yangi bosqichida O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 

Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; 

byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va 
oshkora bo‘lishini tashkil etish; 

davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va 
tegishli 
tarkibiy 
o‘zgarishlarni 
amalga 
oshirish 
asosida 
iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga 
yo‘naltirish; 

xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda 
davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash; 

davlat byudjeti defitsitini yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja 
doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan 
qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish; 

mahalliy 
byudjetlarning 
daromad 
qismini 
yanada 
mustahkamlash 
va 
byudjetlararo 
munosabatlarni 
takomil-
lashtirish; 

byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; 
25
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 7-fevralda 
imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Farmoni. 


82 

davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga 
biriktirish, 
mahalliy 
byudjetlarning 
daromad 
manbalarini 
mustahkamlash; 

ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining 
ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan 
kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy 
bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi 
turmush darajasini keskin oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish; 

soliq yuklamasini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini 
yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish; 

soliq konsepsiyasi va siyosatini takomillashtirish, soliqlarning 
iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: 
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, 
tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan 
samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; 
- korxonalar zimmasidagi soliq yuklamasini kamaytirish, 
qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘i stavkalarini kamaytirish va shu 
asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; 
- soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-
mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq 
undirishning progressiv tizimini takomillashtirish; 

soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga 
tatbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va 
takomillashtirish; 

istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni kreditlashni yanada kengaytirish orqali kredit 
siyosatini takomillashtirish; 

milliy valyutani haqiqiy konvertatsiya qilishni joriy etish, pul 
almashuv tartibini yanada soddalashtirish, so‘mning barqarorligini 
ta’minlash; 

ijtimoiy 
himoyaning 
manzilli 
bo‘lishiga, 
moliyaviy 
mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi 
qatlamlariga etib borishini ta’minlash; 

mahalliy 
byudjetlarni 
shakllantirish 
manbalari 
bo‘lgan 
umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara 
o‘tkazish va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliyaviy siyosat muammolari 
qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini, uning davlatimiz 
95 
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod 
bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari 
uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan. 
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab 
tuzilmadan iborat bo‘lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi 
bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, 
ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. 
Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda 
katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda 
o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda 
notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib 
borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy 
jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso-
diyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz 
uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq. 
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning 
asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar 
o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, 
madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, 
jismoniy 
tarbiya 
va 
sportni 
rivojlantirish, 
fuqarolar 
va 
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-
qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va 
shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil 
etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan 
maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sohaning juda keng va 
rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh 
korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, 
ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotning bu sohasi
28
, odatda, davlat sektorining birinchi, 
tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi 
sektor deb ham yuritiladi
29

Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy 
taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor 
faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, qator 
28
O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog‘i har yili xayr-ehson maqsadlariga 
xayriya
qilganlar va ularning bu badallari o‘rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko‘prog‘ini tashkil etgan. 
Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o‘rtacha 
xayr-ehson badali uy xo‘jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e, 
dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183). 
29
AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 
30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 
3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o‘sha erda). 


94 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning 
mustaqil 
sohasi 
hisoblanadi. 
Uni 
boshqacha 
nomda 
mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb 
ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida 
daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda 
davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta 
taqsimlanib, 
barcha 
darajadagi 
byudjetlar 
va 
nobyudjet 
fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida 
byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan 
moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida 
korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga 
yo‘naltirilishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi 
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar 
moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil 
topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 
daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z 
zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq 
ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning 
o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat 
kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi 
shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu 
korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining 
faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga 
muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan 
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy 
rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka 
ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil 
ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan 
foydalanadilar, 
ishlab 
chiqarish 
va 
ijtimoiy 
fondlarni 
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank 
kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa 
vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo‘lgan 
mablag‘larni qidirib topadilar. 
83 
rivojlanishining 2016-yildan keskin o‘zgargan sharoitlariga tezda 
moslasha olishini ta’minlash, o‘z yechimini kutayotgan vazifalarni 
hal etish uchun kerakli usullarni o‘z vaqtida topa bilish, strategik 
konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag‘larga qarab 
yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-
ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda 
qoldik 
yondashuvidan 
(usulidan) 
ijtimoiy 
xarajatlarning 
manzilliligini ta’minlashga o‘tish kabi tadbirlar kiradi. 
Davlatning yangi moliyaviy siyosat konsepsiyasining ayni 
davrdagi maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy 
ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish 
asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini keskin 
oshirishni ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy 
yo‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga ajratiladigan moliya 
resurslarini ko‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon 
bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga 
butunlay yangicha yondashuvda ham namoyon bo‘ladi va 
endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o‘sishi 
hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini 
belgilaydi. 
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan 
fuqarolarni, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy 
himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, 
daromadlarni indeksatsiyalash usuli yordamida, ya’ni, byudjet 
mablag‘lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol 
indeksiga muvofiq oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi. 
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy 
ta’sir o‘tkazishning asosiy uslublari bo‘lib soliq solish, moliya 
resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, moliyalashtirish, 
moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti 
hozirgi bosqichining moliyaviy siyosat moliya strategiyasi talablari 
asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga 
olgan holda ishlab chiqilgan.
Xo‘jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish 
jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, 
mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat 
jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yo‘lida raqobatni 
rivojlantirish, tashabbuskorlik ko‘rsatish uchun shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladigan 
moliya resurslarining o‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat 


84 
ko‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
sharoit o‘zgarishi bilan davlat xarajatlari miqdori doimo o‘sib 
boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliyaviy siyosat davlat 
moliya resurslarining muntazam o‘sishini ta’minlashga qaratilgan 
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Byudjetga tushayotgan to‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi 
xo‘jalik bo‘g‘inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan 
moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. 
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy 
resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan o‘zgartirish katta 
ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori 
tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan “vertikal
ˮ uslubga qarama-
qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali “gorizontal
ˮ qayta 
taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. 
Mablag‘larning o‘tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab 
va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi. 
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish 
uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va 
jamg‘armalarini yanada kengroq jalb etish zarur. Shu munosabat 
bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham 
davlat resurslarining hajmini ko‘paytiradi. 
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar 
miqdori moliya resurslari ko‘payganidagina o‘sishi mumkin. Bu, 
eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy 
va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga 
o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan 
esa, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni 
yaratishga qaratilishi kerak. 
Moliyaviy siyosatning tubdan o‘zgarishiga mos ravishda 
moliya 
mexanizmi 
ham 
qayta 
qurilmog‘i 
lozim. 
Moliya 
mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari 
asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini 
kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida 
korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun 
xo‘jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan 
kuchaytirish talab qilinadi. 
Bozor 
iqtisodiyotida 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarish 
omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini 
93 
Davlat 
maxsus 
fondlari 
tarkibida 
katta 
miqdordagi 
mablag‘larning 
to‘planganligi 
sharoitida 
davlat 
moliyaviy 
nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda-
lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib 
kelishi 
mumkin. 
Shuning 
uchun 
ham 
davlat 
moliyaviy 
resurslaridan 
foydalanish 
ustidan 
nazoratni 
kuchaytirish 
maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) 
maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning 
maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi 
lozim. 
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy 
moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga 
xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb 
qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari 
bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar 
o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan 
iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va 
shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga 
chiqadi. 
Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning 
hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor 
sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy 
shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, 
ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
byudjetdan 
moliyalashtirish 
ham 
qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga 
oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. 
Hozirgi 
sharoitda 
davlat 
kreditining 
zarurligi 
davlat 
xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish 
imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet 
xarajatlarining 
qoplanishini 
ta’minlaydi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat 
moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy 
tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni zamonaviy 
tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z 
tarkibiga qo‘shmog‘i lozim. 


92 

byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-
millashtirish; 

G‘aznachilik 
tizimi 
ishini 
takomillashtirish, 
byudjet 
mablag‘laridan 
samarali 
foydalanish 
ustidan 
nazoratni 
kuchaytirish va h.k. 
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat 
maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda 
tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu 
fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki 
qabul 
qilinmasligidan 
qat’iy 
nazar 
mablag‘lar 
maqsadli 
manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu 
ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va 
boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar 
va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham 
ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” 
sohasining 
alohida 
bo‘g‘ini 
sifatida 
ajratilishi 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi 
belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini 
quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: 

ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat 
maxsus fondlari; 

tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat 
maxsus fondlari. 
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat 
maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va 
mahalliy 
moliya” 
sohasining 
alohida 
bo‘g‘ini 
sifatida 
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

Respublika yo‘l fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus 
hisobvarag‘i; 

Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya 
fondi.
85 
oshirish uchun alohida moliyaviy uslublardan foydalanish zarurati 
yo‘qoladi. 
Bozor 
raqobati 
korxonalarni 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki 
xo‘jalik 
moliya 
nazoratini 
chuqurlashtirish 
haqida 
doimo 
g‘amxo‘rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida 
davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning 
ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq 
solish, qo‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig‘ini) 
kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli 
dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik 
uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarning 
sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy 
jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalar 
oldidagi 
moliyaviy 
majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik, 
foyda va boshqa soliq solish obyektlarini yashirganlik uchun 
jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. 
Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog‘i lozim. 
Boj siyosati hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past 
sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarning kirib 
kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari 
natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishini rag‘batlantirish 
vazifalarini bajarishi talab etiladi. 
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida 
ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xo‘jalik 
mexanizmi joriy etilyapti. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat 
ko‘rsatish, 
xo‘jalik 
faoliyati 
bilan 
shug‘ullanish, 
olingan 
daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi yanada kengaytirildi. 
Davlat moliya mexanizmiga tub o‘zgarishlar kiritildi. Davlat 
byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o‘tkazildi, 
byudjet daromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi 
butunlay o‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar tizimi keng 
tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy 
sug‘urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga 
olib keldi: kooperativ (shirkat) sug‘urtasi rivojlanyapti, aksiyadorlik 
sug‘urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug‘urtaning yangi turlari 
paydo bo‘layapti. 
2017-yilning 
5-sentyabrida 
mamlakatimiz 
moliyaviy 
siyosatida muhim voqea yuz berdi. Chunki aynan shu kuni milliy 
pul birligimiz so‘mni xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilishni 


86 
erkinlashtirish sohasida katta ahamiyat kasb etadigan qadam 
tashlandi. 
Ya’ni 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentyabrda imzo-lagan “Valyuta 
siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida
ˮ
26
gi farmoni bilan mamlakatimizda valyuta 
munosabatlarini tartibga soladigan yuridik va jismoniy shaxslar 
xorijiy valyutani erkin sotish hamda sotib olishga imkon beradigan 
yangi bozor mexanizmini joriy qilish boshlandi. Yangi tartibga 
ko‘ra, endi milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan 
ayirboshlash kursi valyuta birjasining banklararo elektron 
savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda shakllantiriladigan bo‘ldi. 2017-yil 5-sentyabrda ushbu 
mexanizm ta’sirida shakllangan so‘mning AQSh dollariga 
nisbatan ayirboshlash kursi 8100 so‘m miqdorida belgilandi. 
Valyutani konvertatsiya qilishning yangi mexanizmi bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradi. 
Xullas, mamlakatimizda 2016-yili yangi iqtisodiy sharoit 
talablaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
moliyaviy 
siyosatni 
takomillashtirish jarayoni boshlandi va u izchillik bilan davom 
ettirilmoqda. 


Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin