Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


“Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishida



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

1.5. “Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishida 
ajdodlarimiz xizmatlari 
 
Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi jarayonida o‘zbek olim va mutafakkirlarining ulkan 
hissalari bor. To‘g‘ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur
9
kabi 
vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy 
asarlar yozishmagan. Lekin ular o‘zlarining boshqa nomlar bilan 
atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli 
masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek 
davlatlarining ayrim hukmdorlari esa o‘z amaliy faoliyatlarida 
moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo‘lgan soliq sohasini 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
ulkan 
ahamiyatga 
molik 
islohotlar 
o‘tkazishgan. 
Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo bo‘lishi va ularning turli-
tuman xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek o‘ta muhim 
vosita o‘ylab topilishi bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va 
soliqlarning to‘lovchilari soliqlar miqdori, to‘lash tartibi va 
muddatlari masalalari bo‘yicha o‘zaro tortishib kelishgan. Chunki 
xalq uchun bular hayot-mamot masalasi hisoblangan. Bizning 
buyuk ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe 
xalqlarni qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal bo‘lishi uchun 
juda katta hissa qo‘shishgan. 
Mutafakkirlarimizning moliya faniga qo‘shgan hissalari 
haqida so‘z yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni 
Karim”da ham moliya va soliq masalalariga keng e’tibor 
berilganligini e’tirof etishimiz mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. To‘g‘ri, 
“Qur’on”ni inson yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz, 
musulmonlarga, tortiq etilgan buyuk asar! Biz uchun bu o‘rinda 
eng muhimi shundaki, ana shu muqaddas kitobimizda ham 
moliya, ayniqsa, soliq va soliq to‘lash masalalariga alohida e’tibor 
qaratilgan. “Qur’oni Karim”da islomiy soliqlarning asosiy turlari 
bo‘lmish xiroj, ushr, zakot va boshqa soliqlarning miqdori, to‘lash 
tartibi, vaqti, soliq yig‘uvchilar va to‘lovchilar haqida atroflicha fikr 
yuritilgan. 
Hadislarda ham moliyaga daxldor masalalar bo‘yicha keng 
miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari, 
9
Temur va Bobur kabi bobolarimizning ismlari ulaning yurtimiz, xalqimiz va jahon tarixiga qo‘shgan juda katta 
hissalari tufayli “Buyuk Temur” va “Buyuk Bobur” shaklida atalishi va yozilishi kerak, deb hisoblaymiz. 
45 
bir holat kishini o‘ylashga majbur qiladi. Sobiq sho‘rolar davrida 
iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq nazariyasi bilan 
shug‘ullanadigan olimlar o‘z tadqiqotlarini asosan K.Marks, F. 
Engels va V. Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar 
edi. Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan bog‘liq obyektiv 
sabablarga ko‘ra marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy 
fanlar cho‘qqisidan tushib ketishdi va bu borada muayyan bo‘shliq 
paydo bo‘ldi. Ulardan keyin moliya va soliq masalalari bo‘yicha 
yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar mualliflari mazkur 
vakuumni asosan g‘arb asarlari hisobiga to‘ldira boshlashdi. 
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng 
dolzarb muammolari haqida yozilayotgan bo‘lsa, bunday 
yondashishni ma’qullash mumkin. Lekin hatto moliya va 
soliqlarning tarixi, ularning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari, 
obyektiv sabablarga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan 
sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi 
masalalarni tadqiq qilayotganda ham tadqiqotchilar o‘z fikr-
mulohazalarini bayon qilish jarayonida ko‘proq g‘arb olimlari 
asarlariga tayanishmoqda. 
Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy 
tadqiqotda mavzuning o‘rganilganlik darajasi Vilyam Petti, Adam 
Smit, David Rikardo kabi g‘arblik klassik olimlarning soliqlarga oid 
qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi taomilga kirib qoldi. 
Soliqlar haqidagi fanning paydo bo‘lishi ham asosan yuqorida 
nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa 
allaqachon hammamizning qon-qonimizga singib ketdi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va o‘z oldiga shunday maqsad 
qo‘ygan davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning 
zamonaviy 
muammolari 
tadqiq 
qilingan 
asarlarning 
«foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati» qismida ham asosan yana 
g‘arblik olimlarning nomlarini ko‘ramiz. Qaysi dissertatsiya, kitob 
yoki maqolani olib qaramang, ular S. Bryu, J Keyns, M.Kempbel, 
Ya.Kornai, K. Makkonell, J. Lourens, P. Samuelson, Y. 
Shumpeter, M. Fridman kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana 
o‘shalar bilan tugaydi. 
G‘arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus 
olimlari asarlari, va nihoyat, oxirida o‘zbek olimlari tadqiqotlari 
tilga olinadi. 


44 
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070-yillarda yozilgan 
“Qutadg‘u 
bilik” (“Saodatga 
eltuvchi 
bilim”), 
Nosiriddin 
Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”(1310-yil) 
asarlari, Ulug‘bek Mirzo (1394-1449)ning islohotlari ham mazkur 
sohada muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) “Hiloliya”, 
“Vaqfiya, “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”), “Saddi 
Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asarlarida adolatli 
davlat, adolatli soliq masalalari bo‘yicha o‘z fikr-qarashlarini bayon 
etgan. 
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va 
bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan davrida aholi uchun 
soliq miqdorining adolatli bo‘lishi uchun kurashgan. 
Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g‘arblik olim va 
mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz. 
Haqiqatdan 
ham 
ular 
zamonaviy 
moliya 
nazariyasi 
va 
amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha 
qilayotgani yo‘q.
Lekin ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar, 
insoniyat tarixida o‘zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g‘oyalar va 
oldin hukmronlik qilgan podsholarning amaliy faoliyatlariga 
tayanishganligi negadir ko‘pchiligimizning esimizdan chiqib 
qolmoqda. Biz darslikning bu qismida mazkur masalaga oydinlik 
kiritishga harakat qildik. 
Moliya va, ayniqsa, soliqlar iqtisodiyotning shunday keng 
qamrovli sohasiki, ular jamiyat a’zolarining mutloq ko‘pchilik qismi 
hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Soliq siyosati, uning mazmuni, 
amal qilish shakl va vositalari barcha soliq to‘lovchilarni qiziqtirishi 
o‘z-o‘zidan tushunarli. Qolaversa, mustaqillikni yaqinda qo‘lga 
kiritgan davlatlarda soliq mexanizmi hali shakllanish va 
takomillashish bosqichlarini o‘z boshidan kechirmoqda. Shu 
o‘rinda
 
mamlakatimizda soliq konsepsiyasini takomillashtirish 
bo‘yicha 2018-yil davomida olib borilgan amaliy harakatlar va 
munozaralarni eslatib o‘tish mumkin. Shu sabablarga ko‘ra 
mamlakatimizda so‘nggi yillarda soliqlar bilan bog‘liq muammolar 
tobora ko‘proq kitob, maqola va ilmiy tadqiqotlarga mavzu 
bo‘layotganligini tabiiy bir hol sifatida qabul qilish mumkin. 
Mazkur masalaga oid ilmiy-ommaviy adabiyot, ayniqsa, 
dissertatsiyalar bilan tanishish jarayonida yuzaga chiqadigan qiziq 
37 
to‘lovchilar, to‘lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq 
javoblari hadislarda bayon etilgan. 
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin 
qadimiy Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya 
masalalari ham tadqiq etilganligi jahondagi iqtisodiy tafakkur tarixi 
bilan shug‘ullanadigan olimlarni hayratga soladi
10
. Zero, dunyoda 
moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha 
saqlanib qolingan asarlar deyarli yo‘q. Xullas, ”muqaddas kitobda 
agrar munosabatlarning moliya masalalariga ham katta e’tibor 
beriladi”
11

Xalqimizning “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi qator dostonlarida 
ham moliya va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan. 
“Alpomish” dostonida Qo‘ng‘irot elida hukmronlik qilgan Boybo‘ri 
bilan uning ukasi Boysaribiy o‘rtasidagi ixtilof zakot masalasida 
paydo bo‘ladi. Asarda Qo‘ng‘irot va Qalmiq ellarining moliya 
tizimlari o‘rtasidagi farqlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. 
“Go‘ro‘g‘li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon 
qilingan. Bunda soliqchi, pul yig‘uvchi – pulchin, purush (furush) 
degan iboralar bilan atalgan. 
Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko‘p islomiy 
mutafakkirlarimiz tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan, 
Burhoniddin Marg‘inoniyning (1123-1197) “Hi-doya”
12
asarida 
chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin, 
kumush)dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq 
(ushr), zakotni taqsimlash tartibi bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 
1063-1092-yillarda saljuqiylar davlati vaziri bo‘lib ishlagan 
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
13
asarida davlat xazinasi, uni 
oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli yig‘ish masalalari ham 
bayon etilgan. 
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-Farg‘oniy Misrda Nil daryosi suvi 
hajmining o‘zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o‘rtasida bir 
xil taqsimlashni ta’minlay oladigan, o‘z zamonasida jahonda tengi 
yo‘q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat 
ul-Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri 
10
“Avesto”.- Toshkent.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom, 2000 yil, 65 bet. 
11
A.Razzoqov. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. Toshkent.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001 yil, 
27-bet. 
12
A.Razzoqov. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. Toshkent.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001 yil. 
82-91-betlar. 
13
Shu yerda. 110-120-betlar. 


38 
ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab 
turibdi.
Vatandoshimiz Al-Farg‘oniy ekin maydonlarini suv bilan 
ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq 
miqdorini adolatli o‘rnatish g‘oyasini oldinga surgan va hayotga 
joriy etgan. Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish 
tamoyillarini ishlab chiqishga bo‘lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga 
oshgan urinishlardan biri edi
14
.
Ahmad Al-Farg‘oniy mazkur g‘oyani o‘rtaga tashlagan va 
hayotga joriy etgan IX asrda g‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi 
hali davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin, 
ularda soliq haqida fikr yuritishga asos, ya’ni soliqlarning o‘zi ham 
yo‘q edi.
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va 
amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan. U o‘z saltanatida soliqlar 
adolatli bo‘lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to‘g‘riligini 
tushunish uchun uning “Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik 
faoliyatida o‘tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir 
“Temur tuzuklari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish 
masalalariga juda katta e’tibor bergan. U o‘z ixtiyoridagi 
mamlakatlarda soliqqa tortish, uning miqdori va to‘g‘ri yig‘ib olish 
jarayonida qat’iy tartib o‘rnatgan. 
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj 
yig‘ishda uni og‘ir ahvolga tushirib qo‘yishdan yoki mamlakatni 
qashshoq qilib qo‘yishdan saqlanmoq zarur, chunki raiyatni 
xonavayron qilish xazinaning g‘ariblashuviga olib keladi. 
Xazinaning g‘ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga 
sabab bo‘ladi. Sipohning tarqalib ketishi o‘z navbatida 
saltanatning zaiflashishiga olib keladi”
15

Ko‘rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirishda soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini 
oshirib yuborishning salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o‘z 
saltanatida bunga yo‘l qo‘ymagan. 
Sohibqiron qishloq xo‘jaligida soliqni ekindan olingan 
hosilga va erning unumdorligiga qarab belgilashni joriy qilgan. 
Temur saltanatida hosil pishib yetilmasdan raiyatdan molu jihot 
14
O.Olimjonov. “Soliq nazariyasini yaratishda ajdodlarimiz xizmati”. “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliq 
siyosatini yanada takomillashtirish yo‘llari”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent Moliya 
instituti.- 2006 yil.
15
“Temur tuzuklari”.- T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 122-123-betlar. 
43 
ularning ko‘pchiligi turli to‘plamlar orqali bugungacha yetib kelgan. 
Ana shu “ruqa”larning uchinchi turkumi iqtisodiy, savdo va soliq 
masalalariga bag‘ishlangan. Bu “ruqa”larda Xoja Ahror oddiy 
xalqning soliq bo‘yicha huquqlarini himoya qilishga ham katta 
e’tibor qaratgan. 
Xoja Ahror hatto saroy xizmatidan voz kechmoqchi bo‘lgan 
Alisher Navoiyga xat yozib, aytadi: «...Eshitishimcha, onhazrat, 
ya’ni sultonga mulozamat qilishchdan goho malomat chekar 
ekansiz. Iltimos shuki, musulmonlarga madad yetkazmoq va biror 
faqirning dili mushkullikdan xalos topib, shod bo‘lmog‘i uchun 
xotiri sharifingizni saroy xizmatidan uzmang... Biror kishi ham 
musulmonlar g‘amini yeyishni o‘ylamay qo‘ygan bu vaqtda ularga 
g‘amxo‘rlik qilish — eng xayrli ishdir!..» 
Manbalarda ko‘rsatilishicha, Xoja Ahror o‘z zamonasining eng 
yirik tadbirkorlaridan biri bo‘lgan. Chunonchi, "Rashahot" asari 
muallifi Faxriddin Ali Xoja Ahror erlari Toshkent viloyatidan to 
Amudaryo sohillarigacha bo‘lgan hududda 1300 dan ortiq 
ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Lekin bu mulklarning katta 
qismi soliqlar zulmidan ozor chekkan shaxslarning o‘z yerlari va 
tadbirkorliklarini ixtiyoriy suratda Xoja Ahrorga berishlari tufayli 
tashkil topgan. Chunki Xoja Ahrorning hukmdorlar oldidagi nufuzi 
shariatda belgilangandan (ushr, mol, zakot) tashqari favqulodda 
soliqlarni mehnatkashlar gardaniga yuklashdan ularni himoya 
etgan. Xoja Ahror rasman mulkni olgan, lekin amalda uni oldingi 
egasi 
ishlatib, 
foydasini 
o‘zi 
olavergan. 
Dehqonchilik, 
chorvachilikdan tashqari Xoja Ahrorning shaharlarda ham 
hunarmandchilik rastalari, ustaxonalari bo‘lgan va bulardan ham 
katta daromad kelib turgan. 
Lekin Xoja Ahror o‘z xo‘jalik faoliyatidan olgan daromadning 
katta qismini aholi boshiga tushgan og‘ir soliqlarni to‘lash, diniy va 
madaniy qurilishlarni amalga oshirish kabi ishlarga sarflagan. 
Chunonchi, Umarshayx Mirzo Toshkent aholisidan 250 000 dinor 
hajmida soliq talab qilganida Xoja Ahror bu mablag‘ning 
hammasini o‘zi to‘lab, yana 70 000 dinorni ham soliq 
yig‘uvchilarga topshirgan. 
Muxtasar aytganda, Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z davrida davlat 
xazinasini tashkil etish va aholini soliqqa tortish jarayonida adolat 
mezonlariga rioya qilish sohasida hukmdorlarga takliflar bergan 
va o‘z amaliy harakatlari bilan ularga o‘rnak ko‘rsatgan. 


42 
mahsulotini bozorda sotishi shart bo‘lganligi Hindistonda tovar-pul 
munosabatlari 
keskin 
rivojlanishiga 
va 
iqtisodiy 
o‘sish 
sur’atlarining oshishiga iqtisodiy zamin yaratgan. 
Vazifalari aniq belgilab qo‘yilgan yagona soliq idoralari 
tizimining barpo etilishi, soliqlarni pul shaklida yig‘ishning joriy 
etilishi, soliq yig‘imlari miqdorining aniqligi, hisob-kitoblarning 
puxtaligi soliqchilarning boshboshdoqligini keskin kamaytirgan. Bu 
tadbirlar soliq yig‘uvchilar soliqlarni o‘g‘irlay olmaydigan tizim 
yaratish uchun xizmat qilgan.
Buyuk Akbar hosil yaxshi bo‘lmagan va ocharchilik davrida 
soliq olmaslik imtiyozini joriy etgan, muhtoj aholiga zarur hollarda 
pul va g‘alla bilan qarz berish tartibini amaliyotga kiritgan. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘zlaridan oldin mavjud 
bo‘lgan davlatlarga nisbatan aholining barcha qatlamlari uchun 
adolatli va yengil soliq siyosati yaratilganligi Hindiston hududida 
Boburiylar saltanati uzoq davr hukm surganligining muhim 
sabablaridan biri bo‘lgan. 
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning o‘ta 
muhim bo‘g‘ini bo‘lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa 
qo‘shgan, u kishining ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan 
qator yengilliklar berilishiga sabab bo‘lgan. 
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490-yillar) o‘z zamonasining 
eng obro‘li va buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda, 
“xojalar xojasi, ulug‘lar ulug‘i” bo‘lgan. U kishi o‘zi yashab o‘tgan 
15-asrda islom olamining diniy, siyosiy, ma’rifiy va iqtisodiy 
hayotida juda katta o‘rin tutgan. Biz bu yerda ul buyuk zotning 
moliya va soliq sohasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritamiz. 
Ayrim islom davlatlarida XV asrda o‘zaro taxt uchun kurashlar 
natijasida oddiy xalq ahvoli og‘irlasha borgan. Masalan, temuriylar 
davlatida shariat tomonidan belgilangan ushr, mol va zakotlardan 
tashqari har xil vaqtlarda turli munosabatlar bilan olinadigan 
soliqlar soni 30 taga yetgan. Ulardan ayrimlari (tamg‘o, yorg‘u) 
mo‘g‘ullar hukmron-ligi davrida joriy etilgan bo‘lib, ba’zi vaqtlarda 
hali ham qo‘llanib kelardi. Ana shunday bir sharoitda Xoja Ahror 
musulmonlar boshidan jabr-zulmni daf etmoq uchun din va 
shariatni dastur qilgan holda sultonlarga murojaat qilib, masalani 
ijobiy hal etardi.
Turli masalalar bo‘yicha islom davlatlari rahbarlari va boshqa 
zamondoshlariga yozilgan nomalari – “ruqa” deb atalgan va 
39 
olishni qat’iy ravishda ta’qiqlab qo‘yish ham amal qilganki, soliqqa 
tortishning bunday adolatli prinsiplari Yevropa davlatlarining 
ko‘pchiligida hali ma’lum emas edi.
Tashlandiq yoki yangi yerlarni o‘zlashtirgan shaxslarga 
soliqdan katta imtiyoz berilgan. “... amr etdimki, - deyiladi “Temur 
tuzuklarida”, - kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yer 
ostidan o‘tkazilgan ariq) qursa, yo biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud 
biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech 
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini 
olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-qoidaga muvofiq xiroj 
yig‘sinlar”
16

Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil 
qilmaydimi?! Buyuk Temur o‘z zamonasining eng adolatli soliq 
siyosatlaridan birini ishlab chiqqan hamda uni Osiyo va 
Yevropaning katta qismini tashkil etgan bepoyon saltanatida 
hayotga joriy etgan. Demak, Buyuk Temurni uning nazariy 
qarashlari va amaliy faoliyati bo‘yicha zamonaviy soliq 
siyosatining asoschilaridan biri, deyishga haqqimiz borligi ko‘rinib 
turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va soliq 
siyosatini tashkil etish bo‘yicha bildirgan g‘oyalari bugun ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblanadigan g‘arblik 
olimlar ham shu taxlit g‘oyalarni “Temur tuzuklari” yozilgandan 3-4 
asr keyin boshqacha shakl va so‘zlar bilan ifodalashganliklarini 
tushunish uchun ularning asarlarini bir bor qiyoslab chiqish yetarli. 
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Temur 
yurtimizni mo‘g‘o‘llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan 
taxt uchun uzoq davom etgan kurashlarida xalqqa ularga nisbatan 
adolatli soliq siyosatini taklif etgani ham katta yordam berganligi 
sir emas. 
Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston 
zaminida o‘ta uzoq muddat (1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm 
surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan 
xalqni qiynamaslik kabi omillarning xizmati beqiyos bo‘lgan. 
Bobur iqtisodiy, jumladan, moliyaviy tafakkur rivojiga juda 
katta hissa qo‘shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa 
16
“Temur tuzuklari”.- T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 344 b. 124-bet. 


40 
asarlarida”
17
asarlarida iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga 
doir fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, 
iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi ahamiyatini 
yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli 
va keng xalq ommasi uchun mo‘tadil bo‘lgan. 
Buyuk Boburning “Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz, 
zakot, ro‘za va haj kitoblarini o‘z ichiga olgan 5 qismdan iborat. 
Zakot kitobida zakot shartlari, zakot beriladigan mollar, naqdina, 
chorva va tijorat mollarining zakoti, zakot farzlari, zakot 
beriladigan shaxslar, zakot berish durust bo‘lmagan kishilar, ushr 
va xirojga doir barcha masalalar bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi 
nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U 
moliya va soliq bo‘yicha o‘zi ishlab chiqqan tavsiyalarni 
saltanatida o‘zi amaliyotga joriy ham etgan. 
Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida 
hukm surgan o‘nlab katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil 
etish, uning daromadlaridan foydalanish, soliq siyosati, soliq 
tizimi, soliqlar turlari va ularni aholidan yig‘ib olish tartiboti bir - 
biridan keskin farq qilgan. Har bir rojalikning o‘z soliq siyosati 
bo‘lgan. Soliqlarning turlari ko‘pligi, ularni yig‘ib olishning tartibi 
qat’iy emasligi va soliq miqdori juda katta ekanligidan aholi juda 
qiynalgan
18
.
 
Bobur Hindiston saltanatining hukmronligi davrida davlat 
xazinasini adolat tamoyillari asosida tashkil etish bo‘yicha keng 
qamrovli soliq islohoti o‘tkazgan, yagona davlatning yaxlit soliq 
tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan. 
Avvallar har bitta rojaning o‘z qoidalari bo‘yicha yig‘iladigan soliq 
va yig‘imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot 
asosida olinadigan bo‘lgan. 
Ya’ni Bobur o‘z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil 
soliqqa tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim 
manbai 
bo‘lgan 
ekin 
yeri 
maydonini 
o‘lchash 
tizimini 
takomillashtirgan va aniqlashtirgan.
Bobur saltanatida quyidagi soliq va yig‘imlar mavjud bo‘lgan - 
yer solig‘i, savdo solig‘i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya 
17
Bobur Z.M. “Boburnoma”.- T.: Yulduzcha, 1989.- 368 b. “Mubayyan” va nasriy bayoni, “Risolai Volidiyya”
asari nazmiy tarjimasi va sharhi. Nasriy bayon va sharhlar muallifi M.Kenjabek; mas’ul muharrir A.Mansur; - T.: 
“SHARQ”, 2014. 213- 238-betlar.
18
A. Razzoqov.Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: O‘zbekiston, 2011. 164-171-betlar.
41 
(nomusulmonlar uchun), o‘lpon to‘lovlari, tuz solig‘i, urushlardan 
olinadigan o‘ljalarning beshdan bir qismi, zarb qilingan pullar, 
musodara qilingan egasiz mollar va sovg‘alar. 
Bulardan tashqari mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan 
soliqlar ham mavjud bo‘lib, ularni mahalliy hokimiyat yig‘ib olgan 
(mazkur soliqlar “ahbob” deb atalgan). 
Bobur kambag‘al aholiga soliqlar bo‘yicha katta imtiyozlar 
bergan. Buning uchun soliqlar miqdori yengillashtirilgan hamda 
soliqlarning ma’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, beva-
bechoralarga berishgan. Masalan, islomiy qoidaga ko‘ra, “zakot” 
solig‘i muhtoj oilalarga tarqatilgan. Bobur musulmonlardan 
olinadigan “tamg‘a” solig‘ini bekor qilgan. 
Boburning 
qator 
farmon 
va 
hukmlari 
Hindistonning 
iqtisodiyotini rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini 
yaxshilashga katta hissa qo‘shgan. 
Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning 
iqtisodiy qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi 
tushungan. Uning bu xususdagi qarashlari “Boburnoma”da 
atroflicha ifodalangan.
Shu bois savdogarlarga katta yengillik va imtiyozlar berilgan. 
Savdo ahlidan olinadigan soliq va yig‘imlar miqdori mo‘tadil, 
adolatli va oshkora bo‘lgan. Sotiladigan mahsulotlar miqdorining 
oshishi soliqlar hissasining kamayishiga olib kelgan va savdo 
rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Xorijiy savdogarlarga bir qator yengilliklar berilgan. Agar 
savdogarlar islom davlatlaridan kelgan bo‘lsalar, daromadlarining 
5 foizi miqdorida soliq to‘lashgan. Nomusulmon davlatlardan 
kelgan savdogarlar esa o‘z yurtlarida musulmon savdogarlardan 
olinadigan miqdorda soliq to‘lashgan. 
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning 
nevarasi Buyuk Akbar oxiriga yetkazgan. U saltanatning barcha 
xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. 
Akbar amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq 
idoralari tizimi hamda soliqlarni to‘g‘ri hisoblash maqsadida bir xil 
og‘irlik va miqdor o‘lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon 
bo‘lmagan aholi to‘laydigan “jizya” solig‘i va jon solig‘ini bekor 
qilgan. Avval natura shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan 
bir qismiga teng bo‘lgan yer solig‘ini pul shaklida yig‘ish tizimiga 
o‘tkazgan. Buning natijasida soliq to‘lash uchun dehqon 


64 
emas edi. Shuning uchun ham iste’mol bozorining rivojlanishida 
ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliyaviy 
siyosatning samaradorligini salbiy baholashning sababidir. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning 
yotishi prinsipial ahamiyatga egadir: 

taqsimlash munosabatlarining subyektlarini, ya’ni moliyaviy 
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash; 

yuridik shaxslar va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirishdagi 
mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda 
davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish 
darajasini aniqlash; 

birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish 
choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy 
resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; 

moliyaviy 
resurslarni 
shakllantirishning 
manbalari 
va 
metodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat o‘ta nozik va ko‘p qirrali tushuncha 
hisoblanadi. 
Agar 
umumiy 
holda 
uning 
sohasi 
jamiyat 
taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy 
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial 
sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan 
aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari bo‘yicha 
tabaqalanishi moliyaviy tizimning rivojlanganligiga va uning ayrim 
bo‘g‘inlarining mustaqilligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizga mustaqil 
moliyaviy siyosatni yuritishga imkon berdi. Qisqa fursatlarda 
O‘zbekiston moliyaviy siyosatning tamoyillari ishlab chiqildi va u 
izchillik bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. Yangi moliyaviy 
siyosatning asosiy mazmuni shundaki, u davlatning iqtisodiyot 
tarmoqlarini har taraflama rivojlantirish orqali xalqning yuqori 
turmush 
darajasini 
ta’minlash 
vazifasiga 
xizmat 
qilishga 
yo‘naltirilgan. 
49 
Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol 
Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi 
allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, 
ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng 
targ‘ib qilish; 
- jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad 
Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, 
Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va 
zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini, 
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin 
Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at 
namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib 
berish. 
Bunday sa’y-harakatlar buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-ijodiy 
merosini chuqur tadqiq etish, jumladan, ularning moliya fanining 
shakllanishi 
va 
rivojlanishi 
jarayonlariga 
qo‘shgan 
ulkan 
xizmatlarini o‘rganishga xizmat qilishi shubhasiz. Mazkur 
tadbirlarning eng muhim ahamiyati shunda-ki, ular islom 
iqtisodiyoti va moliyasini o‘rganish bugun mamlakatimizda davlat 
darajasidagi muhim vazifalar qatoriga kiritilganligidan dalolat 
berishyapti.
Lekin bu uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uni hal etish 
bugun fan olamiga kirib kelayotgan yosh vatandoshlarimiz 
zimmasiga tushadi. Yoshlarimiz ajdodlarimizning buyuk merosini 
o‘rganish va shu yo‘l bilan tarixiy adolatni tiklash ishiga o‘zlarining 
munosib hissalarini qo‘shishadi, deb umid qilamiz.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin