Ks = Hmo : Rmo
Bu yerda:
Ks —
moliyaviy oqim samaradorligining
koeffitsiyenti;
Hmo — davriy koeffitsiyentga o‘zgartirilgan
(korrektirovka qilingan) haqiqatdagi
moliyaviy oqim;
Rmo — rejadagi moliyaviy oqim.
Moliyaviy
oqimlar
moddiy
resurslarning
uchrashma
harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va
mikrodarajalarida
(korxonalar,
firmalar,
korporatsiyalar
va
boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va
samaradorligi nazorat qilinadi.
Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini
(oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar
deyiladi.
Aksincha,
pul
mablag‘larining
oqib
ketishini
xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy
moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori
bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi
114
pul mablag‘larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning
bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy
salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi
darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining
manbai bo‘lib hisoblanadi.
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi
ular
rentabelligi
va
investitsion
samaradorligini
oshirish
imkoniyatlarini
xarakterlaydi
hamda
moliyaviy
ahvolini
mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi
bir necha ko‘rsatkichlar mavjud:
•
bir ishlovchi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning
miqdori;
•
inflyatsiya darajasi va dinamikasi;
•
davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);
•
oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.
Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
kompleksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko‘rsatishicha, hozirgi
sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy
joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial
kapitalning) to‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy o‘sishning
innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida
samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi
muammolarni
(maorif,
sog‘liqni
saqlash,
madaniyat
va
boshqalarni) hal etish, hayotning sifat darajasini oshirish bilan
birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida
esa,
mamlakat
joriy
va
istiqboldagi
salohiyatini
mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning
moliyaviy ahvolini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri
hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir
tomonlama
tartibda
qabul
qilingan
xalqaro
moliya-kredit
majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning
o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish
muddatlari bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda
choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy
ahvol to‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa
127
Moliyaviy bashoratlash turli usullarning qo‘llanilishini taqozo
etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
•
iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda
moliyaviy reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan
ekonometrik modelni yaratish;
•
korrelyatsion-regression tahlil;
•
bevosita ekspertli baholash metodi.
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning
vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan
moliyaviy
rejalashtirishning
metodi
sifatida
moliyaviy
dasturlashtirish quyidagilarning bo‘lishini ko‘zda tutadi:
•
yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini
belgilash (o‘rnatish);
•
davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
•
muqobil
variantning
tanlanishiga
muvofiq
ravishda
moliyalashtirishni to‘xtatish.
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga
(resurslarga) bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning
masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud
zaxiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga
erishilmaganda potensial yo‘qotmalar ham hisobga olinadi.
Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va
choralarni
muvofiqlashtirishning
muhim
metodi
sifatida
dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida
faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan
asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy
mohiyati besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish
bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining
kutilayotgan ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka
qilinadi). Bunda ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil
oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “ko‘chiriladi”. Oldinda turgan
birinchi yilning reja ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt
yillik ko‘rsatkichlar esa mo‘ljalli (orientirovkali) xaraktyerga ega
hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab
chiqarish
maqsadlariga,
resurslar
va
ijrochilar
bo‘yicha
balanslilikka yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va
126
biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar
bilan muvofiqlashtirilishi kerak;
•
zaruriy
investitsiyalarning
hajmi,
ishlab
chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning
samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
•
va boshqalar.
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari
davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich
material hisoblanadi, istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirishning
axborot (informatsion) asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar
tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik
shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning
obyektiv
ravishda
o‘zaro
bog‘liqligi
va
uzoq
muddatli
tendensiyalarini,
shuningdek,
kelajakda
bu
tendensiyalar
rivojlanishiga
ta’sir
ko‘rsatishi
mumkin
bo‘lgan
omillarni
aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin
bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va
moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy
bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy
bashoratlash ikkiga ajratiladi:
•
o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
•
uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan
oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi
taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi
ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi
bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish
manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy
bashoratlar
moliyaviy
tizim
organlariga
moliyaviy
tizimni
rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga
oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini
belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar
moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir
vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida
moliyaviy tizimning barcha subyektlari oldida turgan ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarni hal qilishning turli ssenariylari ishlab chiqiladi.
115
subyektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z
vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To‘lovga qobillik bu
korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to‘lov muddati kelgan (yoki
o‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o‘rtasidagi nisbat demakdir.
Sog‘lom
ishlayotgan
korxonalar
uchun
to‘lovga
qobillik
koeffitsiyenti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo‘lishi kerak:
Pa
Tqk = ---------
1
Mm
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik,
aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik
ko‘rsatkichi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to‘lov
majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o‘lchamini
balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir
(balansidir). U o‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul
mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini
oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining
harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va
bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida
korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to‘lovga qobilligining
kengaytirilgan koeffitsiyenti, demakdir. Agar uning chap tomoni
(daromadlar qismi) o‘ng tomoniga teng yoki undan katta bo‘lsa,
unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning o‘ng tomoni (xarajatlar
qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to‘lovga qobil
emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul
mablag‘larining tushilmalari va ularning sarflanish yo‘nalishlari
bo‘yicha bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejali-istiqbolli hisob-
kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar
byudjeti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar
byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali
korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha
omillari
harakatining
qiymatdagi
ifodasidan
iboratdir.
Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi –
korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa
moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish,
116
resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa
jarayonlarning boshqarilishini ko‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy
muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli
davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq
istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish
korxonaning to‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi
va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |