124
Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliyaviy
tizimning boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, byudjetdan
tashqari maxsus fondlar, sug‘urta fondi,
kredit fondi, korxona va
tashkilotlarning pul fondlari va, nihoyat, fuqarolarning pul
mablag‘lari tarkibida rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi
va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning
balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va
mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini
aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida
mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi.
Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi)
mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi.
Uning ko‘rsatkichlari
byudjet va kredit rejalarini, shuningdek,
boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va
xarajatlarining balansi – davlatning yig‘ma moliyaviy balansi
(moliyaviy resurslar balansi) bilan bevosita bog‘langandir. Unda
naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining
harakati o‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining
pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga
bo‘linadi:
•
ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari
uchun
mo‘ljallangan
mablag‘lar,
yollanma
ishchilarga
(xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan
ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar;
•
tadbirkorlik faoliyatidan
olingan daromadlar, korxonalarning
foydasiga sheriklik, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya-
kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
•
sotsial
transfertlar
–
davlat
pensiyalari,
nafaqalar,
stipendiyalar va shunga o‘xshashlar.
Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul
xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi:
•
iste’mol xarajatlari;
•
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar;
•
pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Moliyaviy
reja
hisoblangan
ushbu
balans
aholining
daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi,
mehnat haqi va pensiya ta’minotining o‘sganligi,
tovarlar taklifi
117
•
Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo‘lgan G‘aznachilik
tizimining asosiy vazifalari tarkibiga nimalar kiradi?
•
Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo‘mitasi va uning
quyi organlari qanday vazifalarni bajaradi?
•
Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tegishli organlariga
moliyaviy boshqaruvga nisbatan qanday vazifalar yuklatilgan?
•
Moliyaviy oqim deb nimaga aytiladi?
•
Moliyaviy oqimlarning hajmi nimalarga bog‘liq?
•
Moliyaviy oqimlarning qanday shakllari mavjud?
•
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari nimalardan
iborat?
•
Moliyaviy
oqimning
samaradorligini
qanday
aniqlash
mumkin?
•
Ijobiy va salbiy moliyaviy oqimlarni tushuntirib bering.
•
Sof moliyaviy oqim deganda nima tushuniladi?
•
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan qanday
ko‘rsatkichlar mavjud?
•
Korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsiyenti qanday
aniqlanadi?
•
Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) deyilganda nima
tushuniladi?
•
Qachon korxona to‘lovga qobil yoki qobil emas hisoblanadi?
•
Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) nimaga asoslanadi?
Dostları ilə paylaş: