Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 

Balans foyda
– mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va 
chiqimlar hamda majburiy to‘lovlar chegirilganidan so‘nggi korxona yalpi 
daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan yalpi 
foydadir. 
Byudjetnoma
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan 
743 

tabiiy resurslarni o‘zlashtirish. 
O‘zbekiston Islom Taraqqiyot bankiga 2003-yil 3-sentyabrda 
a’zo bo‘lib kirgan. Ushbu bank tomonidan mamlakatimizda qator 
loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi, jumladan, mintaqaviy 
tez tibbiy yordam markazlarini zarur jihozlar bilan ta’minlash, 
elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini qurish, kichik va xususiy 
biznes uchun moliyalashtirish liniyalari, kollejlar va umumta’lim 
maktablarini qurish va jihozlash, davlat moliyasini boshqarish 
islohotlarini o‘tkazishga ko‘maklashish va boshqalar.
Hozirgi kunda Islom taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasida kichik biznesni rivojlantirish, energetika, sog‘liqni 
saqlash, ta’lim kabi sohalarga yo‘naltirilgan 11 loyihani amalga 
oshirish uchun 140,22 mln.dollar ajratilgan. 
Shunindek, 
Islom 
taraqqiyot 
banki 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati o‘rtasida 14 loyihani o‘z ichiga olgan 
hamkorlik dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida ta’lim, 
sog‘liqni saqlash, infratuzilmani rivojlantirish (suv ta’minoti, uy-joy 
kommunal xo‘jaligi va boshq.), energetika, kichik biznesni 
rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni moliyalashtirish 
ko‘zda tutilgan bo‘lib uning umumiy qiymati 418,15 mln. AQSh 
dollarini tashkil etadi.
Hozirda Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston hamkorlik 
qilayotgan xalqaro moliya institutlari orasida yetakchi o‘rinlardan 
birini egallab, mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga qisqa 
vaqt oralig‘idagi a’zoligi mobaynida, Bank bilan moliyaviy va 
texnik hamkorlik barqaror rivojlanib, ijobiy istiqbollarga ega bo‘ldi. 
O‘zbekistonga bank tomonidan sog‘liqni saqlash, ta’lim, 
irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal 
xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab 
quvvatlash kabi sohalarda 15 ta loyihani amalga oshirish uchun 
463,8 million AQSh dollari ajratilgan. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda, shuni xulosa qilishimiz 
mumkinki, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish 
va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Islom 
taraqqiyot banki mamlakatimizda qator istiqbolli loyihalarni 


744 
amalga oshirishda o‘zining mablag‘larini ajratish bilan faol ishtirok 
etmoqda. Shuningdek, mamlakatimizdagi bir qator investitsion 
loyihalarni amalga oshirishda ham mazkur tashkilotlarning o‘rni 
muhimdir. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa 
bir davrda xalqaro moliya munosabatlarini yo‘lga qo‘yish
 
va 
rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 
O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro 
foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun 
dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini 
egalladi hamda uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib 
bormoqda. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin