Mulkiy soliqqa tortish – soliq to‘lovchining mulkidan, ko‘p hollarda
uning kapitalidan olinadigan soliqlar tizimi. Odatda, progressiv xaraktyerga
ega – mulkning o‘lchami (hajmi, miqdori) oshishiga qarab soliqning stavkasi
ham ortadi.
Mulk solig‘i (mulkiy soliq) – o‘z tarkibiga ko‘chmas mulk (er,
binolar) solig‘ini va shaxsiy mulk(asbob-uskunalar, zaxiralar) solig‘ini oladi.
Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko‘pgina mamlakatlarda
ular daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda
bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulkiga va jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliqlarga bo‘lingan.
N Nafaqa – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganda, homiladorlik
va tug‘ishda, bola tug‘ilganda, bola parvarishi bo‘yicha va shunga o‘xshash
boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki
bir martalik pul to‘lanmasi.
Nodavlat moliyaviy nazorati –
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi,
foydaliligi va to‘lovga layoqatliligi ustidan auditorlik firmalari, korxona va
tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy xizmatlari, aksionerlari, tijorat
banklari, sug‘urta firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
O Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz.
Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun va aksionerlik
jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi. Aktsiyadan
farqli o‘laroq obligatsiyada uni qaytarish (uzish) muddati ko‘rsatiladi.
Oborot solig‘i - ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida xalq
iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan olinadigan
soliq turi. Asosan, uch xil metod bo‘yicha aniqlanadi: 1) chakana baho
(savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va korxona ulgurji bahosi
o‘rtasidagi farq; 2) chakana baholardagi (savdo ustamalari chegirilgan)
tovar oborotga nisbatan foizda; 3) mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul
summalarida. Barcha mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik
753