754
davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari
ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari. O‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1)
qonun hujjatlarida
belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek
majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning
moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi,
foydalanishga
berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga
muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul
mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan,
shuningdek xorijiy
davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik
shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish
hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
daromadlar.
Davlat byudjeti xarajatlari
– davlat pul mablag‘lari fondini
taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy
o‘z-o‘zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan
ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari. Tarkibi quyidagilardan iborat:
1) byudjet mablag‘lari oluvchilarning
joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet
transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni
davlat
ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish,
xorijiy mamlakatlarda
davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari
uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat
zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash
uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 5) rezident yuridik
shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari; 6) davlat
maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat
qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar; 8) qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: