Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Moliyaviy mexanizm
– moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning 
davlat tomonidan o‘rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat 
tomonidan tartibga solishning darajasiga bog‘liq ravishda ikkiga bo‘linadi: 
direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. 
Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar 
(soliqlar, davlat krediti, byudjet jarayoni va boshqalar) bilan bog‘langan. 
Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa, davlatning manfaatlariga 
to‘g‘rida-to‘g‘ri ta’sir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, 
korxona ichki-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi. 
Moddiy xarajatlar
– xom-ashyo va asosiy materiallar, yordamchi 
materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy 
resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz), 
ta’minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to‘lanadigan ustamalar, komission 
mukofotlar boj to‘lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, 
saqlash va etkazib berish haqlarining yig‘indisidan tashkil topadi. 
Mehnat haqi xarajatlari
– asosiy ishlab chiqarish xodimlarining ish 
haqi mukofotlari, rag‘batlantiruvchi va tiklovchi (qoplovchi) to‘lanmalar, 
natural haq sifatida beriladigan mahsulotlarning qiymati, tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha xodimlarga beriladigan mehnat haqi va boshqa 
to‘lanmalarni o‘z ichiga oladi. 
Meros
– qonun yoki vasiyatga muvofiq merosxo‘rlik asosida qabul 
qilinadigan mulk. 
Merosxo‘rlar
– qonunga muvofiq ikki toifaga bo‘linadi: 1) birincha 
darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar – vafot etgan shaxsning bolalari, xotini 
(eri), ota-onasi, vafot etgandan so‘ng tug‘ilgan farzand; 2) ikkinchi darajali 
(navbatdagi) merosxo‘rlar – vafot etgan shaxsning aka-ukalari, opa-
singillari, ota yoki ona tomonidan bobosi va momosi. Ikkinchi darajali 
(navbatdagi) merosxo‘rlar qonun bo‘yicha birinchi darajali (navbatdagi) 
merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ular tomonidan meros qabul qilinmaganda yoki 
vasiyatchi tomonidan ular meros qabul qilish huquqidan mahrum etilganda 
merosni qabul qilishga chaqiriladilar. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin