Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat ichki qarzlari
– davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish 
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig‘indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan 
(uzilmagan) davlat qarzlarining (zayomlarining) butun summasi. 
Davlat maqsadli fondlari
– Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan 
fondlar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir 
manbadan mablag‘ tushish normalari va shartlari, shuningdek shu 
mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo‘ljallangan pul fondlari. Aholiga 
taqdim 
etiladigan 
sotsial 
xizmatlarning 
ko‘lamini 
kengaytirish, 
infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantirish, iqtisodiyot 
ustuvor tarmoqlarini qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning 
maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo‘l fondi, Davlat mulkini 
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus 
fondi (hisob varag‘i), Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat fondidan 
iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik 
uzilishni (etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 
respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. 
Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan 
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga 


756 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha respublika 
byudjetiga to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi mumkin. 
Davlat moliyaviy nazorati
– davlat byudjeti va nobyudjet fondlar, 
soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul hisob-
kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida qonunchilikka 
rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek
maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat 
soliq qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin