246
•
foyda,
shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa
tashkilotlarda aksiyador sifatida
ishtirok
etishdan olinadigan
daromadlarni ham qo‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan
kelib tushuvchi pul mablag‘lari;
•
mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul
mablag‘lari;
•
XYuSga tegishli bo‘lgan
ijara haqi, lizing to‘lovlari,
dividendlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha foizlar, sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy
fondlarni sotishdan olingan daromadlar;
•
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
samarali
foydalanish
hisobidan erishilgan foyda.
Ish
tartibini
o‘zgartirish
va
dastgohlarni
yuklash
koeffitsiyentining
oshirilishi, intensiv foydalanishning o‘sishi va
asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o‘zgarishlar,
kiritilgan quvvatlarning tez o‘zlashtirilishi, innovatsion yangiliklarni
joriy etish fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni oshiradi.
Asosiy fondlarni shakllantirish
uchun jalb qilinadigan pul
mablag‘larining manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
•
maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar;
•
banklarning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS
tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish,
yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish (qurish) uchun
milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar.
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi:
•
hukumat organlaridan subsidiyalar
shaklida olingan pul
mablag‘lari;
•
taraqqiyotning strategik yo‘nalishini amalga oshiruvchi
maqsadli dasturlar asosida investitsiyalar ko‘rinishidagi byudjet
mablag‘lari;
•
kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi byudjetdan
tashqari fondlarning mablag‘lari;
•
hamkorlikdagi loyihalarni amalga
oshirishda ishtirok etuvchi
boshqa XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushilmalar;
•
va boshqalar.
Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning
tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o‘rinni egallaydi.
251
foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi,
asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘z vaqtida yangilanishi va
chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan
barcha
manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: