To’pni yerga urib yurish.
To’pni bir qo’llab ketma-ket yerga urish to’pni yerga urib yurish deyiladi. Bu usul bir
joyda turganda, yurganda va asosan, yugurganda bajariladi. Bu usul to’pni basketbolchining
harakat qilishga qo’llaniladigan asosiy usul hisolanadi. To’pni yerdan har xil: yuqoriroq va
pastroq, sapchitib turib yurish mumkin. U qo’lni bukib, to’pni bir oz yuqoriga ko’taradi so’ng
uni yana maydonga ma’lum burchak bo’yicha keskin itaradi.
To’p pastroq sapchib yerga urib yurilganda oyoqlar ko’proq bukiladi. To’pni tizzadan
pastga tez-tez yerga urit yurishga oyoq va qo’llarning har bir ma’lumda ishlashi, chap va o’ng
qo’llarni barobar ishlata bilish, harakatni yuqoriga tezlikda amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |