Mavzu: Basketbol o’yinning strategiya va taktikachi.
Reja:
1. Strategiya.
2. Taktika.
3. Hujum taktikasi.
4. Individual harakatlar
5. Guruh harakatlari.
6. Jamoa harakatlari
7. Tez yorib o’tish.
Tanyach iboralar:
Strategiya, taktika, hujum taktikasi, o’yin texnikasi, tez yorib o’tish, individual
harakatlar, guruhli harakatlar.
Strategiya.
Jamoadagilar basketbol musobaqalarining turlariga qarab bir qator uchrashuvlar
o’tkazadilar. Bu uchrashuvlarning natijasida qarab jamoa-larning musobaqada egallagan o’rinlari
aniqlandi.
Sport kurashining qonuniyatlari o’rganish musobaqalarning mashtablariga qarab
strategiya va taktikaga bo’linadi.
Strategiya taktika bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. U sport kurashining piravod
maqsadini unega erishish uchun lozim bo’lgan vositalarni aniqlaydi.
Taktika strategiyaning bir qismi hisoblanadi. U strategiyaga bo’y so’nadi va unga xizmat
qiladi.
Taktika.
Taktika – basketbol nazariyasi va praktikasida o’yin jarayonining rivojlanish
qonuniyatlarini sport kurashining olib borilish vositalarini usullar va formalarini hamda
muayyan raqibga qarshi qo’llashni o’rganadigan bo’limdir.
Basketbol taktikasi o’yinni olib borishda qo’llaniladigan juda ko’p vositalarga usullarga
va sitemalarga boydir. Jamoalar hujumini yoki himoyani individual guruh va jamoa taktik
harakatlari yordamida uyushtiriladi. Oldingi liniya basketbolchilar (markaz) o’yinchi va
hujumchilar asosan shitga nisbatan yaqin va o’rta pazitsiyalardan hujum tashkil qilib va uni
yakunlab hamda shu pazitsiyalarning o’zida raqibga qarshilik ko’rsatib harakat qiladilar.
Basketbolchilar maydonda har bir hujum va himoya sistemasiga xos joylashadilar va
maxsus harakat qiladilar. Sistemalarning ichidan asosiy prinsiplari saqlab qolgan ayrim
variantlari ajratiladi. Bular individual va guruhli harakatlar farqlanadi.Zamonaviy basketbolda
ko’proq o’yinning faol formalari qo’llaniladi. Hujum va himoyada qo’llaniladigan taktik
harakatlarda qarama-qarshi vazifaarni yechish uchun qo’llaniladi. SHuning uchun taktika 2 katta
bo’limga hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: