Taqdimot mavzusi



Yüklə 0,65 Mb.
tarix12.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#154206
Abduvaliyeva Sarvinoz


Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishi Uzb-BU-21 guruhi talabasi Abduvaliyeva Sarvinozning ,,Davlat tilida ish yuritish " fanidan tayyorlagan taqdimoti
Taqdimot mavzusi:
Ariza, tarjimayi hol va adres
Avvalo olim bo‘l! Loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilm-u ulamolarni sevuvchi bo‘lgin.
Hadis
Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa musulmon birodarlariga ham o‘rgatishidir.
Hadis
Qaysi bir olimning ilmidan so‘ralganda qizg‘onib gapirib bermasa, qiyomatda og‘ziga o‘tdan tizgin solib qo‘yiladi.
Hadis
ILM HAQIDA HADISLARDAN NAMUNALAR
Mavzu rejalari:
  • Hujjatlar haqida ma'lumot.
  • Ariza yozish tartibi.
  • Tarjimayi hol haqida.
  • Adres (manzil )qanday yoziladi?

Aqliy hujum 🤔
Hujjatlar qanday turlarga bo'linadi?
Siz hayotingizda qanday maqsadlarda ariza yozgansiz?
Tarjimayi hol yozishda qaysi ma'lumotlarni kiritilishidan xabardormisiz?
Pochta jo'natmalari uchun manzil qanday yozilishini bilasizmi?
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs
nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida
yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol
qo‘llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir.
Ariza haqida ma'lumot
Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga ko‘ra turlicha
bo'ladi. Chunki o‘quvchi yoki talabaning turli masalalar yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan arizalaridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshlig‘i, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biridan farq qiladi.
Arizaning tarkibiy qismlari
Ariza qismlarining joylashuvi
TARJIMAYI HOL
Ma’lum bir shaxs tomonidan o’z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv.
  • Tarjimayi hol oddiy qog'ozga ayrim hollarda, yaʼni ishga, oʻqishga kirishda maxsus bosma ish qogʻozlariga qo'lda yoziladi.
  • Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida boʻlib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha maʼlumotlar davriylik asosida, aniq sanalar bilan beriladi.
  • Barcha raqamlar arab raqamlarida yoziladi.

Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
Matn:
A) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
B) tug’ilgan yili, kun, oy va tug’ilgan joyi;
D)millati, ijtimoiy kelib chiqishi;
E) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari
F) ma’lumoti (qayerda, qanday o’quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko’ra mutaxassisligi);
G) oxirgi ish joyi va lavozimi;
H) mukofot va rag’batlantirishlar;
I) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
J) passport ma’lumotlari;
K) turar joyi (uy adresi), telefoni.
3. Sana;
4. Imzo.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari (davomi... )
Tarjimayi holning ko'rinishi
Adres (manzil) - xizmat yozishmalari qatoriga kiradi. Manzil aksari-yat hujjatlar-ning tarkibiy qismidir.
Adres (frans. adrese – yubormoq) – 1) biror muassasa joylashgan yoki shaxs yashaydigan joyning batafsil nomi; manzil; 2) yozma tabriknoma, yodno-ma; asosan tavallud kuni munosabati bilan topshiriladi.
Adres haqida ma'lumot
Pochta jo'natmalari (xat, xabar, buyum va pul joʻnatmalari kabilar) ustidagi yozuv boʻlib, unda jo'natmalarning yetib borishi zarur boʻlgan joy (qayerga), oluvchi shaxsi yoki muassasa (kimga) nomi va jo'natuvchi haqidagi maʼlumotlar (jo'natuvchi manzili) koʻrsatiladi.
Adres so'zi yuqoridagi o'rinda manzil so'ziga muqobil bo'lsa ham har doim adres manzil so'zining oʻrnini bosmaydi. Bu so'z rus tilida faqat joʻnatmalar ustidagi yozuvni o'zinigina ifodalab qolmay, shaxsning yashash joyi hamda muassasaning
Shuning uchun oʻzbek tilida bu maʼnolarni farqlash uchun adres so'zi bilan bir qatorda, tegishli ravishda, manzil, turarjoy, makon, tabriknoma soʻzlarni qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
oʻrnashgan joyini, shuningdek, biron shaxsni tabriklab yozil-gan matnni ham ifodalaydi.
Qayerga
Toshkent shahri, 83
Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy
Kimga
“Maʼrifat” gazetasi
tahririyatiga
Toshkent shahridan keyin kelgan 83 aloqa boʻlimi raqamini anglatadi
Tashkilot va muassasalarga xat joʻnatganda manzil konvert ustiga mana bu namunadagi shaklda yoziladi:
E'tiboringiz uchun tashakkur!💐🌺🌹🌼
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin