Taqdimoti lutfiy lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati


«AYOQINGG'A TUSHAR HAR LAHZA GISU...»



Yüklə 20,41 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü20,41 Kb.
#181813
1   2   3   4   5
Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati

«AYOQINGG'A TUSHAR HAR LAHZA GISU...»
G'AZALI
Ayoqingg'a tushar har lahza gisu, Masaldurkim:
«Charog' tubi - qorong'u».
Tuturmen ko'zki, ko'rsam orazingni, — Ki derlar:
«Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin,
«Kishining ko'zidur, ore, tarozu».
Ko'zing qonimdin iymanmas, ajabtur, — Ki:
«Qo'rqar, qaydakim qon ko'rsa, hindu».
Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, -Ki ayturlar:
«Tiloganni — tilogu».
Lutfiy — yozma adabiyot vakili. Biroq so'z san'ati tari-xidan yaxshi bilamizki, dastlab og'zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yozma adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo'lgan. Shuning uchun o'zbek mumtoz she'riyati taraq-qiyotini xalq og'zaki ijodi ta'siridan ayri holda tasawur qilish aslo mumkin emas.
O'qiganingiz g'azal buning yorqin bir isboti yanglig' jaranglaydi. Uni muallif tamoman o'zbek xalq maqol-lari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol
TUYUQLAR «DOG'I BOR» TAJNISLI TUYUQ
Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor,
Har necha dardimni desam, dog'i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo'ldi firoqing dog'i bor.
Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, misralar zamiridagi ma'nolarni obdon anglab olish lozim. Chunki qofiyalarda kelgan bir shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumi anglatgan ma'nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga kelgan. Agar o'quvchi aynan bir xil shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumidagi ma'nolarning nozik farqlarini ajrata ola bilmasa, asar o'z vazifasini o'tamagan, muallifhing maqsadi amalga oshmay qolgan bo'lib chiqadi.
«BANDAMEN» TAJNISLI TUYUQ
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men. Bevafolarg'a meni qilding asir, Sen menga sultonsen, ey dil, banda - men.
Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so'zlar qofiya bo'lib kelgan va ular quyidagi ma'nolarni anglatadi:
dil, bandamen - yurak, (men) banddaman (bog'lanib qolganman);
dilbanda men - dilbandga men;
-dil, banda - men - yurak, banda (qui) - men. Misralar talqin etilsa, quyidagicha mazmun kelib chiqa­di:
-Men sening dastingdan, ey dil, banddaman (bog'lanib qolganman), evoh, men qachon u dilbandga yetgayman? Ey dil, meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, banda (qui) - men.

Yüklə 20,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin