«YOZAMEN» TAJNISLI TUYUQ Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg'a qulluq yozamen.
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
yozamen — yozg'iraman (shikoyat qilaman);
yoza men - yozga men;
yozamen - yozaman (bitaman).
Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyida-gicha fikrlar ilgari surilgani ma'lum bo'ladi:
Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) dasti-dan noroziman (birinchi misra). (Chunki) hijron (ayri-liq) qishidan yozga chiqa olmadim (ikkinchi misra). Har qancha u shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan (to'rtinchi misra), meni bir yorliq (maktub) bilan u yod et-maydi (uchinchi misra).
ARUZ VAZNI Muayyan tartibga solingan matn «nazm» deyiladi. Shuning uchun nazmning birinchi talabi — vazn. O'zbek she'riyatining asl vazni (tug'di-bitdi) barmoq sanaladi. Xalq og'zaki ijodi namunalari, asosan, shu vaznda yara-tiladi. Buni Mahmud Koshg'ariyning XI asrda yozilgan «Devonu lug'ot ut-turk» asarida misol tariqasida keltiril-gan she'riy parchalar ham to'la isbotlaydi. Ahmad Yas-saviy, Sulaymon Boqirg'oniyning aksar va boshqa shoirla-rimizning ayrim she'rlari ham barmoq vaznida yaratilgan.
Biroq XI asrdan yozma she'riyatimiz namunalari aruz vaznida yozila boshladi. Ming yillik aruziy merosga ega-miz. Aruzda bitilgan she'rning vaznini yaxshi bilmay tu-rib to'g'ri o'qishning hech ham iloji yo'q. Aruzni barmoq vazniga qiyosan tushunish - osonroq.
She'riyatimizning bu ikki vazni o'rtasida o'xshash ji-hatlar ham mavjud, tamoman mos kelmaydigan xususiyat-lar ham bor.
Barmoq vazni - ikki muhim xususiyatga ega.
Birinchisi shuki, misralardagi bo'g'inlar soni teng kelishi lozim. Ahmad Yassaviyning mana bu bandi shunga yorqin misol bo'la oladi:
Beshak, biling, bu dunyo borcha eldin o'taro, Ishonmagil molingga, bir kun qo'ldan ketaro. Oto-ono, qarindosh, qayon ketti? Fikr qil -To'rt ayog'lig' cho'bin ot bir kun sanga yetaro. Ammo bu, hamma misralarda bo'g'inlar soni baro-bar kelishi kerak, degani emas. Ba'zan toq misralar bo'g'inlari soni toq, juft misralar bo'g'inlari soni juft misralar bo'g'inlari soniga teng bo'lishi qoidasiga ham amal qilinadi.
Ikkinchisi - misralarning muayyan turoqlarga bo'li-nishi. Turoq misralarni bo'laklarga bo'ladi. Bunda muayyan bir sanoqdagi bo'g'indan keyin so'z, albatta, tugashi kerak.
Aruz vazni arab she'riyatining asosiy vazni hisoblanadi. U bizga arab she'riyatining ta'sirida shakllangan. Bu vazn - barmoq vaznining yuqorida sanalgan ikki jihatiga o'xshash xususiyatga ega.