Taqdimoti lutfiy lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati


«QILADURG'ON BU KO'NGULDUR, BU KO'NGUL» RADIFLI G'AZAL



Yüklə 20,41 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü20,41 Kb.
#181813
1   2   3   4   5
Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati

«QILADURG'ON BU KO'NGULDUR, BU KO'NGUL» RADIFLI G'AZAL
Meni shay do qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul,
Xor-u rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
Meni yozg'urma: «Sevar», — debki, mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
«Borma, - derlar, — eshiki sori damo-dam», - netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
Tori mo'yin havasi birla qorong'u kechada
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
Dushman-u do'st orasinda meni g'ofilni mudom,
Besar-u po qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
O'zgadin ko'rmoki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
G'azal an'anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt-dan iborat. Vazni — ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni foilotun — foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon).
G'azal vazni bekorga bu tarzda ikki xil qilib belgilan-madi. Ya'ni oxirgi ruknning «foilun» yoki «foilon» ekani qayd etilishining jiddiy sababi bor. G'azaldagi oltinchi baytning birinchi misrasi «mudom» so'zi bilan tugaydi. Aruz vaznida «-dom» o'ta cho'ziq hijo hisoblanadi va bu g'azalda u bilan tugallangan rukn «foilun»ga emas, aynan «foilon»ga tushadi. Aruzda har qanday she'r, qaysidir mis-raning oxirgi hijosiga ko'ra, xuddi ana shunday bir-biridan ozgina farq qiladigan ikki vaznda bitilishi mumkin.
Bu asarida shoir besh so'zdan iborat radif qo'llagan («qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul»). G'azal radi-fidagi barcha so'zlar - turkiy. Qofiyasi - arabiy-forsiy kali-malar («shaydo — rasvo — yo — tamanno — taqozo — savdo — po - daryo»)dan tashkil topgan.
Ko'ngul mumtoz she'riyatimizning asosiy tasvir man-basi hisoblanadi. Chunki, tasawuf ta'limotiga ko'ra, Alloh kishining ko'nglidagina aks etadi. Ishq ham — ko'ngil ishi.
Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko'ngliga qo'ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo (matla), qora qosh-liklar uchun o'qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan (ikkinchi bayt) ham - shu ko'ngil.
«Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham — ko 'ngil» (uchinchi bayt), - deydi lirik qahramon. U mulo-hazalarini davom ettiraveradi: «Eshigiga tez-tez boraver-ma, - deyishadi, - lekin ko'ngil shuni talab qilsa (taqozo etsa), nima qilay» (to'rtinchi bayt)?
Qorong'i kechada sochining tolasiga havasi kelib, jonni unga almashadigan («savdo qiladurg'on») ham (beshinchi bayt), do'st-u dushman ichida men g'ofil bandani boshsiz-oyoqsiz qilib qo'yadigan ham (oltinchi bayt) — shu ko'ngil.
Maqtada lirik qahramon Lutfiyga murojaat etib, bu ishni boshqadan ko'rma, ko'z yoshlaringni daryodek to'kayotgan ham — aynan «bu ko 'nguldur, bu ko 'ngul», — deydi.
Bu g'azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuylanadi. Oradan to'rt yuz yil o'tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning shu g'azaliga o'xshatma yozdi.

Yüklə 20,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin