Taqdimoti lutfiy lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati



Yüklə 20,41 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2023
ölçüsü20,41 Kb.
#181813
1   2   3   4   5
Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati

Birinchidan, bu vaznda ham, xuddi barmoq vaznidagi kabi, hamma, xoh u kichik bo'lsin, xoh katta, she'riy asardagi barcha misralar vaznan teng o'lchovda bo'ladi. Faqat endi bu vaznda toq misralarning toq misralarga, juft misralarning juft misralarga vaznan teng kelishi hodisasi yo'q. Ya'ni bu vaznda toq misralar bo'g'inlari soni -boshqa, juft misralar bo'g'inlari soni - boshqa bo'lishi mumkin emas.
Ikkinchidan, xuddi barmoq vaznidagi kabi, misralar muayyan bo'laklarga bo'linadi.
Ammo bular shakliy o'xshashliklargina, xolos. Sifat jihatidan misralarning o'zaro vaznan teng kelishi ham, ularning muayyan vazniy bo'laklarga bo'linishi ham o'zaro jiddiy farq qiladi.
Dastlabki tafovut shuki, barmoqda bo'g'inlar sanaladi, aruzda esa - hijolar. Hijo shaklan bo'g'inga o'xshasa-da, hatto, ko'p hijolar bo'g'in bilan aynan mos kelib qolsa ham, mohiyatan undan keskin farq qiladi. Hijolar uch xil bo'ladi. U qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziq hijolarga bo'linadi. Ilmda qisqa hijoni «V», cho'ziq hijoni «-» va o'ta cho'ziq hijoni «~» tarzida belgilab ko'rsatish rasm bo'lgan.
Qisqa hijoga nimalar kiradi? Bunga, asosan, qisqa un-lilar («a», «e», «a», «u», «o'») bilan tugaydigan hijolar kiradi. Kelib chiqishi turkiy bo'lgan so'zlardagi urg'u tushmagan «o» tovushi ham qisqa hijo hisoblanishi mum-kin. Shuning uchun Alisher Navoiyning:
Boshni fido ayla ato qoshig'a, Jismni qil sadqa ano boshig'a, -
baytidagi «ato» va «ano» so'zlarini «oto» va «ono» tarzida o'qisak ham, «ota» va «ona» tarzida o'qisak ham, vazn buzilmaydi. Biroq ularni «ato» va «ano» tarzida yozib, shunday o'qisak, bu har taraflama, ya'ni istisnolarsiz holda vaznga mos bo'ladi. Baytdagi «-ni», «fi-», «-la», «a-», «-shi-», «-m-», «-ni», «-qa», yana «a-», yana «-shi-» (jami - 10 ta) hijolari qisqa hijo bo'lib kelgan.
Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo'q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she'riyatdagina uchratamiz.
Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og'zaki adabiyoti ta'sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabi-yotga o'tib, muayyan qoidalarga bo'ysungan, talablari qat'iylashgan.
Quyidagi adabiy-badiiy talablar tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan:
Tuyuq, albatta, to'rt misradan iborat bo'lishi kerak.
TUYUQ
Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a tarzida ham, a-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya'ni taj-nisga ega bo'lishi mumkin. Navoiyning siz o'qib, o'rga-nadigan tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko'p uchraydi. Biroq Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda ko'ramiz:
Ul pari ishqida bu devonani,
Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko'r.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey ko'ngul, nazzora qil, gulxanda ko'r.
Tuyuqda qofiyaga olingan so'zlar, albatta, tajnisli bo'lishi, ya'ni omonim so'zlardan yoki shakldosh so'zlar turkumidan tashkil topishi darkor.
Ilgari tuyuqlar janming ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik jamming to'rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni taj-nissiz tasawur qilib bo'lmay qolgan.
Navoiyning mana bu tuyug'ida tajnisdagi so'z (yoki so'zlar) uch alohida-alohida ma'noda kelgan:
Kechti umr-u, tushmadi ul yor ila, Qo'rqaram ko'nglum bu g'amdin yorila. Bu vafosizliqki, sendin ko'rmisham, E'tiqodim qolmadi hech yor ila.
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
yor ila - yor (sevgili) bilan;
yorila - yoriladi;
yor ila — do'st bilan.
Tuyuqning yana bir o'ziga xosligi bor. Bu shundan iboratki, uning ikki, uch yoki to'rt misrasi oxirida taj-nis san'atini hosil qiladigan so'zlar yoki so'zlar turkumi qo'llangani uchun shuning o'zi qofiya o'rniga o'tadi.
Adabiyotlar
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.
  • Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka, M., 1963;
  • Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1kitob, 2nashr, T., 1976;
  • Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001.

Yüklə 20,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin