Ushbu berilgan variantdagi tushib qolgan rasmlarning o’rnini to’ldirib hikoyaga nom bering va to’liq bayon eting.
Nazorat uchun savollar:
“To’ldirilgan hikoya” testini izohlang.
“To’ldirilgan hikoya” testi yordamida pedagogik kreativlik sifatlarini rivojlantirish xususiyatlarini sanab o’ting.
№5- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: “Muloqot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish” testi yordamida M. Snayderning boshlang’ich pedagoglarning kommunikativ kompetentlikka egaliklarini aniqlash
Darsning maqsadi: “Muloqot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish” (M. Snayder testi misolida) ko’nikmalarini shakllantirish.
Metodik ko’rsatmalar Erkin va faol fikrlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta’lim berish va tarbiyalashning yangi g‘oya va texnologiyalarini ishlib chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasini oshirish muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) tashkiliy-boshqaruvchanlilik (o‘quv reja, o‘quv jarayoni grafigi, dars jadvalini tuzish, kompetentlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini moddiy-texnik ta’minlash);
2) o‘quv-uslubiy (mashg‘ulotlar mazmunini tanlash, turli kurslarning integrasiyasi, yetakchi g‘oyalarni ajratish);
3) texnologik (nazorat-baholash, o‘qitishning faol shakllarini tashkil etish, kompetentlikka kiruvchi bilimlar guruhlarini aniqlash, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash);
4) psixologik-pedagogik (talabalarning rivojlanish tashxisini amalga oshirish, o‘qitishga motivatsiyani rag‘batlantirish, kompetentlikning mezonini aniqlash, talabalarni hamkorlikda ishlashga yo‘llash).
Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi tuzilmasi uning pedagogik ko‘nikmalari orqali, ko‘nikmalar (nazariy bilimlarga asoslangan va pedagogik masalalarni yechishga yo‘naltirilgan bilimlar) esa, bosqichma-bosqich rivojlanuvchi harakatlar majmuasi orqali aniqlanadi.
Ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish dasturiga muvofiq quyidagi asosiy kompetensiyalar ajratilgan.
Kognitiv kompetentsiya:
Muloqotda o'z-o'zini boshqarish - bu kommunikativ vaziyatda paydo bo'ladigan hissiy holatlarni o'zini o'zi boshqarish qobiliyatining yuqori darajasi. Kommunikativ nazoratning uchta darajasi mavjud: yuqori, o'rta va past. Muloqotda o'z-o'zini boshqarish talaba shaxsining sotsializatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan muloqot qobiliyatlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.