a) mahsulot tayyorlash; b) mehnatni tashkil qilish. Ma‘lum paytga qadar ushbu xossalar o’rtasida garmoniya (uyg’unlik) mavjud bo’ladi. Biroq jamiyatda mahsulotga bo’lgan ehtiyojning o’zgarishi mahsulot tayyorlash texnologiyasini yangilashni taqozo etadi. Bu texnologiya-ning o’zgarishi bilan xossalar orasidagi uyg’unlik buzilib, ziddiyatli holat vujudga keladi. Mehnatni tashkil qilish metodikasining o’zgartirilishi esa ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi misollardan dialektik ziddiyat (dialektik qarama-qarshi-liklarning o’zaro sig’ishmaydigan holatga kelishi) jarayoni faqat gnose-ologiya yoxud ijtimoiy hayotga xos ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Ush-bu jarayon borliqning barcha shakllariga taalluqlidir. Atomning sistema sifatidagi taraqqiyoti ham ikki qarama-qarshi xossaning – musbat zaryadli yadro bilan manfiy zaryadli elektron birligi va «kurashiga» bog’liqdir. Shuning uchun ham dialektik ziddiyat qonunini universal qonunlar turku-miga kiritadilar.
Dialektik ziddiyatni hodisalarning zohiriy, yuzaki qismidan izla-maslik kerak. U sistemalarning asl mohiyatida yashirilgan bo’ladi. Tashqi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar mohiyatdan o’rin olgan dialektik ziddi-yatning ifodasidir, xolos. (Dialektik ziddiyat qonuni kashfiyotchisi G. Ge-gel ushbu qonunni «Mantiq ilmi» nomli kitobining «Mohiyat» bobida tahlil qilgani ham bejiz emas). Shu bois taraqqiyotga eltadigan tub dialek-tik ziddiyatlarni ilg’ab olish uchun nazariy-falsafiy fikrlashning oliy darajasiga ko’tarilish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, taraqqiyotning birinchi - dialektik ziddiyat qonuni qu-yidagicha ta‘riflanadi: narsa, hodisa yoki jarayonda mavjud bo’lgan dialek-tik qarama-qarshiliklar yaxlit birlikni tashkil etadilar, ular o’rtasida dialektik ziddiyat holatining yuzaga kelishi esa sistemaning taraqqiy etishiga olib keladi.
g) miqdorning sifatga o’tish qonuni Biz naryysa, hodisa yohud jarayonning turli xossalar yig’indisidan iboratligini ta‘kidlab o’tdik. Endi ushbu xossalarning narsa borlig’i nuq-tai nazaridan muhimligi yoki muhim emasligi darajasiga e‘tiborni qara-taylik. Shunday xossalar borki, ularning mavjudligi, o’zgarishi yoki yo’-qotilishi narsa borlig’iga ta‘sir qilmaydi. Masalan, inson ovozining o’zga-rishi yoki yo’qolishi uning inson sifatida o’z faoliyatini to’xtatganligidan dalolat bermaydi. Ayni paytda, shunday xossalar borki, ularning o’zgarishi va yo’qolishi narsaning «o’lishi»ga, boshqa narsaga aylanishiga sabab bo’ladi. Misol sifatida inson axloqini yoxud xotirasini olaylik: axloq yoki xotiraning yo’qolishi - insoniylikning yo’qolishidir.
Birinchi turkumdagi xossalarni falsafada muhim bo’lmagan xossalar deb, ikkinchi turkumdagi xossalarni esa muhim xossalar yohud atributlar deb ataladi. Narsani narsa sifatida mavjud qilib turgan, uni yaxlit sis-tema tarzida xarakterlaydigan ana shu atributlar yig’indisiga sifat deyi-ladi.
Masalaning boshqa jihati ham mavjud. Narsadagi har qanday xossani o’lchash yoki turli raqamlarda ifodalash mumkin. Bunda har bir xossaning o’z o’lchov birligi mavjud. Aytaylik, narsaning bo’yi, eni, uzunligini metr-larda, og’irligini kilogrammlarda va h.k. hisoblash, o’lchash mumkin. Narsa xossalarining o’lchov birliklaridagi, raqamlardagi ifodasini miqdor deb ataymiz.
Sistemaning miqdori va sifati dialektik aloqadordir. Har qanday sifat miqdoriy xarakteristikalarda ifodalanishi mumkin. Miqdor esa si-fatning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Aynan shu holatga qadimgi dunyo fayla-suflariyoq e‘tibor bergan edilar. Avvalboshda sezilarli bo’lmagan kichik o’z-garishlar yig’ila-yig’ila katta o’zgarishlarga olib keladi. Inson boshidagi soch miqdorining kamayib borishi ancha vaqtgacha mutlaqo sezilmaydi, biroq ertami-kechmi uning kal bo’lib qolganini aniqlashadi. Qizig’i shundaki, nar-saning bir sifatiy holatdan boshqa sifatiy holatga o’tishi chegarasini aniqlash (masalan, odamning kal bo’lgan kunini) bag’oyat mushkul.
«Me‘yor» va «sakrash» tushunchalarining kashf etilishi ushbu mushku-lotni ham oydinlashtirdi. Gap shundaki, miqdor va sifat bir-birini taqozo etadigan, ayni paytda dialektik qarama-qarshi bo’lgan xususiyatlardir. Ularning o’zgarishi ma‘lum davr (vaqt intervali) davomida narsa sifatiy holatiga ta‘sir qilmaydi. Ana shu intervalni me‘yor deymiz. Boshqacha ayta-digan bo’lsak, me‘yor - miqdor va sifatning narsa sifatiy holatiga ta‘sir ko’rsatmaydigan dialektik birligi davri, intervalidir. Shu interval tuga-gach, narsa bir sifatiy holatdan boshqasiga o’tadi. Sistemaning ma‘lum bir sifatiy holatdan o’zga sifatiy holatga o’tishi chegarasini sakrash deymiz.
Aksariyat hollarda «me‘yor» va «sakrash» tushunchalarining mazmuni noto’g’ri talqin etiladi. Masalan, kundalik hayotda «me‘yordan oshib ketdi» degan iborani ishlatamiz va bunda «me‘yor» deganda ma‘lum chegarani nazarda tutamiz. Aslida bunday emas. Fikrimizni isbotlash uchun bir misol keltir-sak. Agar snaryadni yerdan ikki kilometr balandlikka sekundiga 1000-7909 metr tezlik bilan otsak, u yerga qaytib tushadi. Tezlik sekundiga 7910-11188 metrni tashkil etsa, odatiy parvoz kosmik parvozga aylanadi. Nihoyat, tez-lik 11189-16662 m|s bo’lganda sayyoralararo parvozning guvohi bo’lamiz. Ushbu misolda uch me‘yor mavjud:
Sxema 8