Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish


www.scientificprogress.uz



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#81382
1   2   3   4   5   6
tarbiya-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish

www.scientificprogress.uz
 
Page 1031
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining 
maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat 
qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. 
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini 
qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi
O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi 
o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
yuritishiga olib keladi. Bu esa o’qituvchidan ko’proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy 
sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar 
yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga 
intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat 
yaratadi.Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovasion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi 
muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini 
o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin 
fikrlaydigan shaxslar kerak. 
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy 
o’qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati 
beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar
tajriba o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. 
 «Dumaloq stol» metodi:Topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varag’i davra bo’lab 
aylantiriladi. Har bir talaba o’zining javob variantini yozib qo’ygach, varaqni boshqa 
talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo’ladi: noto’g’ri javoblar o’chiriladi, to’g’ri 
javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma 
shaklda emas, balki og’zaki shaklda ham qo’llash mumkin. 
Berilishi mumkin bo’lgan topshiriqlarga misollar: 
– tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysilar?; 
– aqliy tarbiyaning hozirgi davr talabi nimada?; 
– axloqiy tarbiya vazifalari qaysilar?; 
– ekologik tarbiyaning mohiyati nimada?; 
– mehnat va iqtisodiy tarbiyaning muhim vazifalarini izohlang; 
– estetik tarbiyaning vazifalarini ayting; 
– jismoniy tarbiyaning bugungi kundagi ahamiyati; 
– huquqiy tarbiyaning muhim belgilari qaysilar? 
Shuni esda tutish kerakki, yaxshi qo’yilgan savol, bu – javobning yarmisini 
o’zida jo etgan savoldir. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin