Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari tamoyillari va umumiy metodlari



Yüklə 357,38 Kb.
səhifə8/10
tarix15.06.2023
ölçüsü357,38 Kb.
#130609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Ma\'ruza

O’z - o’zini tahlil qilish- o’z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga xatti - harakatlari haqida o’ylashga o’rgatadi. O’z - o’zini nazorat qilish uchun o’quvchi o’zining yurish -turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O’z- o’zini baholash- o’quvchining qobiyalitini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordam beradi. O’z - o’zini baholash o’zining imkoniyatlarini hisob - kitob qilish, baholash, chetdan turib xolisona baho berish, o’zidan qoniqish hosil qilishda yordam
beradi.
Tarbiyada rag’batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, uning qanday turlari va ahamiyati bor? degan savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. O’quvchi bolalarning har biri o’sib kamol topib borayotganidan xursand bo’layotganini sezish kerak. Faqat shundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi. Bunga erishish uchun rag’batlantirish usulidan foydalaniladi. Rag’batlantirish bolaga ishonishga, unga bo’lgan ijobiy qobiliyat va fazilatlarning kuchini e’tirof etishga asoslangan. Rag’batlantirish o’quvchining ko’nglini oladi, uni quvontiradi, yanada yaxshiroq bo’lishga undaydi.
Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud. O’quvchining kuchi yetadigan mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; Maqtash: (ota - ona, jamoa oldida); Esdalik sovg’a berish; Maqtov yorlig’i berish; Stipendiya bilan taqdirlash; teleko’rsatuvlarda maqtash; Hurmat taxtasiga rasmini qo’yish; Qo’llab-quvvatlash; Ma’muriyat va jamoaning minnnatdorchiligi; Musobaqalarda bayroq ko’tartirish; Gazetada e’lon qilish ; Televideniyeda ko’rsatuv uyushtirish; Rag’batlantirish pedagogik talab asosida bo’lishi lozim. Tarbiyalovchi oshirib maqtashi, boshqa o’quvchi- yoshlarga taqqoslab kesatishga yo’l qo’ymasligi, rag’batlantirishga bo’lgan talabchanligini oshirish lozim.

Rag`batlantirish





Maqtash (ota-onalar hamda o`quvchilar jamoasi oldida)

O`quvchining zimmasiga mas'uliyatli vazifa yuklash






Estalik sovg`asini bеrish (badiiy kitob va o`quv qurollari)

Maqtov yorlig`i bilan taqdirlash





Maxsus stipеndiyalar tayinlash

Fotosuratini hurmat taxtasiga qo`yish





Jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish

Qo`llab-quvvatlash






Musobaqalarda bayroqdor bo`lishi

Safda birinchi o`rinda turishi





Maktab dеvoriy gazеtasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish

32-. chizma. Rag`batlantirish turlari





Yüklə 357,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin