Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni


to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan



Yüklə 61,41 Kb.
səhifə17/17
tarix01.12.2022
ölçüsü61,41 Kb.
#71657
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzular 9talik

to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;

  • alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta'lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta'minlanmagan;

  • alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta'lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta'lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma'lumotga ega emas;

  • alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e'tibor qaratilmayapti;

  • pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta'lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;

  • pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta'lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

    Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta'lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta'lim bilan qamrab olingan.
    Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta'limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
    Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta'lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta'limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
    Shunday o‘qituvchilardan bir guruhi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internatidan Kun.uz'ga o‘z mulohazalarini yuborishdi.
    Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta'lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba'zi muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta'limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
    Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim



    1Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkеnt, O`qituvchi, 1992.

    2 Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. T. O’zbеkiston, 1994, 113-b.

    3Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch. Toshkеnt: Ma'naviyat, 2008.-96-bеt.

    4


    Yüklə 61,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin