DASTUR BIZGA NEGA KERAK? - 15 yoshli bolalarning bilim darajasi miqdoriy kо‘rsatkichini adolatli aniqlash va xalqaro miqyos bilan solishtirish imkoni tug‘iladi;
- о‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qо‘llash qobiliyatini rivojlantirish bо‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ota-onalar hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish amaliyoti kuchayadi;
- umumta’lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlarni baholash yuzasidan miqdoriy kо‘rsatkichlar aniqlanadi.
Shu о‘rinda qayd etish joiz, PISA bо‘yicha о‘quvchilar bilimiga qо‘yilgan bahoning har 50 ballga oshishi yillik yalpi ichki mahsulotning bir foizga о‘sishini ta’minlashi xalqaro tajribalarda kuzatiladi.
Inklyuziv ta’limni maktablarda rivojlantirish bo’yicha nizom
Reja:
1.Inklyuziv ta’lim
2.Maktabdagi nizom
3.Ta’limni rivojlantirish
O‘zbekistonda umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim joriy etish reja qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta'lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv ta'lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud. Oxirgi paytda inklyuziv ta'lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta'lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta'lim olishini anglatadi. Ya'ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e'tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta'minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta'mirlanmagan maktabga borishi kerak emas
‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'i nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta'lim muassasalarida ular uchun