Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni


O’quvchilarning tabiatshunoslik kursi bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish va baholashning ahamiyati



Yüklə 61,41 Kb.
səhifə13/17
tarix01.12.2022
ölçüsü61,41 Kb.
#71657
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzular 9talik

O’quvchilarning tabiatshunoslik kursi bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish va baholashning ahamiyati.

  • O’quvchilarning tabiatshunoslikka doir bilimlarini og’zaki nazorat qilish.

  • Bilimlarni yozma holda hisobga olish.

  • O’quvchilarning amaliy faoliyati bo’yicha o’quv va ko’nikmalarini tekshirish va baholash.

  • Tabiatshunoslik o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilarning daftar tutishlari, uning mohiyati.

  • O’quvchilarning kundalik ko’zatish daftari, tabiat va mehnat kalendarini yurgizish faoliyatlari.

    Asosiy tushunchalar: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik bilimlar darajasini aniqlash va baholashning mohiyati;
    O’quvchilar bilimlarini hisobga olish turlari; bilimlarni og’zaki nazorat qilish; bilimlarni yozma ravishda hisobga olish; o’quvchilar bilim va amaliy bilish faoliyati – o’quv va ko’nikmalarini baholash; baholarga qo’yiladigan talablar; o’quvchilarning tabiatshunoslik daftarini yurgizish tartibi; o’quvchilarning kundalik ko’zatishlar daftari, uning yurgizish tartibi; tabiat va kalendari; uning muayyan ma‘lumotlar asosida belgilab borishga doir ma‘lumotlardan iborat.

    Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tabiatshunoslik o’quv predmetidan tabiatga va uning jism va moddalar haqida o’zlashtirilgan bilimlarni o’z vaqtida aniqlash va ularni baholab borish alohida ahamiyat kasb etadi. O’quvchilar bilimini tekshirish va baholash o’quv sohasining majburiy unsuri bo’lib, u o’quvchilarni faol bilim olishlari, unga kuchli etibor berishni talab qiladi. Bolalar masalani ongli ravishda anglaydilar.


    O’tilgan o’quv materialini takrorlash yangi mavzuni o’rganish, uni o’rganishdan keyin har bir chorak va o’quv yili yakunida o’tkaziladi. Takrorlash diafilm, kinofilm, suratlar, kartalar bo’yicha suhbat paytida, tajribalar o’tkazilayotganda, masala va mashqlar yechilayotganda, savollarga javob berilayotgan ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
    Takrorlash jarayonida bilimlar og’zaki tarzda hisobga olinadi. Bu butun sinf bo’yicha frontal, yakka tartibda individual holda amalga oshiriladi. Frontal surashning qimmati sho’qi, unda juda ko’p o’quvchi birdaniga javob beradi va barcha o’quvchilar diqqati berilgan savolga qaratiladi. Kamchiligi esa, har bir o’quvchi bilimini chuqurligini, mantiqiy bog’liqlik asosidagi nutqni rivojlanishiga to’siq bo’ladi. Bilimlarni yakka tartibda surash har bir o’quvchini o’z bilimini bayon etishi, to’liq hikoya darsida yuzaga chiqarishga imkon beradi. Bu jarayonda o’quvchining bilimi aniqligi, fahmlashi, jonsiz va jonli tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarini qanchalik to’g’ri ekanligi aniqlanadi. Og’zaki javobda ko’zatish natijalari va ko’rgazma vositalaridan foydalanish ham talab qilinishi lozim. Savol butun sinfga tashlanishi va so’ngra bir o’quvchini javob berishga taklif qilinishi kerak. Bu esa barcha o’quvchilarni zarur ekanligini bilib oladilar. Ular oziq-ovqat, havoni tozalash, O2 bilan boyitish, dori-darmonlar uchun nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
    O’quvchilarda turg’un diqqatni qaror toptirish uchun ko’zatishlar kundaligini yurgizish g’oyat o’rinli. Ularni muntazam tekshirib, baholab borish kerak, faol bolalar rag’batlantiradi.
    Ko’zatishlar unga aniq maqsad qo’yish, planini belgilash, ish ahamiyatini o’quvchi ongiga yetkazish kerak. Sayohat paytida topshiriq berish, to’plangan materiallarni keltirib ko’rgazma qurol tayyorlash kerak.
    3-4 sinflarda o’z joyi tabiati va odamlar mehnatini sistemali ko’zatish davom ettiriladi. Ular natijasi tabiat va mehnat kalendarida qayd qilib yuboriladi.
    Kalendarni jonli bo’lishi uchun sarg’aygan, endi ochilgan barg va gullarni, odamlar mehnatini tasvirlovchi chizilgan suratlarni qo’yish lozim.
    Kalendarga bir vaqtda 3-5 minut har kuni ko’zatishlar natijasini kiritib borish bolalarda turg’un qiziqish to’g’dirishini ta‘minlaydi. Doskada chiqarilgan o’quvchining bergan axboroti jurnalda baholanadi va asosiy qismlari kalendarda qayd etiladi.

    Yüklə 61,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin