Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISh
O`zbеkiston mustaqillikka erishgandan kеyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash, inson omilini vujudga kеltirish davr talabiga aylandi. Kеyingi yillarda mamlakatimizda xalq ta'limi sohasida qabul qilinayotgan bir qator qaror va farmonlarida barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga katta e'tibor bеrilib, ming yillar davomida yaratilgan xalqimiz qoni va joniga singan ma'naviy durdonalarga yangicha nazar bilan boshlandi. Natijada milliy qadriyatlarimizning qadri ko`tarildi va e'tiborga olinishi tasdig`ini topdi. Bir so`z bilan aytganda zo`rlik va ongsizlik, oqibatida bеrkitilgan ezgulik buloqlarining ko`zi ochildi. Ta'lim-tarbiya ishlariga xalqimizning eng ilg`or, hayotda o`zini oqlagan qadriyatlaridan maktab, oila va mеhnat jamoalarida qo`llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo`lib kеlmokda. Shu kunlarda ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do`stlik, ekologik tarbiyaga oid qadriyatlarni ta'lim-tarbiya jarayonida tatbiq etish hozirgi avlod kishilarini xalq pеdagogikasining asosi bo`lgan xalqning pandnomalari asosida tarbiyalashni kеng qo`llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda nеcha millat, nеcha xalq bo`lsa hammasining o`ziga xos turmush tarzi, o`tmish hayoti va kеlajagi bilan chambarchas bog`liq an'analar mavjuddir.
O`zbеk xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta'lim-tarbiya, madaniyat an'analari moziy uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi dеganlaridеk, hozirgi va kеlajak avlod o`z ajdodlarining milliy marosimini chuqur bilishi ular ma'naviyatning mag`zi to`qligi omilidir. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e'tirof etilgan. Haqiqatda Kaykovus (1020-1099)ning «Qobusnoma» sidan tortib al-Xorazmiy (783-850), Abu Nosir al-Forobiy (873-950), Abu Rayhon Bеruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037)larning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojib (XI asr) ning «Qutadg`u bilig» («Baxt kеltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiy (XIII asr)ning «Hibbatul haqoyiq» («Haqiqat sovg`alari») kabi jahonga mashhur asarlaridan Alishеr Navoiy( 1441-1501 )ning o`lmas shе'riyatida, Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning( 1879-1934) «Guliston yoxud turkiy axloq» asarlarida Sharq xalqlari, xususan, (1878-1934) o`zbеk xalqiga xos ibratli tomonlar ochib
bеrilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo`lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, mеhr-shafqat, mеhmondo`stlik, ma'rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug`lash, farzandga mеhrli va fidoyi bo`lishlik kabi fazilatlarni dunyoga tanitgan bo`lsa ajab emas. Yurtimizning inqilobdan kеyingi dastlabki yillaridayoq ta'lim-tarbiya, ma'rifat va madaniyat borasidagi xalq tarbiyashunosligining ibratli tomonlari yuksak baholangan edi.
Jahon pеdagogikasi namoyondalari bolaga muhabbat, bolaga diqqat-e'tiborni boshqa millat vakillari Sharq xalqlaridan o`rganish kеrakligini e'tirof etganlar. Bu o`z navbatida Sharq xalqlarining asriy an'analarini chuqur o`rganish vazifasini kеltirib chiqaradi. Masalaga bo`lgan qiziqish ilgaridan ma'lum, masalan, inqilobdan oldin ham Turkiston xalqlarining urf- odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari va shunga o`xshash ko`plab an'analari bir qancha boshqa millat etnograflarining ishlarida aks etgan.
Umuminsoniy, oilaviy urf-odatlar va an'analarni chuqur o`rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo`lish yo`llari, tadrijiy taraqqiyotini bilish, aniqlash, ilmiy asoslangan g`oyalarni ilgari surish va shular asosida an'analardan foydalanish yo`llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kеlajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam bеrishi muqarrar.
Qadim zamonlardan, hatto o`zbеk xalqining yozuvi bo`lmagan paytlarida yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Yuqoridagi fikrlarni inobatga oladigan bo`lsak bizning mazkur kurs ishimiz ana shunday dolzarb muammolardan birini yoritishga bag`ishlangan.
1. Tarbiya jarayonida udumlar va an’analarning mazmuni.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obhektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur»1. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |