Go'zal urf-odatlarimiz umrboqiydir. Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo'ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o'tib keladi.
Xalqimiz turmushida "To'y" nomi bilan yuritiladigan marosimlar juda ko'p. Bunday marosimlarning chiroyli o'tishida ayollarning hissasi katta bo'lgani bois xalqimizning eng qimmatli urf-odatlarini avloddan-avlodga yetkazishda ham ularning o'rni beqiyosdir,
Farzand voyaga yetib borar ekan, ona unga atab bisot sandig'ini ochadi. Nikoh to'yi kelajak oilaning poydevoriga asos soladi, shuning uchun ham barcha tadbirlarga yoshu-qari, erkagu-ayol birdek ishtiyoq bilan kirishadilar.
Garchi to'y tantanalari bir kunda, bir necha soatda o'tsa ham, ungacha tayyorgarlik ko'rish, to'ydan keyingi rasm-rusumlarini hisobga olganda bir necha kunga cho'ziladi. Nikoh to'yi marosimi o'zbeklarda qadimdari sovchilikdan boslangan va hozir ham bu rusumga rioya qilib kelinadi.
Dostları ilə paylaş: |