Yor — yor va kelin salom. Xotin qizlarning qiz uzatish bahona o'zlari to'qigan yor-yorlarida qiz bolaning qismati, uning baxtini tilash, epli - sepliligini ta'kidlash, qizlarning taqdirga tan berishi, ko'nikishi kerakligi haqidagi momolar o'giti ifodalangan quyidagi turli viloyat va tumanlardan yozib olingan "Yor-yor"lardan namunalar keltiramiz:
Hay-hay о’lап, jon о 'lan, baxting bo 'lsin yor-yor, Payg'amharning qizidek taxting bo'lsin yor-yor,
Payg'amharning qizini kim ko'rgan bor yor-yor, Ota-ona uyiga kim to 'ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo 'lmas yor-yor,
Xudo qilgan taqdirni buzib bo 'lmas yor-yor,
Hay-hay о 'lan, jon о 'lan, mis panjara yor-yor,
Bugungi kundagi turli zararli ta‘sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo'lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo'lib qolishimizda qadimiy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o'ziga xos bo'lgan an'ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo'lgan bunday qadriyat va an'analar bir-ikki kunda paydo bo'lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko'rsatadiki, biror-bir narsaning an'anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o'tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an'ana va qadriyat deb atash mumkin bo'ladi.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog'liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog'liq holda namoyon bo'ladi.
O'zbek xalqining asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtiga ehtirom, o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o'tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e'tibor berish singari ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko'chmanchilikdan o'troq hayot kechirishga o'tgan, shunday hayot tarziga o'rgangan. Odamlar o'zi o'rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o'troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo'lib, bir-biriga yelkadosh bo'lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o'zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo'jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz va Qo'qon singari o'nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o‘lchanishi ham bejiz emas.
Demoqchimizki, xalqimiz o'zi tug'ilib o'sgan yer-zaminga qattiq bog'langan, uni e'zozlashni bolaligidan o'rganib, his qilib o'sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o'z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog'liq milliy an'ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatish, mehmondo'stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo'lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini - oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an'ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o'tgan o'lmas ma'naviy merosimiz sanaladi.
O‗zbek xalqi to‗y-tomoshaga boy xalq hisoblanadi. O‗zbek to‗y marosimlarining bir necha turi mavjudki, ularning har biri alohida bir kitob bo‗lishga arzigulik. Oilada farzand tug‗ilishi bilan to‗y marosimlari boshlanib ketadi: soch to‗yi, chilla to‗yi, beshik to‗yi, sunnat to‗yi, muchal to‗yi, nikoh to‗yi, yosh to‗yi (yubiley), kumush to‗yi, oltin to‗yi va hokazo... Ular orasida eng asosiysi nikoh to‗yi bo‗lib, bu to‗y milliy urf-odatlarimiz va turli rasm-rusumlarga boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, o‗g‗il uylantirish yoki qiz chiqarishda avvalo, bo‗lajak quda tomon so‗rab-surishtiriladi. Qiz-yigitning xarakter-xususiyatlari, nasl-nasabi, ota-onasi, kasb-kori va boshqa jihatlari aniqlanadi. Bundan asosiy maqsad qurilajak oilaning har tomonlama mustahkamligini ta‘minlashdan iborat. Ana shundan keyin har ikki tomon rozi-rizoligi bilan to‗yga tayyorgarlik
boshlanadi. To‗ygacha ham xalqimizning bir qancha milliy urf-odatlari, marosimlari borki, ―qarindosh chaqirdi‖, ―uy ko‗rdi‖, ―fotiha to‗yi‖, ―qatlama keldi‖ kabi marosimlarisiz o‗zbek to‗yini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bu kabi an‘analar millatimizning nafaqat qadimiyligini, balki mehmondo‗stligiyu odamshavandaligini ham o‗zida aks ettiradi. Har bir odatimizning o‗ziga xos va o‗zgacha gashti bor. Ular bilan o‗zbek to‗ylari yanayam fayzli va tarovatli bo‗ladi. To‗y jarayonida qilinadigan bir qancha milliy rasm-rusumlarimizning har biri o‗zgacha ma‘no-mazmunga ega, har birining o‗zgacha xosiyati bor. Masalan, kelin-kuyov uyga kirayotganlarida hayot yo‗llari pok va ravon bo‗lsin deya oyoq ostlariga yangi poyondoz to‗shaladi. Keyin kuyov jo‗ralar tomonidan poyondoz bo‗lib olinadi. Bu kuyov jo‗ralarga ham kuyovlik baxti nasib qilsin, degan ma‘noni anglatadi. Chimildiqqa kirishda esa kelin-kuyov boshiga non ushlab kiritiladi. Bu rizq-ro‗z sifatida yosh oilaning rizqi butun, noni halol, hayotlari to‗kis bo‗lishiga ishoradir.
Nikoh to‗yi marosimining bu kabi urf-odatlari, rasm-rusumlari, an‘analari ta‘rifini uzoq davom ettirish mumkin. Bu to‗yning yana bir muhim jihati borki, unga alohida to‗xtalib o‗tmaslikning iloji yo‗q. U ham bo‗lsa to‗y marosim qo‗shiqlaridir. O‗zbek xalq og‗zaki ijodining boy namunasi sifatida to‗y marosim qo‗shiqlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, nikoh to‗yida aytiladigan marosim qo‗shiqlari ko‗pligi, xilma-xilligi, teran mazmundorligi va hayotiyligiyu dilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Bu o‗lmas qo‗shiqlarning har biri alohida ta‘rif-tahsinga sazovor. Birgina yor-yor va o‗lanlarni olaylik. Hech kim bu xonishlarni shunchaki eshitmaydi, balki ular ohangida sel bo‗lib, yuraklari orziqib, epkin tuyg‗ulari jo‗sh urib, qalb torlari junbushga kelib tinglaydi. Yor-yor sadolari ostida kelin yangi ostonaga qadam qo‗yadi. Kayvoni momolar tomonidan maromiga yetkazib kuylanadigan o‗lan, yor-yor, kelin salom, kelin o‗tirsin, xush kelibsiz, raxt urdi kabi folklor namunalaridan maqsad yangi qurilayotgan oilaga baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik va serfarzandlilik tilashdan iboratdir. Xalq og‗zaki ijodiga mansub milliy marosim qo‗shiqlarini to‗plash va o‗rganish bo‗yicha qator ishlar qilingan. Xususan, olima Muzayyana Alaviyaning ―O‗zbek xalq qo‗shiqlari‖
monografiyasi nikoh marosimi va uning folklorini o‗rganishdagi dastlabki qadam sifatida baholandi. Xalq qo‗shiqlari, ularning tarixiy ildizlari, asosiy xususiyatlari, turlari, xalq ma‘naviy hayotida tutgan o‗rnini o‗rganishga bag‗ishlangan mazkur kitobda o‗lan, lapar, yor-yor, bayt-g‗azal, xush kelibsiz, to‗y muborak kabi to‗y marosim qo‗shiqlari tahlil qilinadi.
Qadimdan urf bo‗lib kelgan azaliy an‘ana va qadriyatlarimizni, milliy marosim qo‗shiqlarimizni to‗y marosimlarida o‗rni bilan ijro qilish ularning boqiyligini, abadiyligini ta‘minlaydi, yosh avlod qalbida ularga nisbatan mehr va qiziqish hissini uyg‗otadi. Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e‘zozlab, qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo‗lish har birimizning burchimizdir. Zero, milliy qadriyat va an‘analar millat iftixori, g‗ururi hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ko‗plab milliy urf-odatlarimiz unutilib borilayapti, ularga nisbatan bepisandlik bilan qaralyapti. Albatta, bunday beparvolikning xosiyati yaxshi emas. Chunki har bir qadriyatimiz zamirida o‗ziga xos ma‘no-mazmun bor. Milliy ma‘naviyatimiz shakllanishida, ma‘naviy ongimiz yuksalishida milliy odat va an‘analarimizning o‗rni beqiyos. Shunday ekan, ularni o‗rganish va amalda qo‗llash orqali ham ma‘naviyatimizni yuksaltirishimiz va milliy qadriyatlarimiz umrboqiyligiga o‗z hissamizni qo‗shishimiz lozim.
Xulosa
Tarbiyaning natijasi yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. CHunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish bilan bir qatorda bolaga milliy urf-odatlar va an‘nalarimizning qay daraja beqiyos ma‘naviy meros ekanligini ongiga singdirishimiz zarur.
Bola o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabahalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini tahminlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma‘naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e'tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e'zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko'lamli jarayon birgina o'zbek millatining tili,
dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko'rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O'zbekistonni o'zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o'zaro hurmat, birodarlik, bag'ri kenglik fazilatlarining namoyon bo'lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g'oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro‘l o'ynamoqda.
O‗zbek xalqi azaldan milliy an‘ana va qadriyatlarga, urf-odatlarga boy bo‗lgan qadimiy xalq. Bu xalqning nafaqat biror-bir marosimi, balki butun umri, har bir kuni ma‘lum qadriyatlar, milliylik nafasi ufurib turuvchi harakatlar asnosida kechadi. Bu xalq har bir qadriyat va an‘analarini ulug‗lovchi buyuk xalqdir. Aslida uning buyukligi ham mana shundan bo‗lsa kerak. Zero, har bir millat milliy qadriyatlarini, milliyligini va o‗ziga xosligini ko‗z-ko‗z qilish orqali o‗zligini, milliy g‗ururini namoyon qiladi. O‗zlikni anglash milliylikdan boshlanadi. Milliy urf-odatlarga sodiqlik va ularga amal qilish har bir insonning milliy g‗ururidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: |