Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 7)
ISSN 2181-1709 (P)
8
Education and innovative research 2023 y. № 7
KIRISH. XVIII asrning o‘rtalarida Buxoro xonligi o‘rnida Buxoro amirligi
vujudga kelib, amirlik davri (1753-1920 yy ) aslida mang‘it urig‘idan bo‘lgan
Muhammad Rahimxon o‘zini “xon” deb atagan bo‘lsada hukumronligidan boshlanib,
sulola so‘ngi vakili Amir Olimxonga qadar davom etdi. Maʼlumki sovet hokimiyati
yillarida komunistik mafkura va sinfiylik nazariyasi asosida taʼlim berilib, xon hamda
amirlarni “savodsiz” “qonxo‘r” “joxil” “boylik va mansabga mukkasidan ketgan”
kabi g‘ayriilmiy fikr mulohazalarni ongimizga sindirib kelishdi. Biroq, mahalliy, asl
manbalar, qo‘lyozma asarlar bilan tanishish asnosida amin bo‘lindiki, hukumdorlar
ham rahbar va shahs sifatida imkon qadar ijobiy jihatlarni o‘zlarida namoyon qilishgan.
Ushbu maqolada Buxoro mang‘it amirlaridan Muhammad Rahimhon (1753-1758
yy), Amir Shohmurod (1785-1800 yy), Amir Haydar (1800-1826 yy), Amir Abdulahad
(1885-1910 yy), Amir Olimxon (1910-1920 yy) kabilarda shahsiy, ijobiy xislatlarning
taʼlim-tarbiyadagi ibratli jihatlarini bir qadar tahlil qilishga harakat qilindi.
ASOSIY QISM
Mang‘itlar hukumdorligi davri tarixshunosliridan Muhammad Sharif, Mirzo
Sodiq Munshiy, Mir Abdulkarim, Mir Husayn Miriy, Muhammad Yoqub Doniyolbiy,
Xumuliy, Mirzo Shams Buxoriy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Hashmat, Sadriddin
Ayniy, kabilarning tarix va taʼlim-tarbiyaga qaratilgan asarlarida amirlar haqida
bildirilgan ijobiy baholar mavjudligiga amin bo‘linadi. Mang‘itlar
sulolasining
birinchi vakili Muhammad Rahimhon islomiy maʼnaviyat va maʼrifatdan mukammal
xabardor bo‘lmasada, qatʼiyatli irodali, boshlagan ishini ohiriga yetkazadigan,
mahoratli harbiy qo‘mondon, imkon qadar adolat bilan ish ko‘radigan shahs bo‘lgan
[6.309-310] Muhammad Rahimhon diniy va dunyoviy ilmlarni egallash bobida
qanchalik shahsiy tashabbus ko‘rsatmasin, harbiy harakatlar va davlat boshqaruv
ishlari bilan ko‘p vaqt band bo‘lib, o‘z maqsadlariga erisha olmagan. U inson
tarbiyasida jismoniy chiniqish, iroda kuchini ko‘rsatish jihatlariga eʼtibor qaratib, bu
borada shahsiy namuna ko‘rsatgan.
Uning jiyani Shohmurod
tarihchi Miriyning yozishicha, 8 yoshida Karmana,
keyinchalik Qarshi begi bo‘lgan. Muhammad Doniyolbiy otaliqdan harbiy san’at
sirlarini o‘rgangan. U kunning birinchi yarmida fikh (islom huquqi) ilmi bilan, tushdan
so‘ng esa, “Qurʼon”ning sura va oyatlarini yod olish bilan shug‘ullangan, 8 yoshida
“Qurʼonni” yod olgan edi. [6.321.325. 3.150.162] Amir Shohmurod yoshligidanoq
fiqh (islom huquqshunosligi) bilan shug‘ullanib, kamolga yetganidan so‘ng islom
fiqhining Hanafiya mahzabiga oid bo‘lgan barcha fatvolar va qoidalarni o‘zida
mujassamlashtirgan “Fatvoyi ahli Buhoro” va “Ayn ul - Hikma” nomli to‘plamlarni
yaratdi. Ushbu majmualar o‘sha davr huquq meyorlarini tizimlashtirishda muhim rol
o‘ynadi. Ushbu to‘plamlar davlatchilik tarixi nuqtai nazaridan hamon o‘rganilgan
emas va fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima etilmagan. Shohmurod tashkil etgan “Majlisi
amir” anjumani aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim rol o‘ynadi
[9.20-21] .
Amir Shohmurod oddiylik, kamtarinlik inson ziynati ekanligi, isrofgarchilikka
yo‘l qo‘ymaslik, alloh ato etgan neʼmetlarni qadriga yetish,
tejamkor, kamxarj bo‘lib
yashashni shahsiy hayotida ko‘rsata olgan. Uning oilasidagi bir kunlik harajat 7
tangadan ortmagan va jizya (jon solig‘i) hisobidan kelgan daromaddan yashar edi
[6.595].
Amir Shohmurod olumu-fuzalolarga g‘amxo‘rlik qilgan. U tarihda “Amiri
shohsun” – byegunoh amir nomini olgan. Ushbu amir haqida XIX asr ohiri - XX
asr boshlarida yashagan buhorolik tarihchilardan Ahmad Donish (1827-1897 yy)
Sadriddin Ayniy (1878-1954 yy), Abdurauf Fitrat (1886-1938 yy) kabilar ham ijobiy
fikr-mulohazalar bildiradilar. Ahmad Donish o‘zining “Tarihi salotini mang‘itiya”
(Mang‘it amirlari tarihi) nomli kitobida: “Har ming yilda bitta ulug‘ hukumdor tahtga
kelib, keyingi rivojlanishni boshlab beradi. Ushbu ming yilning besh yuz yili ijobiy