Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 94,89 Kb.
səhifə5/10
tarix04.06.2023
ölçüsü94,89 Kb.
#124775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tim kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining faoliyatini tashkil etish metodikasi mavzusiga bag’ishlangan kurs ishi kirish, ikki bob, to’rt fasl,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

 
 


SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLAR
1.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari
O`zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida“gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘- naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, davlat va nodavlat jamg‘armalar, qo‘- mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilishdir. Tarbiyaning bosh maqsadi — yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib, amalda joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: — yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; — o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; — har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish.
Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bogʻliqligini quydagicha chizmada ifodalash mumkin:

 
Oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e’tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki oʻquvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta’sir koʻrsatib boʻlmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini oʻrgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bogʻliq ish koʻradi.
Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda oʻquvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol oʻynaydi. Koʻrinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham bogʻlangan.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiya jarayonida oʻquvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini oʻquvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shugʻullanadi. Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bogʻliqdir.

Yüklə 94,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin